Tashkiliy – uslubiy xona hamshirasining asosiy vazifalari:
1. Tumandagi barcha tibbiyot muassasalarining faoliyatini belgilovchi
ma`lumotlarni o`rganish va tahlil etishda shifokor ko`rsatmalarini bajaradi.
2. Qishloq aholisiga davolash, maslahat va tashkiliy - uslubiy yordamni
tashkil qilishda shifokorga yordam beradi.
3. Vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo`lgan bemorlar boʼyicha hisobot tuzadi.
4. Qishloq aholisini dispanser ko`rigidan o`tkazishni tashkil qilishda ishtirok
etadi.
5. Qishloq vrachlik punktlariga, tuman markaziy ko`p tarmoqli poliklinika
holda mutaxassislarning rejali ravishda tashkil qilingan chiqishlaridan xabardor
qilib turadi.
6. Aholi o`rtasida kasallanishni kamaytirish borasida ishlab chiqilgan
tadbirlarni targ`ibot qiladi.
7. Davolash - profilaktik muassasalarining kundalik hisob - kitob ishlari va
hisobotlarini tuzishda yordam beradi.
8. Tibbiyot xodimlarining va hamshiralarning malakasini oshirishni tashkil qilish.
9. Barcha zarur ishlab chiqilgan operativ ma`lumotlarni, ularni o`z vaqtida
tayyorlash va har-xil buyruq va qarorlarni bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |