3 – mavzu : ma`rifatparvarlik yoki jadid adabiyoti o`zbek adabiyotida realizm bosqichi


Download 60 Kb.
bet1/2
Sana18.02.2023
Hajmi60 Kb.
#1212566
  1   2
Bog'liq
3-MA\'RUZA


3 – MAVZU : MA`RIFATPARVARLIK YOKI JADID ADABIYOTI O`ZBEK ADABIYOTIDA REALIZM BOSQICHI.
Reja:

  1. O`zbek adabiyotining milliy uyg`onish davri

  2. Jadid adabiyotida ma’rifatchilik g`oyalari

  3. O`zbek adabiyotida reaizm bosqichi

Maʼlumki, XX asr boshlarida Turkistonda keng yoyilgan jadidchilik harakati ijtimoiy-siyosiy ziddiyat mahsuli sifatida maydonga chiqqan va jamiyat tarixiy taraqqiyotida munosib oʻrin qoldirgan. “Jadid” arabcha soʻz boʻlib, “yangi” degan maʼnoni anglatadi. Shunga koʻra, jadidchlilik harakati namoyondalari oʻz faoliyatlarida jamiyat ijtimoiy-maʼrifiy hayotiga turli mazmundagi yangi islohotlar, yangi qarashlarni targʻib qiladilar. Ular jamiyat inqirozining asosiy sababini savodsizlik, ilmsizlik, maʼrifatsizlikda koʻrib, asosan, xalqni ilm-maʼrifatli qilish, diniy va dunyoviy bilimlarni teng oʻrganish, taʼlim-tarbiya tizimini yangilash va rivojlantirish yuzasidan jadal islohotlar amalga oshiradilar. Jadidchilik harakatining maqsad va gʻoyalarinichuqur va taʼsirchan targʻib etishda Mahmudxoʻja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Choʻlpon singari adabiy siymolarning faoliyati nihoyatda yuqori boʻlib, ular jadid adabiyotining yorqin siymolari, maʼrifatparvar shaxslar sifatida tarix sahifalaridan muqim oʻrin egallashgan.


Jadid adabiyoti toʻligʻicha millat ruhiyatini uygʻotishga qaratilgan edi. Bu adabiyotning qahramoni avvalgi davrdagiday yuqori tabaqa vakillari yoki ilohiy qudrat bilan nurlantirilgan siymolar emas, balki ommaning ichidan chiqqan, unga qaytib boradigan va shu bois xalqqa taʼsir koʻrsatish imkoniyati kattaroq boʻlgan oddiy kishilar edi. Jadid adiblari yangi mavzularni yangi janrlarda va yangi obrazlar orqali ifodalashga urindilar. Yana bir muhim jihat shundaki, jadid yozuvchilari shunchaki ijodkor emas, balki jamoatchi ham edilar.Ular faqat qalami bilan emas, balki ijtimoiy, siyosiy, maʼrifiy amali bilan ham millatni uygʻotishga jahd qilgandilar. Yuqorida aytganimizdek, agar maʼrifatchilar koʻp asrlik milliy adabiyotga yangi mavzular olib kirgan boʻlsa, jadidlar oʻzbek adabiyotiga drama, roman, hikoya singari yangi janrlarni kiritdilar [4].
Bugun oʻzbek adabiyoti xazinasini bezab, avlodlarga yuksak maʼnaviy oziqa, qudratli maʼrifat ulashib turgan M.Behbudiyning “Padarkush”, A.Avloniyning “Advokatlik osonmi?”, “Pinak”, “Biz va siz”, “Ikki sevgi”, Fitratning “Munozara”, “Hind sayyohi”, “Oila”, “Yurt qaygʻusi”, “Abulfayzxon”, “Shaytonning tangriga isyoni”, “Qiyomat”, Hamzaning “Yigʻla, Turkiston”, “Dardiga darmon istamas”, “Turkiston”, “Shundoq qolurmu?”, “Yangi saodat...”, “Zaharli hayot...”, “Boy ila xizmatchi”, “Maysaraning ishi”, “Paranji sirlaridan bir lavha”, “Istibdod qurbonlari”, “Loshmon fojiasi”, “Fargʻona fojiasi”, A.Qodiriyning “Uloqda”, “Kalvak Maxzumning xotira daftaridan”, “Toshpoʻlat tajang nima deydi”, “Oʻtkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, Choʻlponning “Buzilgan oʻlkaga”, “Xalq”, “Koʻngil”, “Binafsha”, “Goʻzal Fargʻona”, “Goʻzal”, “Vahm”, “Istash”, “Galdir”, “Bahorni sogʻindim”, “Sirlardan”, “Yorqinoy”, “Kecha va kunduz” singari va boshqa yuzlab asarlar jadid adabiyotining durdonalaridir.
Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, bu kabi adabiy manbalarda: “Davrning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda sotsial-ijtimoiy mavzularga, zamonaviy masalalarga, maʼrifat va ozodlikka katta eʼtibor berildi. Abdulla Avloniy “Oyinayi har millat erur til-adabiyot”,- deb yozadi. Mahmudxoʻja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov teatrni “ibratxona” deb atadilar. Mirmuhsin Nomiq Kamol izidan borib, “Shoirlarimiz zamonaning bir lisonidur... Zamonagʻa munosib milliy sheʼrlar maydonga chiqsun!” degan fikrni ilgari suradi, anʼanaviy muammochilikni, takallufu suxanpardozlikni rad etadi. Toʻgʻridan toʻgʻri gapga, jumladan, ijtimoiy satiraga – hajviyaga zoʻr berib “Ochilsun intiqod (tanqid) manbalari” shiorini oʻrtaga tashlaydi.
Sidqiy Ajziy maʼrifatga muhabbat eʼlon qiladi. Maʼshuqaning anʼnaviy sifatlarini maʼrifatga koʻchiradi va hokazo” [2, 215].
Jadid adiblarining asarlarida insoniy taqdirlar, qismat fojialari millat ozodligi, inson erki, Vatan buyukligi muammolari fonida aks ettirildi. Jadid adabiyotida tarixiy adolat, siyosiy tenglik, shaxs va millat erki, xalqni gʻaflatdan uygʻotish singari oʻtkir ijtimoiy muammolar juda koʻp tasvirlandi. Jadidlarning vatan, millat, ozodlik yoʻlida jon fido etishga chorlab bitilgan olovli asarlari samimiy, ammo yuksak darajada ijtimoiylashgan shaxslarning nidolari edi. Bunday asarlarda millatning ulkan dardi maʼrifatli insonning shaxsiy fojiasi bilan birgalikda ifoda etilardi. Tuygʻular samimiyati, iztirob koʻlamining kengligi ruhiy dardlar teranligini oshirib, umumning dardi alohida shaxsning gʻami, iztirobi darajasiga koʻtarilardi. Odatda, koʻpchilikning iztiroblari alohida shaxslarning dardlaridan baland turadi deb hisoblaniladi. Holbuki, dard xususiylashsagina umuminsoniy miqyos kasb etadi.
Jadid adabiyoti faqat mavzu jihatidan emas, balki ifodasiga koʻra ham ommaga yaqinlashtirildi. Badiiy asarlarda tasvir injaligi, ifodaning yangiligidan koʻra, zalvorli va keskin fikr aytishga eʼtibor kuchaydi. Sheʼriyat aruzga xos ohangdorlikdan chekinib, barmoqqa xos ochiqlikka erishdi. Kuylanishdan daʼvatga aylandi [4].
Jadid adabiyoti ijodkorlari oʻzlarining yangi, zamonaviy bilim va tafakkurlariga tayanib, badiiyatning turli janrlarida qalam tebratishgan. Anʼanaviy tamoyillarga, ijtimoiy-maʼnaviy voqeliklarga tayangan holda, aholiga yangicha usul va uslubdagi badiiy durdonalarni taqdim qilganlar. Xususan, oʻzbek adabiyoti tarixida ilk bor epik turning eng yirik namunasi boʻlgan roman, zamonaviy hikoya janri va dramatik tur, shu orqali teatr sanʼatiga, publitsistika taraqqiyotiga ayni shu jadid maʼrifatparvarlari asos solishgan. Ularning bu boradagi samarali faoliyati, sermahsul ijodi hamisha tadqiqotchilarni, ixlosmandlarni chorlab turadi.
Jumladan, jadid dramasi bu borada yanada salmoqdor ahamiyat kasb etadi. Maʼlumki, jadid adabiyotida shakllangan dramaturgiya oʻzbek adabiyoti tarixida nisbatan yangi hodisa sanalib, lirikva epik turlardansahnada ijro etish uchun moʻljallab yozilganligi bilan farqlanadi. Dramatik asarlarda badiiy-estetik gʻoya va maqsadlar, ijodkor mahorati bevosita qahramonlar hatti-harakati, oʻzaro munosabati orqali ochib beriladi. Shuning uchun bunday asarlar mohiyatini teran anglash, ular zamiriga singdirilgan maʼnaviy ozuqadanbahramand boʻlish, badiiy-estetik jozibani his qilish kitobxon va tomoshabindan alohida diqqat-eʼtiborni talab qiladi.
Lirik asarlar muayyan his-tuygʻularni, qalb kechinmalarini ochishga, epik asarlar hayotiy voqea-hodisalar, insoniy munosabatlarni tasvirlashga yoʻnaltirilgan boʻlsa, dramatik asarlarda ayni xususiyatlar muayyan ziddiyatlar asnosida taftish qilinadi: ularning mazmun koʻlami, syujet liniyasi, qahramonlar faoliyati turli-tuman konfliktlarga suyanadi. Ana shu konfliktlar turli xarakterlarni kashf etadi. Muallif hayotiy ziddiyatlar, qahramonlar oʻrtasidagi qarama-qarshi holatlar, keskin fikrlar, keskin “kurashlar” asosida insonning murakkab ruhiy qiyofasini “jonli” tasvirlaydi, ijtimoiy muammolarga munosabat bildiradi. Qahramonlarning hatti-harakati, oʻzaro muloqoti, nutqiy faoliyati ularning oʻziga xos maʼnaviy olamini, ruhiy iztiroblarini, insoniy fazilatlarini yorqin koʻrsatib beradi; turli voqea-hodisalar, hayotiy-maʼnaviy ziddiyatlarni jonlantiradi, harakatlantiradi. Demak, “drama asarlarida voqea ham, tuygʻu ham yetakchi boʻlmaydi. Bu xil asarlarda xarakter asosiy oʻrin tutadi. Dramatik asarni xarakterlar toʻqnashuvi tutib turadi”.
Jadid adabiyoti namoyondalari tashabbusi bilan yuzaga chiqqan va ttaraqqiy etgan oʻzbek dramaturgiyasi XX asrning 10-yillari ikkinchi yarmida qizgʻin rivoj topgan. Toshkent, Samarqand, Qoʻqon kabi yirik madaniyat markazlarida havaskorlar truppalari tashkil qilinib, samarali foliyat olib borgan. Bu jarayonda Mahmudxoʻja Behbudiy xizmatlari alohida diqqatga sazovor. Oʻzbek adabiyotida dramatik janrning ilk debochasi boʻlgan “Padarkush” pyesasi orqali adib jadid namoyandalarining yuksak maʼrifatparvar gʻoyalarini ilgari suradi. Asardagiziyoli obrazi vositasida mazkur poetik maqsad keng talqin qilingan. Buni ziyolining quyidagi fikrlarida ham koʻrishimiz mumkin:
Ziyoli. Hozir yangi va boshqa bir zamondir. Bu zamonga ilm va hunarsiz xalqning boyligi, yeri va asbobi kundan kun qoʻlidan ketgandek, axloq va obroʻyi ham qoʻldan chiqar, hatto, dini ham zaif boʻlur. Buning uchun biz musulmonlarni oʻqitmoqgʻa sayi qilmogʻimiz lozimdur, vaholanki, diniy sharifimiz har nav naflik ilm oʻqimoqni beshikdan mozorgacha bizga farz qilgandir. Bu hukm – hukmi shariatdir. Biz musulmonlarga alalxusus bu zamonda ikki sinf ulamo kerakdur: biri olimi diniy; digʻari olimi zamonaviy; olimi diniy: imom, xotib, mudarris, muallim, qozi, mufti boʻlub, xaloyiqni diniy va axloqiy va ruhoniy ishlarini boshqarar, bu sinfga kiraturgʻon talabalar, avvalo, Turkistonda va Buxoroda ilmiy, diniy va arabiy va bir oz ruscha oʻqub, soʻngra Makka, Madina, Misr va Istambulga borib, ulumiy diniyani xatm qilsalar kerak, yoki komil mullo boʻlsunlar (boy mudraydur), angladingizmi, boy?

Download 60 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling