3 – mavzu : ma`rifatparvarlik yoki jadid adabiyoti o`zbek adabiyotida realizm bosqichi


Download 60 Kb.
bet2/2
Sana18.02.2023
Hajmi60 Kb.
#1212566
1   2
Bog'liq
3-MA\'RUZA

Boy (boshini koʻtarib). Ha, ha, aytabering, qulogʻim sizga.
Ziyoli. Olimi zamon boʻlmoq uchun bolalarni, avvalo, musulmoni xat va savodini chiqarub, zaruriyati diniya va oʻz millatimiz tilini biladurgʻondan soʻngra hukumatimizni nizomli maktablariga bermoq kerakdur, yaʼni gimnaziya va shahar maktablarini oʻqib tamom qilgʻanlaridan soʻng, Peterburg, Maskov dorilfununlariga yuborib, dokturlik, zakonchilik, injenerlik, sudyalik, ilmi sanoat, ilmi iqtisod, ilmi hikmat, muallimlik va boshqa ilmlarni oʻqitmoq lozimdir.
Dramaning “Padarkush yoxud oʻqimagan bolaning holi” deb nomlanishidan ham, unda ilm-maʼrifat gʻoyalari, jamiyatni maʼrifat orqali yuksaltirish masalalari ilgari surilganligi yaqqol anglashilib turadi. Muallifning bu boradagi poetik maqsadi ziyoli obrazining yuqoridagi kabi fikr-kechinmalarida teran aks etgan, boy va uning oʻgʻli Toshmurod obrazining xatti-harakatlari bilan qarshilantirilgan. Drama soʻnggida boyning oʻz oʻgʻli tomonidan oʻldrilganini koʻrgan ziyoli fojeaning sababini ilmsizlikda koʻrib, oʻzi haq boʻlib chiqqanidan kuyinib, shunday faryod chekadi: “Ilm va tarbiyasiz bolalarni oqibati shuldir. Agarda bularni otasi oʻqitsa edi, bu jinoyat va padarkushlik alardan sodir boʻlmas va bular ichkilikni boʻyla ichmasdi, xun begʻayri haqqin qilmas edi... Bizlarni xonavayron, bachagiryon va bevatan va bandi qilgʻon tarbiyasizlik va jaholatdir; bevatanlik, darbadarlik, asorat, faqir va zarurat va xorliklar hammasi ilmsizlik va betarbiyalikning mevasi va natijasidir. Dunyoga taraqqiy qilgan xalq ilm vositasi ila taraqqiy qiladi. Asir va zabun boʻlganlar-da beilmlikdan. Madomiki, bizlar tarbiyasiz va bolalarimizni oʻqitmaymiz, bul tariqa yomon hodisalar va badbaxtliklar oramizda doimo hukmfarmo boʻlsa kerak. Bu ishlarni yoʻq boʻlmogʻiga oʻqimoq va oʻqitmoqdan boshqa iloj yoʻqdur”.
Darhaqiqat, inson boshiga tushgan barcha koʻngilsizliklar, jamiyat tanazzulining tub ildizi ilmsizlikka borib taqaladi. Oʻqigan, uqqan va amal qiladigan insonlar komillikka intiladi, oʻzi va jamiyat hayotini yaxshilashga, yuksaltirishga harakat qiladi. Mazkur fikrlarni Behbudiy ziyoli obrazi orqali chuqur va taʼsirchan targʻib qilishga erishgan.
Xullas, jadid adabiyotida jamiyat ijtimoiy-maʼnaviy hayotini rivojlantirishga qaratilgan maʼrifatparvar gʻoyalar yuksak badiiy pardalarda talqin etiladi. Mamlakat va insoniyat taqdiri, tafakkur sarhadlari, ilm-maʼrifat manzillari, maʼnaviy-ruhiy manzaralar jadid namoyandalarining hamisha diqqat markazida turgan asosiy muammolar sifatida poetik ifodalarda mohirona yoritiladi, targʻibu tashviq qilinadi. Mazkur masalalar hamisha oʻz dolzarbligini va amaliy-maʼrifiy ahamiyatini, badiiy salmogʻini saqlab, oʻziga chorlab qoladi.
Download 60 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling