3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja: Konning yillik unumdorligi


QAZISHNING TURLI TIZIMLARI UCHUN QAVAT BALANDLIGI


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/24
Sana12.09.2023
Hajmi4 Mb.
#1676096
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja

QAZISHNING TURLI TIZIMLARI UCHUN QAVAT BALANDLIGI
Qazib olish tizimining nomlanishi
Qavat balandligi, m 
Madanlarni kameralarda to`plash
40-60 
60-250 
Gorizontal qatlamni to`ldirish
30-50 
Qavat ostida qulash 
30-60 
60-12 
Qavatdali qulatish 
60-100 va undan yuqori 
Qavat balandligi oshishi bilan rudani ko‘tarishga, suv chiqarib tashlashga
qazish joylariga materiallarni etkazishga, ko‘tarmalar bo‘ylab kishilarning 
yurishiga, ko‘tarmalarni o‘tkazishga va ta’mirlashga xarajatlar oshib boradi. 
Kvershlaglar, stvol oldi va tashib chiqarish lahimlarini o‘tkazishga asosiy 
xarajatlar esa qavatlar oshishi bilan, aksincha, kamayib boradi. 
Qavat balandligi oshishiga intilishlar kuzatilmoqda. Bu rudani maydalash 
va etkazish usullari takomillashuvi bilan bog‘liq: zamonaviy jihozlar qavatning 
yuqori balandligida bloklarni qazib olish imkonini beradi.
Asosiy tashib chiqarish qatlamida lahimlar kompleksi yanada murakkab 
va qimmat bo‘laveradi, shuning uchun 1 t rudaga xarajatlarni kamaytirish 
uchun yaxshisi qavat balandligini oshirgan ma’qul. 
Konsentratsiyalashgan 
qatlamlarni 
yaratish 
amaliyotga 
keng 
tarqalmoqda. Konni ochishda odatdagidek, keng tarqalgan qavat balandligi 60 
yoki 80 m qabul qilinadi, lekin, birdaniga 2-3 qavatlar, ba’zan 4-5 qavatlar 


ochiladi. Barcha qazib olingan ruda ruda tushirgichlar bo‘ylab pastki qatlamga 
tushiriladi va bu konsentratsion qatlam deyiladi.
Konsentratsion qatlamlardan rudani etkazish va tashishning bir vaqtda 
bo‘ladigan mustaqil ishini ta’minlash maqsadida qo‘llaniladi. Konsentratsion 
qatlamlarga ruda yuqorida joylashgan oraliq qavatlardan tushiriladi (3.21-rasm). 
3.21-rasm. Konsentratsion qatlamlar bilan ruda konlarini ochish va tayyorlash sxemasi: 1 – 
konsentratsion qatlamlar; 2 – oraliq qatlamlar; 3 – ruda tushirgichlar; 4 – ruda ko‘targich 
stvol; 5 – bunker; 6 – dozator; 7 – oraliq qatlamlarga xizmat ko‘rsatish uchun yordamchi to‘siq 
stvol. 
Stvolga rudani tashish faqat konsentratsion qatlamlar bo‘ylab amalga 
oshiriladi, ular o‘rtasida joylashgan oraliq qavat qatlamlari qazish bloklarini
tayyorlash, yordamchi transport (kishilar, materiallar va jihozlar ni tashish),
shamollatish va kabellarni va quvurlarni yotqizish uchun xizmat qiladi. 
Transportli konsentratsion qatlam, odatda, 2-4, ba’zan undan ko‘p qavatlarga 
xizmat qiladi. Xizmat muddati ancha uzoq, bu qatlamni mustahkam jihozlash 
imkonini beradi. Oraliq qatlamlarda lahimlarning jamlanma uzunligi va 
kesimi, odatda, transport qatlamlarinikiga qaraganda kam bo‘ladi.
Konsentratsion qatlamgaeltuvchi ruda tushirgichlar rudali jism bo‘ylab 
yoki undan bevosita yaqinlikdan o‘tadi. Bitta ruda tushirgich blokn ing bir 
qismiga (masalan, bitta yoki ikkita etkazish lahimlariga), butun blokka yoki 
bloklar guruhiga xizmat qilishi mumkin. Mexanizatsiyalangan etkazish 
uzunligini qisqartirish uchun, odatda, ular mahkamlanmaydi va tarmoqlanishi 
mumkin. Ruda tushirgichlar etkazish va tashish jarayonlari o‘rtasida bunkerli 
sig‘im bo‘lib xizmat qiladi, ularda rudali massani qo‘shimcha maydalash va 
uning sifatini o‘rtalashtirish sodir bo‘ladi.
Qavat uzunligi bo‘yicha ko‘tarmalar yordamida qazib olish bloklariga 


bo‘linadi. Ko‘tarmalar blokning balandligi bo‘yicha turli sathlarda joylashgan 
tayyorlov-qirqish va qazish lahimlariga kirishni ta’minlaydi. 
YOnma-yon qavatlarning qazish bloklari o‘rtasidagi chegaralar gorizontal 
yoki qiya bo‘ladi (3.22-rasm). Ular mos keluvchi qavatlardan birqancha yuqorida 
joylashgan, chunki blokning osti (vaqtinchalik selik), odatda, pastda joylashgan 
blok zaxiralari bilan birga qazib olinadi. 
 
 3.22-rasm Tik va qiya qatlamlarni qavatlarga bo‘lish sxemasi: 1 – tashib chiqaruvchi shtrek; 2 
– tashib chiqarish qatlamlari; 3 –qazish bloklari chegarasi; 4 – qazib olinadigan bo‘sh jinslar; 5 
– rudaning yo‘qotiladigan uchastkasi; h
e
 – qavat balandligi vertikal; h
en
 –qavat balandligi qiya; 
h –vertikal bo‘yicha qavat balandligi; h
1
 – yotiqlikka normal bo‘yicha blok balandligi. 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling