3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja: Konning yillik unumdorligi


 Tashib chiqarish qatlamida lahimlar joylashuvi


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/24
Sana12.09.2023
Hajmi4 Mb.
#1676096
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja

3.6 Tashib chiqarish qatlamida lahimlar joylashuvi 
Qatlamlarni tayyorlash sxemasini tasniflashda har bir sinf ichida 
tayyorlov lahimlari turi bo‘yicha shtrekli va ortli tayyorlash belgilanadi ; 
rudali jismga nisbatan lahimlar joylashuvi bo‘yicha - rudali, jinsli va aralash 
(rudali-jinsli) tayyorlov; transport harakati sxemasi bo‘yicha – qatlamlarni berk va 
halqada tayyorlash. 
Birinchi sinf qatlamlarini tayyorlashning o‘ziga xos sxemalari 3.24-
rasmda ko‘rsatilgan. 
Tayyorlashning eng oddiy sxemasi: tashib chiqarish shtreklar rudali jism 
bo‘yicha o‘tadi. Bunda transport harakati sxemasi berk bo‘lganligi uchun, shtrek 
uzunligi bo‘ylab har 150-300 m da ayrilish joyi yoki ikki yo‘lli shtrek qilinadi. 
Bunday sxema 5-6 m qalinlikkacha ertomirli konlarni qazib olishda qo‘llaniladi. 
Bunda lahimlarni o‘tkazish narxining bir qismi yo‘ldosh (qo‘shimcha) qazib 
olinadigan ruda hisobidan qoplanadi.
Rudali jism izidan qilingan shtrek egri-bugri bo‘ladi. Uning o‘tkazish 


qobiliyati uncha yuqori emas. Biroq, bunday konlarni qazishda yuk oqimlari kam va 
shuning uchun bu sxema tashish sharoitlari bo‘yicha qo‘llanilarli. (6.8.a-rasm.) 
Qalin va o‘rtacha qalinlikdagi rudali jismlarda shtrekli va ortli tayyorlashdan 
foydalaniladi. SHtrekli tayyorlashda rudali shtrek bilan bir qatorda ostki yonda yana 
jinsli shtrek ham o‘tadi, bu halqasimon tashib chiqarishni ta’minlash imkonini 
beradi. Ortli tayyorlashda ostki yondagi jinsli shtrekdan ortlar o‘tkaziladi, qaysiki 
transport vositalari yuklashi amalga oshiriladi. Ortlar o‘rtasidagi masofa, odatda, 
etkazish uzunligiga teng yoki undan ikki baravar katta. O‘rtacha qalinlikdagi 
qatlamlarda qavatlarda qazib olishning uncha katta bo‘lmagan hajmida ortlar berk 
quriladi (3.24.v-rasm.),qalin qatlamlarda yoki jadal transportda esa ustki yonda 
ortlarni jinsli (ba’zan rudali) birlashtirib, harakatning halqasimon sxemasi 
qo‘llaniladi. (3.24.g-rasm.) YUklash punkti ortning burilishi boshlanishi yoki berk 
o‘rtasidagi masofa vagonetkalar tarkibi uzunligidan kam qabul qilinmaydi.
SHuning uchun ortli tayyorlashda jinsli shtreklar, odatda, pastda joylashgan 
qavatlarni (yoki hatto 2-3 qavatlarni) qazib olishda jinslar surilishi zonasiga 
tushmaydi, bu keyinchalik bu shtreklardan pastda joylashgan bloklardagi 
ifloslangan havoni chiqarish uchun ventilyasion shtrek sifatida foydalanish 
imkonini beradi. 
Toza havo qazish blokiga pastdan, qavatli transport qatlamida n tushadi. 
Ifloslangan havo oldin tashib chiqarish sifatida xizmat qilgan yuqorida 
joylashgan ventilyasion qavatli qatlamga chiqariladi. Transport lahimlari rudali 
jismda joylashgan holatda, bu tayyorlash rudali tayyorlov deyiladi, agar ular 
ostki yon jinslarida joylashsa, bu jinsli tayyorlov deyiladi.
Rudali tayyorlash faqat avtomobil transportida qo‘llaniladi, chunki ruda 
qatlamlarining ostki yon bilan aloqasi relsli yo‘llar qiyaligining 
mustahkamligi va miqdoriga nisbatan elektrovoz transportining qat’iy 
talablarini qondirmaydi.


3.24-rasm. Tashib chiqaruvchi qatlamlarni tayyorlash sxemalari: a – transportning berk 
sxemasili shtrekli ruda tayyorlash; b – halqali tashib chiqarish bilan shtrekli aralash 
tayyorlash; v – transportning berk sxemasili ortli tayyorlash; g – halqali tashib chiqarish bilan 
ortli tayyorlash; 1 – rudali shtrek; 2 – ayrilish joyi; 3 – tashib chiqarish vagonetkalariga yuklash 
punktlari; 4 – ventilyasion stvolga eltuvchi kvershlaglar; 5 – ruda berish stvoliga eltuvchi 
kvershlag; 6 – jinsli shtrek; 7 – ort. 
Jinsli tayyorlashda rudani elektrovozli tashish qo‘llaniladi. Rudali jism 
bo‘yicha o‘tgan lahimlar bo‘ylab uni faqat ruda tushirgichlarga etkazish 
amalga oshiriladi. Ruda tushirgichlardan yuklash panelli shtreklarda 
bajariladi, agar panellar qazish bloklariga bo‘linsa, ular yaxlit qazib olish bilan 
qazib olinsa.
Tayyorlashning panelli sxemasida ifloslangan havoni chiqarish uchun


ventilyasion qatlam, odatda, rudali jism shipi sathiga yoki ustki yonga 
o‘rnatiladi. 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling