Mavzu: Tuman markaziy shifoxonasi Reja
Poliklinikaning asosiy vazifasi
Download 22.45 Kb.
|
Tuman markaziy shifoxonasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy vazifalarni amalga oshirish uchun vrach– mutaxasis quyidagilarni taʼminlaydi
Poliklinikaning asosiy vazifasi
- poliklinika o`ziga biriktirilgan aholiga va tuman aholisiga va uyda malakali ixtisoslashgan yordam ko`rsatadi; - tuman ambulatoriya - poliklinika xizmati muassasalari faoliyati ustidan nazorat olib borish, tashkiliy – uslubiy rahbarlik qilish; - tuman aholisi orasida kasalliklarni, nogironlikni, o`limni kamaytirish bo`yicha kompleks profilaktik tadbirlarni tashkil etadi va o`tkazadi; - aholini dispanser nazoratga oladi: birinchi navbatda yurak – qon tomir, onkologik kasalliklar va boshqa kasalliklar xavfli omillariga ega shaxslarni va bemorlarni; - aholi orasida sanitariya maorifi va sog`lom turmush tarzi ko`nikmalarini targ`ib etadi; - tuman aholisiga ambulatoriya – poliklinika xizmatini yanada yahshilash bo`yicha ilg`or tajribalarni amaliyotga va QVP lar faoliyatiga tadbiq etadi; - jamoa ommasini, jamoa tashkilotlarini aholi salomatligini saqlash va yahshilash bo`yicha o`tkaziladigan tadbirlarga keng jalb etish; - vrachlar va o`rta tibbiyot xodimlari malakasini oshirish; - tuman markaziy ko`p tarmoqli poliklinikasiga qishloq aholisi tuman tibbiyot muassasalari, QVP larning yo`llanmalari bilan funktsional tekshirishlar o`tkazish, vrach – mutaxasislardan konsul`tatsiya olish, ixtisoslashgan tibbiy yordam olish uchun murojaat qilishadi; - poliklinikada tuman aholisiga diagnostika yordam ko`rsatish uchun diagnostika bo`limi tashkil etilgan; - aholiga davolash – profilaktika ishlarini tashkil etishda tor doiradagi mutaxasislar faoliyati katta ahamiyatga ega. Asosiy vazifalarni amalga oshirish uchun vrach– mutaxasis quyidagilarni taʼminlaydi: o profilaktik tadbirlar o`tkazish; o kasalliklarni barvaqt aniqlash; o bemorlarni o`z vaqtida malakali tekshirish va davolash; o mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertiza qilish, surunkali xastalikka chalingan bemorlarni o`z vaqtida VMEK ga yuborish; o poliklinika va statsionar o`rtasida bemorlarni davolash bo`yicha uzviylikni ta`minlash; o ko`rsatmalar bo`lganda bemorlarni o`z vaqtida kasalxonaga yotqizish; o o`z ixtisosligi bo`yicha bemorlarni dispanser nazoratiga olish; o o`zining nazariy tayyorgarligi va kasbiy malakasini muntazam ravishda oshirib borish, o`rta tibbiyot xodimlarini malakasini oshirish; o aholini gigienik tarbiyalash, sanitariya – profilaktik tadbirlarini o`tkazishda faol ishtirok etish; o tibbiyot hujjatlarini va hisob – kitob shakllarini va o`z faoliyati bo`yicha hisobotlarni o`z vaqtida va sifatli yuritish. Download 22.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling