3 – Mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari
Download 372.33 Kb.
|
3-mavzu G\'arb falsafasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi guruhga
Epikur (Er.av-gi 341-270 yillar) — Demokrit ilgari surgan atomchilik ta'limotini yanada takomillashtirib, uni yuqori pog‘onaga ko‘targan boyitgan faylasuf. Epikur ta'limoticha, olam — moddiy, abadiy va cheksiz. Atomlar — bo‘linmas, olam — jism va bo‘shliqdan iborat, deb yozgan edi u. Barcha jismlarni ikki guruhga bo‘lgan. Birinchi guruhga jismlarni tashkil etuvchi atomlarni, ikkinchi guruhga atomlarning birlashishidan tashkil topgan jismlarni kiritgan. U ichki harakat qonuniyatini kashf etib, Demokrit ilgari surgan atomchilik ta'limotiga ulkan hissa qo‘shgan.
Evropada Qadimgi Yunon va Rimdan so‘ng o‘rta asrchilik falsafasi, ya'ni miloddan ilgarigi 1 asrdan milodning X1V asrigacha, bir yarim ming yil davomida bir qancha oqimlar paydo bo‘ldi va amal qildi. Bu davr falsafasida ikki xil jarayonni ko‘rish mumkin: 1. Xristianlikning shakllanib davlat dini va mafkurasiga aylanishi; 2. O‘rta asrlarga kelib inkvizitsiyaning ustivor yo‘nalishga aylanishi. Gnostika, apologetika, patristika, realizm, nominalizm va boshqa oqimlar o‘sha davr falsafasining qiyofasini belgilaydi Gnostiklar. Bu davr falsafasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan gnostitsizm eramizning 150 yillarida o‘zining yuksak ravnaqiga erishadi. Ular shunday falsafiy ta'limot yaratdilarki, ularning fikricha Xudo ruh sifatida yovuzlikda mutlaqo sof, inson esa o‘z tabiatinnig ruhiy jihati bilan xudoga moslashgan. Bu masalada gnostitsizm faylasuflari xristianlikni yunon falsafasi bilan birlashtirishga harakat qildilar. Agar bu urinishda gnostitsizm g‘alaba qilsa, xristianlik qadimgi dunyoning navbatdagi falsafiy dini bo‘lib qolar edi va shunday bo‘ldi ham. 354 yilda Pompey sobori xristianlikni Rim imperiyasining asosiy dini deb e'lon qildi. Dualizm — gnostitsizmning asosiy yo‘nalishi, bu oqim tarafdorlari moddiy va ruhiy dunyo o‘rtasida mustahkam chegara mavjud deb ta'kidlaydilar. Ular ta'limotida materiya hamma vaqt yovuzlik timsolidir. Bundan ular xudo hech mahal moddiy dunyoni yaratishi mumkin emas, deb hisoblaydilar. Gnostiklar tomonidan e'lon qilingan darveshlik (asketizm) o‘rta asrlarda monaxchilikning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Download 372.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling