3 – mavzu: Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja: Falsafada metod va qonun tushunchasi va uning mohiyati. Qonun va qonuniyat


Download 276 Kb.
bet28/37
Sana02.05.2023
Hajmi276 Kb.
#1423182
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37
Me’yor - predmet borlig‘ining chegarasi. U miqdor va sifatning shunday bir birligiki, bunda muayyan sifat faqat muayyan miqdor bilan bog‘liq. Me’yor – bu miqdor ko‘rsatkichlari yoki o‘zgarishlarining tegishli sifat mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan muayyan oralig‘i hamdir. Me’yor – bu shunday bir chegaraki, unda miqdor o‘zgarishlari narsaning sifatiga putur yetkazmaydi. Gegel fikricha, «Hamma narsa o‘z me’yoriga ega, ya’ni miqdor jihatidan aniqdir»5. Masalan, vodorod peroksidi va suv bir-biridan molekulalardagi kislorod atomlarining miqdoriga ko‘ra farq qiladi. Huquqiy, axloqiy va estetik hodisalar tavsifida me’yor tushunchasi normativlik xususiyatini kasb etadi. «Aynan «ko‘proq» va «kamroq» orqali yengiltaklik me’yori buziladi va butunlay boshqa narsa – jinoyat namoyon bo‘ladi, aynan «ko‘proq» va «kamroq» orqali adolat haqsizlikka, fazilat nuqsonga o‘tadi»6. Masalan, huquqda qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi va jazo chorasi o‘rtasidagi muvofiqlikka rioya etiladi. Me’yor tushunchasida miqdor va sifat xossalarining o‘zaro aloqasi aks etadi. Tabiatda kuzatiladigan narsalarning bir holatdan boshqa holatga o‘tishi dunyo evolyusiyasining muhim va keng tarqalgan mexanizmlaridan birini aks ettiradi. Me’yor tushunchasi evolyusiya tendensiyalarini aniqlash, turli tizimlarning o‘tmishi va kelajagi xususida gipotezalar tuzish imkonini beradi. Miqdor sifat jihatidan bir jinsli hodisalarning muayyan ob’ektiv ko‘rsatkichi bo‘lib, u mazkur hodisalarning kattaligini, mavjudlik muddatini va umuman hodisa yoki uning ayrim tomonlari rivojlanishining faollik darajasini tavsiflaydi.
Sakrash-bu bir sifatning boshqa sifatga aylanish vaqti, shakli, usuli, miqdor o‘zgarishlarining uzluksizligi, bosqichma-bosqichligidagi uzilishdir. Masalan, sakrash-bu yerda hayotning paydo bo‘lishi, hayvonlar dunyosidan insonning ajralib chiqishi, bir ijtimoiy tuzum o‘rniga boshqa ijtimoiy tuzum kelishi, buyuk ilmiy va texnikaviy kashfiyotlardir. Har qanday sakrash rivojlanishda o‘tish davrini tavsiflaydi. O‘z tabiatiga ko‘ra u doim ziddiyatlidir, chunki yangining tug‘ilishidan ham, eskining qarshiligidan ham dalolat beradi.
Sakrashlarning shakllari rang-barang bo‘lib, rivojlanayotgan hodisaning tabiati, shuningdek unda sifat o‘zgarishlari yuz berayotgan konkret sharoit bilan belgilanadi. Sakrashlar:
1) o‘zgarishning davomliligiga ko‘ra (jadal, sust);
2) o‘zgarish shakliga ko‘ra (bir karra, ko‘p karra);
3) o‘zgarishning chuqurlik darajasiga ko‘ra (qisman, to‘liq);
4) o‘zgarishning yo‘nalishiga ko‘ra (progressiv, regressiv, yo‘nalishsiz) farq qiladi.
Sakrashlarni tahlil qilish chog‘ida «evolyusiya», «inqilob», «islohot» kabi atamalar ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. «Evolyusiya» tushunchasi keng va tor ma’nolarda qo‘llaniladi. Keng ma’nodagi «evolyusiya» asta-sekin rivojlanish jarayoni bo‘lib, u miqdor o‘zgarishlarinigina emas, balki sifat o‘zgarishlari, shu jumladan inqiloblarni ham o‘z ichiga oladi. Tor ma’noda «evolyusiya» deganda inqilobdan, uning tayyorlanishidan oldingi davr tushuniladi. «Inqilob» tushunchasi ijtimoiy hodisalarni tavsiflash uchun ishlatiladi va jamiyatni asta-sekin emas, balki tubdan o‘zgarish yasaydigan sakrashdir. Islohot jamiyat hayotining biron-bir muhim tomonini o‘zgartirish bo‘lib, bunda uning iqtisodiy va davlat tartibi asoslari saqlanib qoladi.
Shunday qilib, miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni, rivojlanishning umumiy qonuni sifatidagi mazmuni haqida yaxlit tasavvur hosil qilish imkonini beradigan «sifat», «miqdor», «me’yor», «sakrash» kategoriyalari yordamida muayyanlashtiriladi. Mazkur qonun butun borliqning rivojlanishi, harakati va o‘zgarishi qanday, qay tarzda yuz beradi, degan savolga javob berib, ob’ektiv voqelikning har qanday sohasida yangi sifatga o‘tishning ichki mexanizmini yoritadi. Ko‘rib chiqilgan qonunlar rivojlanish manbai va uning mexanizmini yoritib bersa, inkorni-inkor qonuni – rivojlanishning umumiy tendensiyasini, uning yo‘nalishini aks ettiradi.

Download 276 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling