3 – Mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari
Download 372.33 Kb.
|
3-mavzu G\'arb falsafasi
Apologetlar xristianlik tarixida 1 va III asrlarda vujudga keldi. Apologetika so‘zining lug‘aviy ma'nosi «himoya qilish», — demakdir. Apologetlar hukumatning xristianlikka bo‘lgan dushmanligini bartaraf qilishga, Rim davlatining xristianlikni ta'qib qilishi hech qanday oqlashga loyiq emasligini isbotlashga harakat qilganlar, o‘z asarlarida mushriklik (ko‘p xudolik) adabiyotlaridan olingan bahslashish (dialog) shaklidan, yoki apologetikaning mumtoz shaklidan foydalanganlar.
Apologetika ortidan «cherkov otalari»ning falsafiy ta'limoti – patristika paydo bo‘lgan. «Patristika»- so‘zi «ota» («padre») so‘zidan kelib chiqqan. Bu nom bilan odatda Farbda episkoplarni ularga hurmat sifatida ataganlar. Sharqda mashhur bo‘lgan cherkov otalaridan biri Ioan Zlatoust (347-407) edi. Uning 640 ta da'vatlaridan ko‘pchiligi avliyo Pavel nomalarining sharhi edi. Uning asarlarida injilni amaliy qo‘llash sof ahloqiy masalalar bilan qorishib ketgan. Sxolastika (yunon. sxole – maktab) – maktab ta'limida hukmronlik qilgan va ilohiyotga to‘la bog‘liq bo‘lgan o‘rta asrlar xristian falsafasi. XI asrda sxolastik falsafa doirasida nominalizm va realizm o‘rtasida kurash avj olgan. Dastavval: «Xudo bir, lekin siymolarda uchta: Xudo-ota, Xudo-o‘g‘il va Xudo-muqaddas ruh, degan fikrni qanday tushunish kerak?», degan sof sxolastik savol o‘rtaga tashlangan. Ammo bu savol atrofida avj olgan bahs-munozara uning chegarasidan chetga chiqqan va tom ma'noda falsafiy xususiyat kasb etgan: amalda yakkalik va umumiylik dialektikasining muhokamasiga aylangan.
Download 372.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling