3- mavzu. Amaliy mashg’ulot


Og’ir yotgan bemorlar parvarishi bo’yicha asosiy gigienik muolajalar


Download 347.68 Kb.
bet9/28
Sana05.01.2022
Hajmi347.68 Kb.
#216664
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
Bog'liq
3 mavzu Bemor gigienasi.

Og’ir yotgan bemorlar parvarishi bo’yicha asosiy gigienik muolajalar.
Odam tanasining qoplamasi — teri bir qancha muxim vazifalarni bajaradi: muxofazaga, issiqlikni idora qilishga, moddalar almashinuvi va nafas faoliyatida katnashadi. Eng muxim sezgi a’zolaridan biri — teri analizatori xioblanadi.

Teri mexanik shikastlardan, ortiqcha quyosh nuridan, tashqi muxitdan, zararli moddalar, xamda mikroorganizmlardan tanani ximoya qiladi. Agar teri sog’om va ozoda bo’lsa, uning yuzasidagi mikroblar muguzlangan xujayralar bilan birga tushib ketadi. Sog’lom teri satxidagi kislotali muxit kupchilik mikroblarning rivojlanishi uchun noqulay sharoitdir. Bundan tashqari, teri mikroblarga zararli ta’sir qiladigan maxsus moddalarni ajratadi.

Teri asosan moddalar va gazlar almashuvida ishtirok etadi. U kislorodni yutib, karbonat angidrid gazini ajratadi. Jismoniy ish bajarilganda, tashqi xarorat ko’tarilgan vaqtda va ovqat xazm bo’layotganda teri orqali gazlar almashuvi kuchayadi.

Ter, teri yogi, terining muguz tangachalari bilan birga organizmdan qator moddalar: oqsillar, tuzlar, mochevina va urat kislota, uchuvchan se kislotalar, xolesterin, vitaminlar va boshkalar ajralib chiqadi. Buyrak, jigar va teri kasalliklarida ajralib chikddigan moddalar mivdori bir necha marta kupayadi, bunda buzilgan moddalar almashuvining maxsulotlari xam teri orkali chikd boshlaydi.

Tashqi muxitdan keladigan ta’sirotlarni qabul qiladigan ko’p sonli va turli-tuman teri retseptorlari shartsiz reflekslarning muxim xalkasi xisoblanadi va ularning paydo bo’lishida ishtirok etadi. Organizmning eng muxim faoliyatlari: mushaklar ishlashi, issikdikni idora kilish, jinsiy aloka, ximoya reflekslari teri orkali idrok etishga botik. Terining o’ziga xos faoliyatlarni bajarib turishi sog’liqning eng muxim sharti xisoblanadi. Teri o’z faoliyatlarini to’g’ri bajarishi uchun badan terisini ozoda tutish va shikastlanishdan saklash zarur.

Kasallik odam organizmining barcha a’zolari va tizimlari faoliyatini izdan chiqaradi. Kasal xoldagi organizm teriga nisbatan ortiqcha talablar qo’yadi, shunga ko’ra bemorda ozodalikka rioya qilishning axamiyati ortadi. Soch va tirnoklar terining xosilasidir, ularni parvarish qilish o’ziga o’zi xizmat kursatishi cheklangan bemorlar uchun nixoyatda zarur.




Download 347.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling