3 – mavzu: Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja: Falsafada metod va qonun tushunchasi va uning mohiyati. Qonun va qonuniyat
Download 276 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa shundaki
Amaliyotning tarkibiy qismlari 1) maqsad; 2) maqsadga muvofiq faoliyat; 3) amaliyot vositalari; 4) amaliy harakat ob’ekti; 5) harakat natijasi kabilar.
Maqsad sub’ektga yoki odamlar guruhiga xos. Maqsad – erishish mo‘ljallangan kelajakning sub’ektiv obrazi. Pirovard maqsad muqarrar tarzda muayyan predmetlarga bog‘lanadi, deb o‘ylash yaramaydi. Insonning chegara bilmas intilishi bilan tavsiflanadigan ideal ham maqsad bo‘lishi mumkin. Maqsad haqidagi falsafiy ta’limot teleologiya deb ataladi. Amaliyot o‘z maqsadlarini ko‘zlovchi odamning faoliyatidir. Shu sababli u maqsadga muvofiq faoliyat hisoblanadi. Xulosa shundaki, falsafada amaliyot deganda inson ehtiyojlarini qondirish maqsadida o‘zini qurshagan dunyoni yoki uning ayrim qismlarini o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat tushuniladi. Amaliyotning asosiy shakli mehnat bo‘lib, uni amalga oshirish jarayonida inson tabiat bilan to‘qnashadi. Shuningdek, boshqaruv amaliyoti, siyosiy, ijtimoiy amaliyot va amaliyotning boshqa shakllari farqlanadi. Xo‘sh, amaliyotning bilish bilan aloqasi qanday? Birinchidan, amaliyot bilishning sarchashmasi, negizi, uni harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Amaliyotning muayyan ehtiyojlari insoniyatning bilishga bo‘lgan ehtiyojlari va vazifalari, umuman faoliyat turi sifatidagi bilishning o‘zi yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Masalan, Qadimgi Misrda ziroatchilik geometriya va matematika paydo bo‘lishini rag‘batlantirgan, kemachilik va savdo ishi esa astronomiya va boshqa fanlarning rivojlanishiga turtki bergan. Amaliyot jamiyat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yangi muammolar (masalan, koinotni o‘zlashtirish, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va b.)ga duch kelib, bilishning yangi tarmoqlari rivojlanishini rag‘batlantiradi. Masalan, XX asrda kosmik tibbiyot, kristallografiya, genetika va boshqa fanlar vujudga keldi. Borliqni falsafiy tushunish olamni tashkil etgan narsa va hodisalarning, uning turli soha va tomonlarining o‘zaro aloqadorligi, o‘zgarish va rivojlanish jarayonlarini bilishni ham taqozo etadi. Har qanday fan singari, falsafa fanining ham kuch-qudrati manbai, uning amaliyotdagi o‘rni va istiqboli – uning nazariy boyligidadir. Voqelikning yalpi umumiy aloqadorligi va rivojlanish qonunlarini, ularning inson ongida aks etish yo‘llarini o‘rganishga qaratilgan falsafa fani – yaxlit ilmiy bilimlar tizimini tashkil etib, muayyan fundamental qoidalarning (tamoyillarning) yig‘indisiga asoslanadi. Bu qoidalar falsafa fanining nazariy asosini tashkil etuvchi dialektika nazariyasi va dialektik tafakkur metodida o‘z ifodasini topadi. Harakat, rivojlanish, umumiy aloqadorlik to‘g‘risidagi falsafiy qarashlar ham falsafa fani bilan birga paydo bo‘lgan. Bu muammolar tahlili falsafada “dialektika” tushunchasi orqali ifodalanadi va bu tushuncha falsafa tarixida turli mazmunda qo‘llanilib kelingan. Dialektika nima, uning mazmuni nimadan iborat, rivojlanishning dialektikaga muqobil qanday konsepsiyalari mavjud? Download 276 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling