3- мавзу 3-mavzu. Gazli oltingugurt va boshqa oltingugurtli xomashyolar 3-mavzuni yoritish rejasi
Download 73.23 Kb. Pdf ko'rish
|
3- ìàâçó 3-mavzu. Gazli oltingugurt va boshqa oltingugurtli xoma
3.5. KALTSIY SULFATLARI.
Ular kuyidagi xolatlarda bo`lishi mumkin: 1.Angidrid-CaSO 4 (cuvsiz) 2.Gips CaSO 4 * 2H 2 O. Buni qizdirsak: CaSO 4 * 2H 2 O = CaSO 4 * 0,5H 2 O (q ) + 1,5H 2 O ( b) - Q O (5.9.) Alebastr va x.k. hosil buladi. 3.Fosfogips xozirgi vaqtda, MDX davlatlarida, gipsning juda kup miqdorda – 500 taga yaqin koni bordir. Bizning Respublikamizda gips koni Konimexda bo`lib, u xozirchalik sulfat kislota uchun ishlatilmaydi. Kurilish bo`yicha ishlatiladi, chunki bu sulfatlar yuqori xaroratda 1400 o S da parchalanganda, katta miqdorda issiqlik yutish bilan ketadi: CaSO 4( q) = CaO (q) + SO 2(g ) + 0,50 2(g ) - Q 23 (5.10.) Bu esa olinayotgan sulfat kislotaning tannarxini juda ham oshirib yuboradi. Lekin, xozirgi vaqtda Olmaliq “Ammofos” ishlab chiqarish birlashmasida, Samarqand kimyo zavodida, Kuqon superfosfat zavodlarida, 250 mln.t. dan kuproq fosfogips tuplangan. Bu fosfogips fosforitlarni sulfat kislota bilan ekstraktsiyalab, ekstraktsion fosfor kislotasi olishda chiqindi sifatida hosil buladi: Ca 3 (PO 4 ) 2 + 3H 2 SO 4 = 2H 3 PO 4 + 3CaSO 4 + Q 24 (5.11.) e.f.k. fosfogips Bu fosfogips chiqindisi, asosan CaSO 4 dan tashkil topgan bo`lsada, lekin uning tarkibida 2-3% lab H 3 RO 4 , H 2 SO 4 , HF, SiF 4 , mish`yak birikmalari, metallarining sulfatlari, fosfotlari va x.k. qushimchalari bordir. Bu fosfogips chikindisi birgina Olmaliq shaxrida 40 gektardan ochiq joyni egallab yotibdi. Kish fasllarida undan hosil buluvchi okova suvlar er osti suvlariga utib ketib, Pskent shaxri axolisini qisman zaxarlash xavfini tug`dirishi mumkin. Shuning uchun, bu fosfogips xar qanday usullar bilan kayta ishlanib, yuqotilmog`i kerak, Masalan: undan xar xil xaykallar yasash, plitkalar, bordyurlar va x.k. lar yasash mumkin. Lekin bular ichida eng kup ilmiy jixatdan asoslangani bu fosfogipsni quritib, unga parchalanish xaroratini pasaytirish uchun xar xil qushimchalar (kumirlar) qushib, uni yukoridagi endotermik reaktsiya bo`yicha parchalab, bu erda hosil buluvchi SO 2 va O 2 aralashmasini sulfat kislota olish uchun yuborilib, SaO sini esa unga xar xil qushimchalar qushib, xar xil markadagi tsement maxsulotlari olish kuzda tutilgan. Bu ishlar bilan bizning ToshKTI da prof. Atakuziev T.A. va prof. Mirzaev F.M. raxbarligida dots. Toirov Z.K. dots. Sharipov A.T.,kfn. Tolipov N. va boshqalar ishtrokida anchagina ishlar qilinib, xozirgi vaqtda bu ishlarni Olmaliq “Ammofos” ishlab chiqarish birlashmasida ishlatish kuzda tutilmoqda. U erda shu usul bo`yicha yiliga 400000 t. tsement ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. 3.6. OLTINGUGURTLI XOM-AShYONI TANLASh. Bu asosan Uzbekistonda bulgan xom-ashyolarning sifati, mikdori undagi oltingugurt va chiqindilarning miqdoriga bog`liqdir. Xozirgi vaktda asosan Uzbekistonning sulfat kislota ishlab chiqarish tsexlarida tabiiy va gazli oltingugurt ishlatilmoqda. Tabiiy oltingugurt Kuqon yaqinidagi Shursuvdan va Turkmanistonning Gaurdak shaxaridan olinadi. Gazli oltingugurt esa Muborak gazni qayta ishlash zavodlaridan, Shurton gazni qayta ishlash zavodidan va Rossiya. Orenburg, Astraxan shaxaridan keltiriladi. Kelajakda bizda rangli metallurgiya chikindi gazlardan foydalanishni yanada rivojlantirish va ”nam kataliz usuli” bilan N 2 S li chiqindi gazlardan sulfat kislota olishni yulga kuymokni ta`minlamok kerak. Shu bilan birga Respublikamizda million tonnalab tuplanib qolgan tashlandik chiqindi fosfogipsdan va metallar sirtini tozalashda hosil buladigan sulfat kislota eritmalaridan unumli foydalanish kimyo sanoat kelajak vazifalaridan biri bo`lib, sulfat kislota tannarxini kamaytirishga va atrof muhitni yaxshilashga olib keladi. Download 73.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling