3 – Mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari


Yunonistonda dastlabki falsafiy ta'limotlar eramizdan avvalgi VII-VI asrlar o‘rtasida Milet shahrida yuzaga kelgan va rivojlangan. Milet maktabi vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksimenlardir


Download 372.33 Kb.
bet2/10
Sana03.11.2023
Hajmi372.33 Kb.
#1743770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-mavzu G\'arb falsafasi

Yunonistonda dastlabki falsafiy ta'limotlar eramizdan avvalgi VII-VI asrlar o‘rtasida Milet shahrida yuzaga kelgan va rivojlangan. Milet maktabi vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksimenlardir.

  • Yunonistonda dastlabki falsafiy ta'limotlar eramizdan avvalgi VII-VI asrlar o‘rtasida Milet shahrida yuzaga kelgan va rivojlangan. Milet maktabi vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksimenlardir.
  • Fales ta'limotiga ko‘ra, tabiatdagi turli-tuman jism va hodisalar dastlabki ibtido — suvdan paydo bo‘lgan va yana suvga aylanadi va bu moddiy birlik doimo o‘zgarishda bo‘ladi.
  • Anaksimandr dunyo — cheksiz, gazsimon apeyrondan iborat, issiqlik va sovuqlik, quruqlik va namlik apeyrondan ajralib chiqib, moddaning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishini ta'minlaydi, deb hisoblagan.
  • Anaksimen (Er.av-gi 588-525 yillar) havo — olamning asosi, deb bilgan. Havoning quyuqlashishidan suv, er, tosh kabi moddalar tashkil topgan, siyraklashishidan esa olov paydo bo‘lgan.
  • Efeslik Geraklit (er. av-gi 520-460 yillar) stixiyali dialektikaga asos solgan, olov — olamning asosi, deb bilgan. uning fikricha, olamda hamma narsa harakatda. «Oqar suvga bir soniyada ikki marta tushish mumkin emas, chunki suv har daqiqada yangilanib turadi». Olamda turg‘unlik yo‘q. Harakat butun tabiatga, barcha jism va hodisalarga xosdir. Harakat qarama-qarshilik asosida sodir bo‘ladi. «Kurash hamma narsaning otasi, hamma narsaning podshosidir», degan ekan Geraklit.
  • Pifagor (Er.av-gi 580-500 yillar)
  • Uningcha, dunyoni bilish jarayoni, avvalo, raqamlarni bilishdan boshlanishi kerak. Pifagorchilarning ta'limotiga ko‘ra, olamning asosida modda ham, tabiat ham emas, balki ideallashgan raqamlar yotadi; narsa va hodisalar aynan ana shu raqamlar mahsulidir.
  • Eley falsafiy maktabi namoyandasi Ksenofan (Er.av-gi YI—V asr) «Tabiat haqida» asarining muallifidir. Uning falsafiy ta'limotiga ko‘ra, tabiat - o‘zgarmas va harakatsizdir, «Hamma narsa erdan unib chiqadi va pirovardida yana erga qaytadi». Biz hammamiz erdan tug‘ilganmiz va erga aylanamiz». U qadimgi yunon faylasuflaridan birinchi bo‘lib, bilishning imkoniyati va chegarasi haqida fikr yuritgan.

Download 372.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling