Test topshiriqlari
1. Ikkita o‘yin kubigi tashlanadi. Kubiklarning yoqlarida tushgan
ochkolar yig‘indisi 6 ga ko‘paytmasi 5 ga teng bo‘lishi ehtimolligini toping.
A) 1/36
B) 2/5
C) 5/6
D) 1/18
2. Ikkita o‘yin kubigi tashlanadi. Kubiklarning yoqlarida tushgan
ochkolar yig‘indisi 8 ga ko‘paytmasi 12 ga teng bo‘lishi ehtimolligini toping.
A) 2/36
B) 1/16
C) 1/36
D) 6/5
3. Quyidagi хodisaning ehtimolligi qaysi ta’rifga to‘g‘ri keladi?
, A – hodisaning ro‘y berishiga qulaylik ko‘rsatuvchi elementar
natijalar soni; Ω – tajribaning mumkin bo‘lgan elementar natijalarining jami soni.
A) Klassik ta’rifga
B) Statistik ta’rifga
C) Nisbiy chastota ta’rifiga
D) Geometrik ta’rifga.
Takrorlash va nazorat uchun savollar:
Qanday hodisalar birgalikda bo’lmagan, qaysilari esa birga-likda bo’lgan hodisalar deb ataladi?
«A hodisa o’zidan keyin V hodisani keltirib chiqaradi (er-gashtiradi)» degan ibora nimani bildiradi va u qanday belgi-lanadi?
Hodisalarning yig’indisi deb nimaga aytiladi va u qanday belgilanadi?
Hodisalarning ko’paytmasi deb nimaga aytiladi va u qanday belgilanadi?
Qarama-qarshi hodisa nima va u qanday belgilanadi?
Hodisalarning ayirmasi deb nimaga aytiladi va u qanday belgilanadi?
Qanday hodisalar bog’liqmas, qaysilari esa bog’liq hodisalar deb ataladi?
SHartli ehtimollik nima va uning formulasi qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |