Mavzu: Tuman markaziy shifoxonasi Reja
Tuman markaziy shifoxonasining asosiy vazifalari
Download 22.45 Kb.
|
Tuman markaziy shifoxonasi
Tuman markaziy shifoxonasining asosiy vazifalari
1. Tuman va tuman markazi aholisiga diagnostika yordam va kasalxonada malakali hamda ixtisoslashgan tibbiy yordamni tashkil qilish; 2. Tuman aholisiga tez yordam, shoshilinch tez tibbiy yordamni sifatli tashkil etish va ko`rsatish; 3. Tuman hududida joylashgan barcha davolash-profilaktik muassasalarini operativ va tashkiliy metodik tomondan boshqarish, shu bilan birga ularning ish faoliyatini nazorat qilish; 4. Ishchilarning vaqtinchalik hamda doimiy mehnat qobiliyatini yoʼqotganlik darajasini o`rganish va tahlil qilish; 5. Aholi ichida tarqalgan kasalliklarni va ularning sabablarini ambulatoriya, poliklinika va statsionar xizmatini hajmi, sifati va samaradorligini, tibbiy ko`riklar va aholining dispanserizatsiya holatini o`rganish va tahlil etish; 6. Aholi salomatligini, tuman sog`liqni saqlash muassasalarining faoliyat ko`rsatkichlarini o`rganish va tahlil etish orqali, tibbiy yordamni rivojlantirish, kasallanish va o`lim ko`rsatkichlarini, shu jumladan, bolalar va onalar o`limini kamaytirish, aholiga ko`rsatilayotgan tibbiy yordamning sifati va samaradorligini oshirish bo`yicha tadbirlar ishlab chiqish; 7. Tumandagi barcha davolash - profilaktika muassasalari faoliyatiga ilm fan va texnika yutuqlariga asoslangan holda zamonaviy diagnostik, davolash, profilaktik texnologiyalarni joriy etish; 8. Aholiga tibbiy yordam ko`rsatish va bemorlarni parvarishlashning yanada takomillashtirilgan yangi usullarini tadbiq etish; 9. Statsionargacha bo`lgan diagnostik jarayonni har tomonlama yahshilash, statsionar sharoitida o`z vaqtida kompleks davolashishlarini olib borish va ularning samaradorligini oshirish, o`rinlardan unumli foydalanish; 10. Tuman tibbiyot muassasalari, ambulatoriya, poliklinika, statsionar sharoitida ko`rsatilayotgan tibbiy yordamning sifati va to`laqonliligini baholash uchun diagnostik, davolash - reabilitatsiya qilish, klinik, paraklinik tadbirlarning sifat - ko`rsatkichlarining standartlarini ishlab chiqish; 11.Davolangan bemorlar sonidan kelib chiqqan holda shifoxona faoliyati ko`lamini belgilash, tuman davolash profilaktika muassasalarining moddiy texnik bazasini kengaytirish va moliyaviy mablag` bilan ta`minlashning loyihalarini ishlab chiqish; 12. Tibbiyot xodimlarini tarbiyalash, malakasini oshirish, ulardan oqilona foydalanish bo`yicha tadbirlar ishlab chiqish. TMSHning eng asosiy bo`limlaridan biri tashkiliy-uslubiy bo`lim hisoblanadi. Tuman markaziy shifoxonasi faoliyatini shifoxona bosh vrachi boshqaradi, u bir vaqtning o`zida tuman tibbiyot birlashmasining boshlig`i hisoblanadi. Sanitariya – epidemiologiya xizmatini tuman bosh davlat sanitariya vrachi boshqaradi, u bir vaqtning o`zida DSENM bosh vrachi hisoblanadi. Tuman markaziy shifoxonasi – tuman tibbiyot birlashmasining muovinlari bo`ladi: ambulatoriya – poliklinika xizmati bo`yicha, tuman markaziy shifoxonasi davolash – profilaktika ishlari bo`yicha, tashkiliy – uslubiy xizmat bo`yicha. Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tibbiyot muassasalalariga konsul`tativ, tashkiliy, uslubiy xizmat ko`rsatish uchun tuman bosh mutaxasislari tayinlanadi. Ular o`zi xizmat ko`rsatayotgan mutaxasislik doirasida tuman tibbiyot muassasalalari faoliyati ustidan tashkiliy – uslubiy rahbarlik qiladi. Ular odatda eng tajribali vrachlar bo`lib, tuman markaziy shifoxonasining bo`limlari mudirlari hisoblanadi. Ularning har biri o`z mutaxasisligi bo`yicha davolash ishlarini boshqaradi, joylarga borib konsul`tatsiya, tekshirish va davolash ishlarini bajaradi, o`z sohasining ish rejasini tuzadi, statistik hisobotlarni yuritadi, ilmiy seminarlar, konferentsiyalar tashkil etadi, malakasini oshiradi. Download 22.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling