O’t pufagi va o’t yo’llarini rentgenologik tekshirishga tayyorlash
Xoletsistografiya — jigarning yodning ayrim birikmalarini qondan singib, ularni o’t bilan ajratib chiqarish qobiliyatiga va o’t pufagida yig’ilishiga asoslangan.
Xoletsistografiyaga ikki xil usul bilan tayyorlash mumkin: kontrast moddani kechqurun bir marta va bo’lib-bo’lib qabul qilish yo’llari. Odatda shu maqsadda yodagnost, osbil, xolevit va boshqa dorilar ishlatiladi. Xolegrafiya o’t yo’llarini rentgenologik tekshirish usulidir. Yuqoridagi tekshirishlarning yaxshi natija berishi uchun bemorlarni to’g’ri tayyorlashning ahamiyati katta. Tekshirishdan 15-20 soat va 1-1,5 soat oldin bemorga tozalovchi huqna qilinadi, chunki ichak axlat va yeldan xoli bo’lishi kerak.
Xo’qnalar
Turli suyuqliklarni diagnostika yoki davo maqsadida to’g’ri ichak orqali kiritishga xo’qna deyiladi. Diagnostik xo’qnani yo’g’on ichakni rentgenologik tekshirish uchun qo’llaniladi. Davo maqsadlarida tozalovchi, sifon, oziqlantiruvchi, yog’li va dori moddali xo’qnalar qo’llaniladi.
Kichik xajmdagi moddalarni junatish uchun noksimon rezina ballonchalardan foydalaniladi. Ular 30 ml dan, 360 ml gacha o’lchamda, yumshoq yoki qattiq uchlik bilan ishlab chikariladi.
Esmarx krujkasi 1-2 litr kajmdagi voronkasimon idish bo’lib, tubida ichi ochiq usigi bor. SHu yerga qalin devorli rezina nay ulanadi (uzunligi 1-1,5 metr, kengligi 1-1,5 sm). Rezina naychada junatilayotgan suyuklik tezligini sozlash uchun jumrak bor. Naycha oxiriga uchlik ulangan (rezina, ebonit yoki shishadan ishlanadi). Esmarx idishining rezinadan yaxlit ishlangan turi idish, naycha, jumrak va uchlikdan iborat.
Tozalov xuknasi- maqsadi najas massalari va gazlardan tozalash. Yo’g’on ichakning fakat pastki kismlari tozalanadi. xo’qna ichak xarakatini biroz kuchaytiradi, najas massalarini suyultiradi va ularning chikarilishini osonlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |