Mavzu : Oila salomatligida hamshiraning o’rni va faoliyati. Reja
Download 33.46 Kb.
|
Oila salomatligida hamshiraning o’rni va faoliyati .
- Bu sahifa navigatsiya:
- Salomatlikni mustahkamlashda tibbiyot xodimlarining roli
Mavzu : Oila salomatligida hamshiraning o’rni va faoliyati . Reja: Salomatlikni mustahkamlashda tibbiyot xodimlarining roli. Salomatlikni mustahkamlash harakatining asosiy yo‘nalishlari Sog‘liqni saqlash va sanitariya maorifi Oila tibbiyoti va hamshiralik ishining muhim ahamiyatga egaligi tan olinganiga ko‘p vaqt bo'lgani yo‘q. Hozirgi kunda Markaziy Osiyoda bu yangi tipd agi oilaviy hamshiralarni tayyorlash boshlang'ich bosqichda turibdi. Biroq oz fursatda rivojlanib, jamiyatda o‘z mavqeyiga ega bo‘lib boradi. Hozirgi kunda bem orga kasalxona yoki tug‘ruqxonadan uyga javob berilgandan so‘ng ko‘rsatiladigan tibbiy yordam uzluksizligida buzilishlar kuzatilmoqda. Shu bois oilaviy hamshiraning kasalxona bilan poliklinika o'rtasidagi bog‘lovchi halqa bo'lishiga umid bog'lanmoqda. Hamshira bemorni kasalxonadan javob berilgandan keyin uyiga borib ko'radi. Hamda bemorning tegishli shifokor va hamshira nazoratida bo'lishini va ahvoliga ko‘ra poliklinikadan zaruriy tibbiy xizmat ko‘rsatilishini kuzatib turadi. Salomatlikni mustahkamlashda tibbiyot xodimlarining roli Sog’lom turmush tarzini targ‘ib etish, tibbiyot xodim larining salom atlikni mustahkamlash borasidagi asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kumda so g’lomturmush tarzining asosan insonlar tomonidan tushunilishiga alohida e’tibor berilmoqda. Zero har bir shaxsning o‘zida sog’lom turmush tarziga intilish bo’lmas ekan, hech qanday shifokor yoki tibbiyot xodimi zo‘r berib salomatligimizni kafolatlay olmaydi. Salomatligimiz va xotirjamligimiz o‘z qolimizda. (Shu boisdan ham salomatlikning mustahkamligi harakatning asosiy 5 yo‘nalishlaridan biri - shaxsiy ko‘nikmalarni rivojlantirishda yordam berish yo‘nalishi ekanligi tasodif em as (O ttava X artiyasi, BJSST, 1986-y). Tibbiyot xodimlari salomatlikning barcha jihatlariga oid to’liq axborotni taqdim etishlari, insonlarga o‘z sog’liqlari va umuman jamiyat salomatligiga nisbatan ijobiy munosabatda bo’lish , malakalarini oshirishda va axloqiy normalarni shakllantirishda yordam beradi. Download 33.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling