3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja: Konning yillik unumdorligi
Kon qazish korxonalarida ochishning turli sxemalariga misollar
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja
Kon qazish korxonalarida ochishning turli sxemalariga misollar
Misli kon (Ural). Rudali jism qalinligi 10-15 m dan 100 m gacha o‘zgaradi, yotiqlik tik (60-70°), suv oqimi - 200 m Z /s.ga yaqin, cho‘ziqligi bo‘yicha kon uzunligi - 3700 m, joylashuv chuqurligi - 800 m. 130 m. chuqurlikkacha kon yog‘och bilan mustahkamlangan oltita uncha katta bo‘lmagan stvollar bilan qazildi. Hozir bu stvollar qisman konservatsiyalangan yoki ventilyasiya uchun ishlatilmoqda. 700 m chuqurlikkacha konni ochishda ikkita bosh (asosiy) stvol - «Kapitalnыy 1» va «Kapitalnыy 2» hamda uchta ventilyasiya stvoli - «Severnыy», «Sredniy» va «YUjnыy» o‘tkazilgan. Kon uzunligi 1800 va 1900 m. bo‘lgan ikkita shaxta maydoniga bo‘lingan. Asosiy stvollar 6,5 m diametrga va 700 m.loyihaviy chuqurlikka ega. O‘rtacha stvol - 4,5 m. diametrli dumaloq kesimli. Severnыy va YUjnыy stvollari – yog‘och mustahkamlagich bilan mahkamlangan to‘g‘ri burchak kesimli. Asosiy stvollar 3 m 3 sig‘imli ikkita skipga va 2 m 3 sig‘imli vagonetkalar uchun kletga ega, yordamchi stvollar kletli ko‘tarilish bilan jihozlangan (3.15- rasm). Asosiy stvollar bir martada bitta qavatni kovlaydi. Har bir qavatda bunkerlar (stvol «Kapitalnыy 1» - 200 m 3 , stvol «Kapitalnыy 2» - 400 m 3 ) va suv chiqarib tashlash qurilmalari mavjud. 3.15-rasm. Mis rudali konni ochish: 1,3,5 – ventilyasiya stvollari; 2,4 – asosiy stvollar. Qavat balandligi 60 m. Kvershlaglar ikki yo‘lli 13-15 m 2 kesimli, ular har bir qavatdan o‘tadi. Dzerjinskiy nomli kon (Krivorojsk temir ruda havzasi). Mamlakatimiz va xorij amaliyotida eng yirik kon. 150-200 m qalinlikdagi temir ruda qatlami qazib olinmoqda, shaxta maydonining janubiy qismida u 500 m.ga yaqin chuqurlikda, shimoliy qismda - 1000 m chuqurlikda pasayib boradi, yotiqlik burchagi - 65-75°. XX asrning 30-yillarida Krivbass konlarini birinchi marta qayta tiklash davrida qatlamning ostki yonidan «Kommunar», «Gigant-kletevoy» i «Gigant- skipovoy» shaxta stvollari o‘tkazilgan. «Gigant-skipovoy» shaxta stvoli har biri 25 t. to‘rtta skip bilan jihozlangan. Kon ishlari 200-300 m chuqurlikka etgandan so‘ng 35° yaqin burchak ostida, ya’ni taxmin qilingandan ko‘ra qiyalama bo‘lgan ostki yon jinslari surilishi boshlandi. Ushbu shaxtalar stvollari jinslar surilishi zonasiga tushib qoldi va ishdan chiqdi. Havzani ikkinchi qayta tiklash davrida ishdan chiqqanlar o‘rniga yangi stvollar o‘tkazildi: 1200 m.loyihaviy chuqurlikli «Gigant-glubokiy», «Pobeda», «Saksagan». «Gigant-glubokiy» stvoli qatlamgacha 800 m da, «Gigant-skipovoy» eski stvoldan 164 m da o‘tkazildi. U 98 m. balandlikdagi koperda joylashgan ko‘p arqonli ko‘tarish mashinasi bilan jihozlangan. 50 t li ikkita skip va posangili klet mavjud. Stvol diametri – 7,5 m. Stvollarning loyihaviy ishlab chiqarish quvvati: «Gigant-glubokiy» - 7,0 mln.t/yil, «Pobeda» - 1,5 mln.t/yil, «Saksagan» - 3,5 mln. t/yil. Hozirgi vaqtda qiymatli temir ruda zaxiralari qisqarishi natijasida konning unumdorligi loyihadagidan ikki marta past darajada. Bundan tashqari, pastda joylashgan qatlamlarni ochishda jinslarni berish uchun ustunlikka ega bo‘lgan, yordamchi ishlar uchun mo‘ljallangan «Sentralnaya» shaxta stvoli va bo‘sh jinslar bilan sifatsizlangan 0,5 mln. t/yil yaqin hajmdagi rudani beradigan «Severnaya» shaxta stvoli mavjud. Bu stvol o‘pirilish zonasiga tushadi. YUqorida sanab o‘tilgan asosiy va yordamchi stvollardan tashqari yana to‘rtta ventilyasiya stvollari ham mavjud. Demak, kon 8 ta stvolga ega: uchta asosiy stvol, bitta yordamchi va to‘rtta ventilyasiyali (3.16-rasm). SHaxta maydonlari uzunligi quyidagicha: «Gigant» - 940 m, «Saksagan» - 900 m, «Pobeda» - 700 m, kon maydonining umumiy uzunligi - 2540 m. 3.16-rasm. . Dzerjinskiy nomdi (Krivbass) temir ruda konini ochish: 1 – temirli kvarsitlar; 2 – qiymatli temir rudalari; 3,4,5 – stvollar «Gigant - kletli», «Gigant - skipli», «Gigant - chuqur». Ushbu konni ochishga nisbatan ta’kidlash lozimki, birinchidan, to‘rtta yirik shaxta stvollari ular uchun hisoblangan xizmat muddatining yarmidan kamrog‘i o‘tgach, surilish zonasiga tushib qoldilar; ikkinchidan, shaxta maydoni va kon maydoni uzunliklari uncha katta bo‘lmgan o‘lchamda hisoblangan. Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling