3- mavzu: Innovatsion jarayonlarning muvaffaqiyatiga ta’sir etuvchi omillar. Reja
Download 41.41 Kb.
|
3-mavzu innovasiya
3.2. Guruhning innovatsion salohiyati
Innovatsion faoliyatning samaradorligini oshirish bo’yicha eng muhim vazifalardan biri samarali produktiv ish uchun kerakli va etarli psixologik sifatlarga ega yuqori malakali mutaxassislardan tashkil topgan ijodiy guruh yoki jamoa tashkil etish vazifasidir. Eng yaxshi innovatsion jamoalarni ijodkorlik va qiziquvchanlik harakatga keltiradi. Ular atroflaridagi olam o’zgarib turishini tushunadilar, lekin o’zgarishlarga dushmanlari emas, ittifoqchilariga qaragandek qaraydilar. Ular o’z ishchi muhiti bilan birga doimo o’zgarish va rivojlanishga tayyorlar. Muvaffaqiyatli loyiha jamoasining tavsifi quyidagilar: - o’zini loyihaga bag’ishlash; - natijaga diqqatini qaratish; - ijodiy fikrlash; - o’zgarishlarga tayyorlik; - sifat haqida qayg’urish; - tendensiyalarni oldindan aytib berish qobiliyati; - xabardor bo’lish, qiziqish va quvvat; - to’qnashuvlarni tezkor hal etish qobiliyati; - muloqotga kirisha olish, qayta javob; - o’zaro javobgarlik, ishonch; - rivojlanishga qiziqish; - samarali tashkiliy aloqalar. Samarali innovatsion jamoa o’zining vaqt bilan cheklangan vazifasini tushunishi va uning bajarilishi uchun butunlay javobgar bo’lishi lozim. Jamoa aniq jamoaviylik mezonlarini ishlab chiqishi lozim. Bu o’xshashlik asosan loyiha maqsadi bilan belgilanadi. Jamoaviylik tashqaridan yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Loyihaning yakuniy natijasiga diqqatni qaratish jamoani tashkilotning keng ko’lamli strategiyasidan xavfli darajada ajralmagan holda uning mustahkamligini saqlab qolishga yordam beradi. Nihoyat, muvaffaqiyatli innovatsion jamoa uchun turli malakalarga ega bo’lishi xosdir. Jamoaning turli-tumanligi uning kuchidir. U vazifalarni bajarishdagi kishilarning malakasi mujassamligiga ko’ra kuchayib boradi. Jamoa ijodiy, konstruktiv va birgalikda fikrlay olishi lozim. U g’oya va ma’lumotlar bilan almashishga tayyor bo’lishi, muammolarni hal etish uchun birga harakat qilishi va sharoitning o’zgarishiga moslashishi lozim. Jamoa samarali muloqot yurita olishi lozim. Innovatsion guruhning faoliyatida korporativ tushunishning “paradoksalizmi” muhim rol o’ynaydi. Uning eng yorqin ko’rinishlaridan biri hattoki faoliyatning natijalariga qaramay, guruh o’zaro faoliyatiga zaruratga jamoaviy tarzda ishonishidir. Odatda, innovatsion jamoaning eng kam soni taxminan 8-12 kishini tashkil etadi. Ko’proq sonli guruhlarda aksariyat hollarda guruhdagi kelishmovchiliklarga sabab bo’luvchi samarasiz ijtimoiy psixologik bosim yuzaga keladi. Innovatsion jamoa tomonidan bajarilgan vazifalarning ko’p rejaliligi unda xodim sheriklarning kamida uchta kategoriyasi bo’lishini ko’zda tutadi. Birinchi guruhga ijodiy tashabbusni ko’rsata oladigan, o’ziga xos g’oyalarni ilgari sura oladigan g’oya ishlab chiquvchilar kiradi. Ikkinchi guruh innovatsiyani jarayon sifatida boshqara oladigan innovator-menejerlardan tashkil topadi. Aynan ular noaniqlik sharoitlarida qaror qabul qilishi, moliyaviy va ishbilarmonlikda tavakkal qilishi, tashkiliy va psixologik qiyinchiliklarni enga olishi lozim. Innovatsion jamodagi, uchinchi, eng ko’p sonli guruh qo’llab-quvvatlash tizimini ta’minlovchi malakali ishchilardan («periferiya») tashkil topadi. Aynan shu guruh axborot ta’minoti, tashqi muhit tahlili bilan shug’ullanadi, innovatsiyalarning amaliyotda qo’llanishini ta’minlaydi. Innovatsion jamoadagi har bir a’zoning individual psixologik xususiyatlari (barcha uch guruhda, lekin turli aksent bilan) samarali innovatsion faoliyat uchun zarur sifatlar majmuiga mos bo’lishi lozim. Xususan, bu intellekt, liderlik, tashabbuskorlik, muloqotga kirisha olish, javobgarlik (mas’uliyatni his etish), qat’iylik kabi sifatlardir. Rahbar innovatsion jamoaning samarali faoliyatiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. U o’z rahbarlik qobiliyati bilan jamoaning jipsligini mustahkamlashi, unga doimo loyihaning maqsadlari va ularni bajarish muhimligi haqida eslatib turishi, uning ruhini ko’tarish va eng yuqori natijaga yo’naltirishi lozim. Shu bilan birga avtoritar yoki buyruq-ma’muriy uslubdagi rahbarlikka yo’l qo’yilmaydi. Chunki innovatsion guruh a’zosining maqomi lavozim ierarxiyasida yuqori pog’ona, ma’lumot darajasi bilan emas, balki ilgari surilayotgan g’oyalarning qimmati, uning ijodkorlik darajasi va fikrlashdagi o’zgaruvchanlik bilan belgilanadi. Download 41.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling