3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja: Konning yillik unumdorligi


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/24
Sana12.09.2023
Hajmi4 Mb.
#1676096
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
3- ma’ruza ruda konlarini ochish ruda konlarini tayyorlash reja

Rasm.3.17. Stvol oldi qo`rasining sxemasi: a- dumaloq; b-tugunli; 1- skipli stvol;
2-kletli stvol ; 3- tog` jinsi skipi; 4-madan skipi ; 5-muvozanatlovchi;
6-tayorlovchi; v-konveyerli ko`tarish; 1- skipli stvol; 2- kletli stvol;
6-o`kazuvchi konveyer; 4- bunker; 5- magistral konveyer. 
Kletli stvol oldi qo‘ralari bitta kletli stvol asosiy ochuvchi lahim 
hisoblangan, unumdorligi uncha katta bo‘lmagan konlarda asosiy sifatida 
qo‘llaniladi. Bundan tashqari, kletli stvol oldi qo‘ralaridan konning yon 
tomonlarida ventilyasion stvollarga va shtolnyalar bilan ochishda yordamchi 
stvollarga xizmat ko‘rsatish uchun foydalaniladi. 
Agar skipli stvollar yuza relefi sharoitlari bo‘yicha yoki boyitish 
fabrikasiga yaqin bo‘lishi uchun boshqa asosiy stvollar guruhidan alohida 
joylashsa, unda skipli stvol oldi qo‘ralari mustaqil qo‘ra sifatida kamdan-kam 


qo‘llaniladi.
Odatdagidek, asosiy stvollar guruhi bilan konlarni ochishda ular bir-
biridan uncha katta bo‘lmagan masofada o‘tkaziladi. Ular har bir qatlamda 
skipli – kletli ataluvchi umumiy stvol oldi qo‘rasiga ega bo‘ladi, boshqa 
qulayliklardan tashqari, stvol oldi lahimlari hajmini kamaytirish imkonini 
beradi.
Stvol oldi qo‘rasi chegaralarida qator kameralar joylashtiriladi (3.18-
rasm). 
Rasm.3.17. Stvol oldi qo‘rasi atrofida joylashgan kameralar sxemasi:
1-skipli stvol;2-kletli stvol; 3- qiya suv quvuri kirmasi; 4- asosiy drenaj kamerasi; 5- markaziy 
elektrostansiya kamerasi; 6- suv yig`ish hovuzi; 7-yorug`lik beruvchi zaxira kamerasi; 8-namlikni 
yo`qotishni o`rnash kamerasi; 9- tamirlash ustahonasi; 10-yuvinish kamerasi; 11- yo`lovchilar tarkibi 
turuvchi; yo`l 12- kutib o`tirish kamerasi; 13- tibbiy yordam kamerasi; 14- quvvatlantirish honasi; 15- 
podstansiyani meyorlash kamerasi; 16- tog` jinsini ag`darish uchun joy; 17- madanni ag`darish uchun joy; 
18- yong`inni oldini olish depo; 19- portlatish moddalari ombori
.
Nasosli kamera kletli stvolga joylashtiriladi. U asosiy suv chiqarib 
tashlovchi nasoslarni o‘rnatish uchun xizmat qiladi. U stvol oldi qo‘rasi tashib 
chiqaruvchi lahimlari mavjud gorizontal yo‘lak bilan, suv quvurlari 
o‘rnatmasini chiqarish uchun stvol mavjud qiya suv quvurli yo‘lak bilan 
birlashtiriladi. Gorizontal yo‘lakdagi eshiklar boshqa lahimlarni suv bos ishi 
holatida kamerani ishonchli himoyalaydi. 
Suv to‘plagich – shaxta suvlarini yig‘ish va uni nasoslar bilan yuzaga tortish 
uchun to‘plovchi rezervuar. Suv to‘plagich qazish vaqtida ulardan birini o‘chirib 
qo‘yish imkoniyati uchun ikkita tarmoqqa ega. Suv to‘plagichning bir uchi 
tindiruvchi rezervuarlarga tutashadi. Suv to‘plagichlar sig‘imi shaxtadagi kamida 
to‘rt soatlik suv oqimiga teng.
Markaziy elektropodstansiya elektroenergiyani qabul qiladi va uni 


iste’molchilarga taqsimlaydi. U nasosli kameraga (energiyaning asosiy 
iste’molchilaridan biri) tutashadi va u bilan o‘t o‘chirish eshigi bilan ajratilgan.
Rudali va jinsli yuk tushirish bo‘shliqlari yuk tarmoqlarida joylashgan. 
Ular ustida kelgan rudali va jinsli vagonetkalarni yukdan bo‘shatish amalga 
oshiriladi. Ular ostida rudali va jinsli bunkerlar – qiya kameralar joylashgan
pastroqda skipli stvol bilan tutashishda avtomatik yuklash qurilmalari – skipni 
zaruriy to‘ldirishni ta’minlovchi dozatorlar o‘rnatilgan. 



Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling