3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja: Konning yillik unumdorligi


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/24
Sana12.09.2023
Hajmi4 Mb.
#1676096
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja

3.7. Stvol oldi qo‘rasi. 
Maxsus qurilgan va stvolni qatlamning asosiy lahimlari bilan bog‘laydigan 
ushbu qatlamda bevosita stvolda joylashgan asosiy kon lahimlari kompleksi 
stvol oldi qo‘rasi, (yoki kon hovlisi) deyiladi. Stvol oldi qo‘rasi foydali 
qazilmalarni qabul qilish va yuzaga berish, konga etkaziladigan materiallar va 
jihozlarni qabul qilish va turli texnologik vazifali kameralarni joylashtirish 
bo‘yicha ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan. 
Stvol oldi qo‘rasi quyidagi asosiy belgilar bo‘yicha tasniflanadi: 
Stvollar turi bo‘yicha – vertikal va qiya stvollar uchun; shaxta ko‘tarilishi 
turi bo‘yicha - skipli, kletli, gidroko‘tarmalar uchun; 
shaxta transporti turi bo‘yicha - elektrovozli, konveyerli, aralash, 
gidravlik transport uchun; 
yukning yondashish yo‘nalishi soni bo‘yicha – bir tomonli, ikki tomonli, 
ko‘p tomonli; 
tarmoqlar mo‘ljallanishi bo‘yicha (qo‘ra va asosiy tashib chiqaruvchi 
lahim tarmoqlari o‘rtasidagi burchak bo‘yicha) – parallel, perpendikulyar, 
diagonal; 
vagonetkalar harakati xususiyati bo‘yicha - aylanma, vagonetkalar stvol 
oldi qo‘rasida bo‘lgan barcha vaqtida faqat oldinga bir tomonga harakatlanganda; 
mokisimon, vagonetkalar harakat yo‘nalishini o‘zgartirganda. 
Bir tomonlama aylanma qo‘ra halqali, bir tomonlama mokisimoni- berk 
qo‘ra deyiladi. 
Stvol oldi qo‘rasiga talablar: 
• etarlicha o‘tkazuvchanlik xususiyat, 


• kon yuza kompleksini maqbul joylashtirish, 
• tutashgan lahimlar bilan oddiy bog‘lanish (muvofiqlashish), 
• lahimlarning kam hajmi, 
• harakatning oddiyligi, 
• xizmat ko‘rsatuvchi xodim soni kamligi. 
Aylanma va halqali stvol oldi qo‘ralarining afzalliklari: lahimlarning 
ixcham joylashuvi; tarkiblar bilan oddiy harakatlar; kon-geologik sharoitlarga 
oddiy bog‘lanish. 
Asosiy kamchiliklari: egri chiziqli lahimlarning ko‘p soni; stvol oldi 
qo‘rasi chegaralarida asosiy tashib chiqaruvchi lahimdan etarlicha foydalanmaslik. 
Bu kamchiliklar mokisimon qo‘ralarda mavjud emas, lekin oxirgilari 
harakatlarning murakkabligi, kon-geologik sharoitlarga bog‘langanligi, uncha 
yuqori bo‘lmagan o‘tkazish qobiliyati bilan tavsiflanadi. Berk qo‘ralarda 
murakkab harakatlar kamroq amalga oshiriladi, lekin ularni qo‘llash sohasi 
chegaralangan. 
Vertikal stvollar bo‘yicha skipo-kletli ko‘tarish uchun stvol oldi 
qo‘ralarining o‘ziga xos sxemalari 3.17, a, b-rasmda, konveyerli ko‘tarish uchun 
- 3.17, v-rasmda ko‘rsatilgan



Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling