3 – mavzu: Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja: Falsafada metod va qonun tushunchasi va uning mohiyati. Qonun va qonuniyat
Download 276 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yanglishish.
Bilish natijalarini baholash. Erishilgan natijani baholash – bilishning zarur unsuridir. Baholash yo‘li bilan inson olingan bilimning haqiqiyligi yoki soxtaligi, undan amaliy faoliyatda foydalanish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlanadi. U olingan bilim keyingi bilish jarayonida ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligini belgilaydi, uning insonga va shaxsning ma’naviy faoliyatiga ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarini aniqlaydi. Shu sababli baholash uchun asos sifatida nafaqat gnoseologik, balki amaliy, mafkuraviy va axloqiy mezonlar amal qiladi.
Yolg‘on. Yolg‘on haqiqatning qarama-qarshisi. Yolg‘on odatda noto‘g‘riligi ayon bo‘lgan tasavvurlarni bila turib haqiqat darajasiga ko‘tarish sifatida tushuniladi. Yolg‘on kundalik va ijtimoiy hayotda keng tarqalgan bo‘lib, odamlar o‘zaro aloqa qiluvchi hamma joyda uchraydi; u individlar va ijtimoiy guruhlar manfaatlarining «uchrashuvi» yuz beradigan har qanday insoniy munosabatlar funksiyasidir. Gap yolg‘on mavjud yoki mavjud emasligida emas (oddiy hayot tajribasi uning mavjudligidan dalolat beradi), balki har bir muayyan holda uning ulushi qanchaligidadir. Yanglishish. Haqiqat yoyilishi va teranlashuvining barcha bosqichlarida uning doimiy va zaruriy hamrohi yanglishishdir. Haqiqat nima va uni yanglishishlardan (Bekon ta’biri bilan aytganda, «tafakkur butlari»dan) qanday qilib xalos etish mumkin, degan savollar odamlarni (faqat fan sohasidagina emas) doim qiziqtirib kelgan. Haqiqat va yanglishish kategoriyalari bilish nazariyasidagi yagona bilish jarayonining ikki qarama-qarshi, lekin bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ikki tomonini ifodalovchi asosiy kategoriyalardir. Bu tomonlarning har biri o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, ularni quyida ko‘rib chiqamiz. Yanglishish – o‘z predmeti bilan mushtarak bo‘lmagan, unga mos kelmaydigan bilim. Bilimning noto‘g‘ri shakli bo‘lgan yanglishishning bosh manbai ijtimoiy-tarixiy amaliyot va bilishning cheklanganligi, norasoligi yoki zaifligidir. Yanglishish o‘z mohiyatiga ko‘ra borliqning ayrim jihatlarini bilish natijalarining mutlaqlashtirilishi natijasi sifatida yuzaga keluvchi borliqning noto‘g‘ri in’ikosidir. Masalan, «nazariy astrologiya», garchi unda haqiqatning ayrim unsurlari mavjud bo‘lsa-da, umuman olganda yanglishish hisoblanadi. Amaliyot – odamlarning tarixan shakllangan ehtiyojlarini qondirish uchun u yoki bu ob’ektni o‘zgartirish maqsadida unga ta’sir ko‘rsatish faoliyatidir. Bilishga nisbatan amaliyot uch xil vazifani bajaradi. Birinchidan, u bilishning manbai, harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi, bilishga umumlashtirish va nazariy o‘rganish uchun zaruriy material beradi. Shu tariqa amaliyot bilishni oziqlantiradi, u real hayotdan uzoqlashishga yo‘l qo‘ymaydi. Ikkinchidan, amaliyot bilimlarni tatbiq etish sohasidir. Shu ma’noda u bilishning maqsadidir. Uchinchidan, amaliyot bilish natijalarining haqiqiyligini tekshirish mezoni. Bilishning amaliyot sinovidan o‘tgan natijalarigina amalda ob’ektiv ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, amaliyot – barcha bosqichlarda bilishning shakllanish va rivojlanish negizi, bilim manbai, bilish jarayoni natijalarining haqiqiyligi mezondir. Tajriba tushunchasi har xil ma’noga ega: tajriba (empiriya) mavhum fikr yuritishga qarshi qo‘yiladi va shu ma’noda u kuzatish va eksperimentni tushunish hisoblanadi. Hayot tajribasi, mashina haydash, ma’ruzalar o‘qish va shu kabilar ma’nosidagi bilim va ko‘nikmalar darajasi ham tajriba deb ataladi. Inson – faol mavjudot. Yunoncha «praktikos» so‘zi faol degan ma’noni anglatadi. Shuningdek amaliyot insonning faoliyatidir. Inson faoliyati sifatida amal qiladigan hamma narsa amaliyotdir. Til, madaniyat va uning ko‘p sonli tarkibiy qismlari amaliyot turlaridir. Ko‘pincha amaliyot deganda moddiy amaliyot, ya’ni vositasi va mahsuli sifatida predmetli moddiy dunyo amal qiladigan faoliyat tushuniladi. Biroq moddiy amaliyot ham amaliyot turlaridan biri, xolos. Download 276 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling