O’rinda yotish qulayligini yaratish
Bemorning yaxshi kayfiyati va tuzalishi uchun O’rinda yotish qulayligini yaratish muxim omil xisoblanadi. Maxsus moslangan kravat bo’lmaganda, uni boshqa predmetlardan, uy jixozlaridan, yaxlit taxta, stul, taxta bo’laklaridan foydalangan xalda tayyorlash mumkin. Bunday xollarda bemorning xavfsizligi va tegishli kulayliklarni ta’minlash zarur. Bemor yotadigan tushagi yetarli darajada «dlin, yuzasi tekis va tarang, gadir-budursiz va chuqurchalarsiz bulishi kerak. CHoyshab to’shakni nafakat ustidan, balki yonlaridan xam yopib turishi lozim. CHoyshabning chetlari osilib turmasligi uchun tushakning tagiga tsayirib qo’yiladi. CHoyshab g’ijimlanib ketmasligi va burmalar paydo bulmasligi uchun uni tutogichlar bilan to’shakka maxkamlab qo’yish mumkin. CHoyshab, ko’rpa, yostiq jildi toza bo’lishi kamda xar xaftada almashtirilishi kerak. Kupincha o’rin-ko’rpalarini almashtirish gigienik muolajalar vanna, dush, artinish bilan birgalikda amalga oshiriladi. Og’ir yotgan bemorlar choyshabi yamoqsiz va choksiz, yostiq jildlari esa bog’ich va tugmalarsiz bulgani ma’qul. Bemorning o’rin-ko’rpalari xar kuni ertalab, kechqurun va tushki uykudan oldin tekislanib, uvoqlardan tozalanadi. SHu vaqtda bemor stulga yoki karavot chetiga o’tqaziladi. O’rindan tura olmaydigan kasallar uning chetiga surilib, bo’shagan kismidagi to’shak va choyshab tekislanadi, shundan so’ng bemor tekislangan qismiga yetkizilib, o’rinning ikkinchi qismi xam shu tarzda tekislanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |