Mavzu: Tuman markaziy shifoxonasi Reja


Download 22.45 Kb.
bet1/5
Sana18.10.2023
Hajmi22.45 Kb.
#1709059
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Tuman markaziy shifoxonasi


Mavzu: Tuman markaziy shifoxonasi
Reja:

  1. Tuman sog‘liqni saqlash muassasalari

  2. Tuman markaziy ko`p tarmoqli poliklinikaning tarkibi

  3. Tuman markaziy shifoxonasi


Tuman sog‘liqni saqlash muassasalari
Tuman axolisiga tibbiy xizmat kursatishning II-boskichidagi asosiy
tibbiyot muassasasi bu tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinika va
tuman markaziy shifoxonasi hisoblanadi.
Tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinika, tuman markazida
joylashgan, o‘ziga biriktirilgan aholiga davolash – profilaktika yordamini ko‘rsatuvchi; kasalliklarni kamaytirish, oldini olish bo‘yicha keng ko‘lamda profilaktik tadbirlarni o‘tkazuvchi; bemorlarni barvaqt aniqlash; dispanserizatsiya qilish; tuman aholisiga malakali ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatuvchi – ambulatoriya tipidagi tibbiyot muassasasi hisoblanadi. Poliklinika aholi orasida sanitariya – maorifi ishlarini olib boradi, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini
targ‘ib etadi. Poliklinika tumandagi QVPlariga tibbiy yordamni tashkil
etish, sifatini oshirish bo‘yicha tashkiliy – uslubiy markaz hisoblanadi.
QVPlardan konsul`tatsiya uchun yuborilayotgan aholiga malakali,
ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatadi. Poliklinikaga bosh vrach rahbarlik qiladi – u o‘z navbatida tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining ambulatoriya–poliklinika xizmati bo‘yicha muovini hisoblanadi. Poliklinika mustaqil yuridik shaxs hisoblanib, o‘z nomi bitilgan muhr va shtamiga ega.
Tuman markaziy ko`p tarmoqli poliklinikaning tarkibi.
I. Registratura (ro`yxatxona)
II. Diagnostika bo`limi (rentgen (flyuorografiya) xonasi, UTT (UZI) xonasi, EKG xonasi, laboratoriya (klinik, bioximik, bakteriologik, serologik) va hokazo)
III. Poliklinika muassasalari xonasi (akusher – ginekolog, pediatrlar, stomatolog, jarroh, oftalmolog, kardiolog, pul`monolog, nefrolog, endokrinolog, revmatolog, infektsionist, immunolog, mehnat ekspertizasi qilish bo`yicha vrach – mutaxasis, o`smirlar vrachi, bolalar otolaringologi, nevropatologi, ginekologi va hokazo).
IV. Markazlashgan sterilizatsiya bo`limi
V. Ma`muriy – xo`jalik bo`limi.



Download 22.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling