3- mavzu. Amaliy mashg’ulot


Download 347.68 Kb.
bet12/28
Sana05.01.2022
Hajmi347.68 Kb.
#216664
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
Bog'liq
3 mavzu Bemor gigienasi.

Bemor oyoqlarini yuvish

Kursatmalar: mustaqil kunikmalar yo’qligi, xarakatlanuvchi faolligining cheklanishi.

Tayyorgarlik: bemorga muolajaning moxiyatini, muolajada uning katnashish darajasini tushuntirish.

Jixozlar: qo’lqop, suvli tog’ora, sovun, sochiq, kleyonka. Bemorning xolati: yotib, o’tirib.


Bemorlarni klinik tekshiruvga tayyorlash

Bemorlarni kasalxonada bo’lish vaqtini kisqartirish va jarrohlik faolligiin oshirish uchun odatda rejali bemorlar ambulatoriya yo’li bilan tekshirilishi kerak. Eng ko’p uchraydigan kasalliklarda tekshirishning umumiy sxemasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq va ular minimal yoki maksimal hajmda belgilanadi.

Rejali operativ davolashga muxtoj bo’lgan kasallarga majburiy va maxsus tekshirish turlari belgilanadi. Tekshirishning majburiy minimumi umum qabul kilingan tekshirish (ko’zdan kechirish, palg’patsiya, per­kussiya, auskulg’tatsiya) bilan bir qatorda quyidagilarni o’z ichiga oladi: 1) qonning umumiy analizi; 2) siydikning umumiy analizi; 3) qon bosimini o’lchash. 4) ko’krak qafasi organlarining rentgenoskopiyasi (ayrim xollarda); 5) kon gruppasi va rezus-faktorni aniklash.

Keyinchalik birinchi uchta tektshirishni kerak bo’lganda yoki xar 7—10 kunda takrorlanadi. Rentgenologik tekshirish ko’krak qafasi organlari kasalliklari bi­lan og’rigan yoki unga shubha qilingan odamlar va profilaktik maqsadlarda 1 yil mobaynida undan o’tmagan bemorlarga belgilanadi. o’n ikki yoshga to’lmagan bemor­lar profilaktik rentgen ko’rigidan o’tkazilmaydi. Yoshi 50-60 dan oshgan bemorlarni tekshirishning majburiy minimumiga elektrokardiografiya va tera­pevt konsulg’tatsiyasi kiritiladi. Qonni tekshirish diagnostikaning eng muhim bo’limlaridan biridir.

Qonni tekshirishning uchta asosiy yo’nalishi bor: a) bakteriologik va serologik; b) bioximiyaviy; v) morfologik tekshirish. Tibbiy hamshira bemorni ogohlantirib, analizga qon olinguncha ovqatlanmaslik kerakligini tayinlab qo’yishi kerak.

Umumiy analiz uchun odatda barmoq uchidan, goho quloq solinchog’idan qon olish kifoya. Igna yoki chechak bilan 2-2,5 mm chuqurlikka sanchiladi, birinchi qon tomchisi paxta bilan artiladi. Eritrotsitlarning cho’kish tezligi, gemoglobin, leykotsitlar, eritrotsitlarni tekshirish uchun keyin chiqadigan qon tomchilari olinadi. Har bir muolajadan keyin barmoq efirga ho’llangan paxta bilan artib turiladi. Qon olib bo’lingandan keyin barmoq uchi efirga ho’llangan paxtaga o’rab qo’yiladi va bemorga barmoqni kaftga zich taqab turish tayinlanadi, shunda qon tez to’xtab qoladi.

Siydikni tekshirish buyraklarning ahvoli bilan funktsiyasini aniqlab berishdan tashqari boshqa organlar va sistemalarda kasallik (jigar, modda almashinuvi kasalliklari va boo’qalar) bor-yo’qligi to’g’risida fikr yuritishga ham imkon beradi. SHu munosabat bilan siydik analizi davolanishga kelgan har bir be­morni umumiy tekshirishdan o’tkazishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Siydik analizi uchun ertalabki kontsentrlangan siydik portsiyasi olinadi.

Katta yoshdagi odam bir kecha-kunduzda 1l dan 1,8l gacha siydik ajratadi, bu o’rta hisobda 1,5l ni tashkil etadi. Mo’l suyuqlik ichilganda siydik miqdori ko’payadi va odam quruq ovqatlar bilan ovqatlanganda, shuningdek ichi ketganda hamda ko’p terlaganda siydik miqdori kamayadi. Buyrak funktsiyasi Zimnitskiy usuli buyicha tekshirilganda bemor odatdagicha ovqatlar bilan ovqatlanib turgani holda bir kecha-kunduz siydigini har 3 soatda alohida-alohida portsiyalar holida yig’ib borishi ke­rak. Siydik yig’ishuchun kichik tibbiy hamshira oldindan bemorning ismi sharifi, palata nomerini, idishning tartib nomerini yozib idishlarga yopishtirib qo’yadi. Sakkiz portsiyaning har birida siydik miqdori va nisbiy zichligi o’lchab ko’riladi.




Download 347.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling