3- mavzu. Globallashuv hamda iqtisodiy integrastiyallashuvning kuchayib borishida investistiya jarayonlari
Download 77.1 Kb.
|
3-МАВЗУ ХИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-variant 2-variant
- 3.3.2-jadval Vakolatli ekspertiza organlari
- 3.3.3-jadval Investistiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslash (TIA)ning namunaviy tarkibi
- Mazmuni 1
- 3.4. Xorijiy investistiyalarni eksporti va importi.
3.3.1-chizma
Loyihaoldi va Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish SXEMASI
Investistiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishi quyidagi vakolatli ekspertiza organlarida belgilangan tartibda ekspertizadan o’tadi: 3.3.2-jadval Vakolatli ekspertiza organlari
3.3.3-jadval Investistiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslash (TIA)ning namunaviy tarkibi
3.4. Xorijiy investistiyalarni eksporti va importi. Tobora kengayib borayotgan kapitallar bozorining baynalmilallashuv jarayoni bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar o’rtasidagi kapital oqimi hajmining ortib borishi bilan ajralib turadi. Xalqaro kapitallar oqimi - bu ishlab chiqarish omillaridan birining harakatidir. Bunda alohida tovar va xizmatlar boshqa mamlakatlardagi ishlab chiqarishning iqtisodiy afzalligi tufayli o’sha tomonga oqib o’tadi. Bu haqda bevosita va portfel investistiyalar hajmining umumiy o’sishi, qisqa va uzoq muddatli kreditlar hajmining ortishi, evrovalyuta bozorlaridagi operastiyalar miqyosining oshib borishi va boshqalar darak beradi. Xalqaro kapitallar migrastiyasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarda etakchi o’rinlardan birini egallar ekan, u o’z navbatida jahon xo’jaligi rivojiga sezilarli ta’sir o’tkazadi. Bu ta’sir, avvalombor, kapitallar migrastiyasining jahon iqtisodiyotini o’sish sur’atlarida o’z aksini topadi. Kapital ishlab chiqarishning kulay investistiya muhiti mavjud sohalarni izlab, chegaralarni kesib o’tadi. Xalqaro investistiyalar ko’pchilik mamlakatlar uchun ishlab chiqarishdagi kapital etishmasligi muammosini hal etish, investistiya salohiyatini oshirish va iqtisodiy o’sish sur’atlarini tezlatish imkonini beradi. Kapitalning chetga chiqishi xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatlararo kapitallar harakati ular o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar va hamkorlikni mustahkamlaydi, ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperastiyalashuvini chuqurlashtiradi. Xalqaro kapitallar migrastiyasi jahon savdosi rivojini rag’batlantirar ekan, u mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro tovar ayirboshlash hajmini oshiradi, jumladan, xalqaro korporastiyalar filiallari o’rtasidagi oraliq mahsulotlar ayirboshlanishini tezlashtiradi. Moliyaviy bozorlarning o’zaro integrastiyalashuv va baynalminallashuv sharoitida kapitalning xalqaro takroriy ishlab chiqarilishi ta’minlanadi hamda xalqaro iqtisodiy aloqalar mexanizmining samaradorligi oshadi. Boshqa tomondan esa nazorat qilinmaydigan kapitallar oqimi mamlakat to’lov balansi muvozanatining buzilishiga va valyuta kursining sezilarli darajada tebranishiga olib keladi. Deyarli barcha mamlakatlar amalda investistiyalarning ham eksport, ham import qiladi (chunki, BXIlar asosan TMK orqali amalga oshiriladi) yoki investistiyalarni etkazib beruvchi (qaerda TMK bosh boshqaruv bo’limi joylashgan bo’lsa) hamda qabul qiluvchi (TMK o’z shaxobchalari, bo’limlariga ega bo’lsa, ular BXIlar asosida harakat qilishadi) sifatida ishtirok etishadi. Xalqaro kapitallar migrastiyasi bilan bog’liq oqibatlar mamlakatning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarini amalga oshirishga bevosita ta’sir o’tkazadi. Tabiiyki, ulardan kutiladigan salbiy va ijobiy oqibatlar rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar, shuningdek, o’tish davri iqtisodiyotiga ega mamlakatlar uchun turlichadir. Ammo har qanday sharoitda ham salbiy oqibatlarni chetlab o’tgan holda faqatgina ijobiy omillardan foydalanish mumkin emas. Xorijiy kapitalni jalb qilish bilan bog’liq o’ta murakkab va ziddiyatli jarayon bo’yicha olib borilayotgan davlat siyosatida bu borada ystuvor yunalishlarni belgilab olish lozim bo’ladi. Hozirgi kunda kapitallarni jalb qilish va chetga chiqarish borasidagi salbiy oqibatlarga qaramasdan kapitalni chetga olib chiqish tendenstiyasi tobora kuchaymoqda. Chetga kapital olib chiqishni faollashtiruvchi omillardan biri milliy iqtisodiyotlar o’rtasidagi o’sib borayotgan o’zaro bog’liqlik hisoblanadi. Ishlab chiqarishning baynalminallashuvi kapitallar xalqaro migrastiyasiga katta ta’sir o’tkazadi va uning harakatini tezlashtiradi. Kapital eksporti ayniqsa, bevosita investistiyalar shaklida chetga olib chiqilishi ishlab chiqarishning xalqaro tus olishiga va xalqaro mahsulot deb atalmish mahsulotlarning yaratilishida asosiy omil hisoblanadi. Xalqaro kapitallar migrastiyasi jahon xo’jaligining rivojlanishida rag’batlantiruvchi omil sifatida yuzaga chiqishi bilan birgalikda xorijiy kapitalni jalb qiluvchi va eksport qiluvchi mamlakatlar uchun turli oqibatlarga olib keluvchi ta’sir o’tkazadi. Kapitalni eksport kiluvchi mamlakatlar uchun kapitallar migrastiyasi quyidagicha salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin: -chetga chiqarilayotgan kapital o’rnini qoplovchi xorijiy investistiyalarni jalb qilmaslik chetga kapital chiqaruvchi mamlakatning iqtisodiy o’sish sur’atlarini sekinlashtirishi mumkin; -kapitalni eksport qiluvchi mamlakatlar uchun kapitalni chetga chiqarish ularda bandlik darajasining pasayishiga olib keladi; -chetga kapital chiqarish mamlakat to’lov balansiga salbiy ta’sir kiladi. Kapitalni kabul kiluvchi mamlakatlar uchun esa quyidagi ijobiy tomonlar xos: -boshqariladigan kapital importi mamlakat iqtisodiy o’sishiga yordam beradi; -jalb qilingan kapital qo’shimcha ish o’rinlarini yaratadi; -xorijiy kapital yangi texnologiyalarni olib keladi, samarali menejment esa mamlakatda ilmiy-texnika taraqqiyoti (ITT)ni tezlashtiradi; -kapitalning kirib kelishi restipient mamlakat to’lov balansining yaxshilanishiga olib keladi. O’z navbatida kapitalni jalb qilishning salbiy oqibatlari ham mavjud: -xorijiy kapital milliy kapitalning o’rnini egallab, uni foyda normasi yuqori tarmoqlardan siqib chiqaradi, natijada ma’lum sharoitlar ta’sirida mamlakat iqtisodiyotining bir tomonlama rivojlanishi va uning iqtisodiy holati xavf ostida qolishi mumkin; -kapital importi ko’pincha restipient mamlakat bozorlarida o’z xayotiy stiklini o’tab bo’lgan tovarlarni o’tkazish bilan bog’liq, shuningdek, ishlab chiqarishdan sifatsizligi aniqlanganligi bois olib tashlangan tovarlar bilan bog’liq buladi; -ssuda kapitali importi mamlakat tashqi qarzining ko’payishiga olib keladi; -moliyaviy inqirozlar natijasida va fond bozorlaridan kapitalning oqib ketishi mamlakat valyutasining barqarorligiga va umumiy moliyaviy-iqtisodiy holatga jiddiy zarar etkazadi. Misol uchun 1997 yilda Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida yuz bergan moliyaviy inqiroz va uning jahon iqtisodiyotiga ta’sirini keltirish mumkin. TMKlarning ko’plab filiallari orqali kapital qo’yish ishlab chiqarishning xalqaro kooperastiyalashuviga olib keladi. Turli mamlakatlarning mustaqil yuridik kompaniyalari bir xalqaro korporastiya doirasida tarmoqli, texnologik, detalli ixtisoslashuv orqali yaqin aloqada bo’lishadi. Kapital eksporti esa bu aloqalarni mustahkamlaydi. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy o’sishni ta’minlash, sanoatning etakchi tarmoqlarini rivojlantirish, bandlilikni oshirish uchun salmoqli hajmdagi xorijiy kapitalni jalb etish bilan bog’liq iqtisodiy siyosatlari ham kapitallar migrastiyasini ragbatlantiruvchi omillardan biri hisoblanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar esa investistiya muhitini erkinlashtirish orqali xorijiy kapitalni jalb etish va bu orqali iqtisodiy rivojlanishga turtki berishga harakat qilishadi. Kapitallarning xalqaro harakatini rag’batlantiruvchi omillardan yana biri xalqaro moliyaviy tashkilotlar faoliyati bo’lib, ular kapitallar oqimini tartibga solib turishadi. Mamlakatlar o’rtasida tuzilgan daromadlar va kapitallarni ikki karra soliqqa tortishning oldini olish maqsadidagi xalqaro kelishuvlar o’z navbatida mamlakatlar o’rtasidagi savdo, ilmiy-texnik hamda investistiyalarni jalb qilish borasidagi aloqalarni mustahkamlaydi. Amalda dunyodagi barcha mamlakatlar BXIlarni faol qo’llab-quvvatlashmoqda. Ularning erkin harakati uchun qulay muhit yaratishga intilmoqda, mavjud cheklanishlar bekor qilinmoqda, amaldagi bozor raqobati uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Hozirgi sharoitda O’zbekiston kapitalni import qiluvchi mamlakat sifatida jahon maydoniga chiqmokda. Bu borada bir qator milliy manfaatlar hisobga olinadi. Kirib kelayotgan xorijiy investistiyalar hozircha etishmayotgan milliy resurslarni to’ldirishi, zamonaviy texnologiyalar, uskunalar, «nou xau»ni olib kirishi, xorijiy mutaxassislar, ekspert va konsultantlarni jalb qilish tufayli maxsulot sifati va ishchi kuchi malakasini oshirishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, xorijiy investistiyalar ishlab chiqarishni rag’batlantiradi, qo’shimcha ish joylari yaratadi, ishlab chiqarish va ilmiy-texnikaviy kooperastiya tufayli mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiyotiga integrastiyalashuviga yordam beradi. Qisqacha xulosalar Globallashuv jarayoniga qo’shilish - bu dunyoning etakchi davlatlari bilan hamkorlikda bo’lish, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohadagi davlat siyosatining o’zaro manfaatli asosda bu davlatlar siyosatiga mos kelishidir. Globallashuv jarayoniga iqtisodiyotni erkinlashtirish, ilmiy-texnik taraqqiyotning tezlashishi, raqobatning kuchayishi va boshqa bir qator omillar ham xosdir. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, mamlakat iqtisodiyotida xorijiy investistiyalarning tutgan o’rni, salmog’i mazkur davlatdagi investistion muhitning qanchalik qulayligini belgilaydi. Bu muhit ko’p jixatdan xorijiy investistiyalarga nisbatan davlat olib borayotgan siyosatini va tashqi iqtisodiy faoliyatining davlat tomonidan tartibga solishning xususiyatlari bilan baholanadi. Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi O’zbekiston Respublikasi hududida, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yuridik shaxslar tomonidan xorijiy investorlarni jalb etgan holda jahon bozorida chiqindilar chiqarishning sertifikatlangan qisqartirishlarini sotib olishni nazarda tutuvchi investistiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish uchun asos yaratadi. Kioto Protokoli - Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim o’zgarishi to’g’risidagi Hadli Konvenstiyasiga 1997 yil 11 dekabrda qabul qilingan, O’zbekiston Respublikasi tomonidan 1999 yil 20 avgustda ratifikastiya qilingan va 2005 yil 16 fevraldan boshlab kuchga kirgan, parnik gazlarini atmosferaga chiqarishni qisqartirish mexanizmlarini belgilovchi hujjat hisoblanadi. Investistiya loyihasi (loyiha) - iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa manfaat ko’rish maqsadida investistiyalar kiritgan holda oldindan belgilangan muddat mobaynida amalga oshiriladigan o’zaro bog’liq tadbirlar va ishlar kompleksidir. Xalqaro kapitallar migrastiyasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarda etakchi o’rinlardan birini egallar ekan, u o’z navbatida jahon xo’jaligi rivojiga sezilarli ta’sir o’tkazadi. Bu ta’sir, avvalombor, kapitallar migrastiyasining jahon iqtisodiyotini o’sish sur’atlarida o’z aksini topadi. Kapital ishlab chiqarishning kulay investistiya muhiti mavjud sohalarni izlab, chegaralarni kesib o’tadi. Xalqaro investistiyalar ko’pchilik mamlakatlar uchun ishlab chiqarishdagi kapital etishmasligi muammosini hal etish, investistiya salohiyatini oshirish va iqtisodiy o’sish sur’atlarini tezlatish imkonini beradi. Nazorat uchun savollar 1.Globallashuv jarayoniga qo’shilish nimani anglatadi ? 2.Globallashuv jarayoniga xos bo’lgan qanday belgilar mavjud ? 3.Kioto Protokoli qanday hujjat hisoblanadi ? 4.Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi va investistiya loyihalarini tayyorlashning o’rtasida qanday bog’liqlik mavjud ? 5.Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim o’zgarishi to’g’risidagi Hadli Konvenstiyasining asosiy maqsadi nima ? 6.Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investistiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish nimalarni o’z ichiga oladi ? 8. Musaffo rivojlanish mexanizmi bo’yicha investistiya loyihalariga nisbatan qo’llanadigan Barqaror rivojlanish milliy mezonlarini tushuntirib bering. 9.O’zbekiston Respublikasida investistiya loyihasini amalga oshirish shartlariga bog’liq holda investistiya loyihasi hujjatlari qanday izchillikda ishlab chiqiladi ? 10.Xalqaro kapitallar migrastiyasi va oqimi haqida tushuncha bering. Download 77.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling