Fuqarolik jamiyati tushunchasi – insonning yalpi huquqlari kafolatlanadigan, mafkuraviy plyuralizm ta’minlanadigan jamiyat tuzilishi. Bunda har bir fuqaro, jumladan, O‘zbekiston fuqarosi o‘z ixtiyori bilan fuqarolikdan chiqishi mumkin. Fuqarolikdan chiqmoqchi bo‘lganlar oldiga ma’lum shartlar qo‘yiladi, ya’ni ular davlat, jamoa, fuqarolar oldida hech qandan majburiyati qarzdor yoki davlat va harbiy sirlardan voqif bo‘lmasligi kerak. Agar fuqarolikdan chiqishni iltimois qiluvchi shaxs ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa yoki unga nisbatan qonuniy kuchga kirgan va ijro etilishi zarur bo‘lgan sud hukmi bo‘lsa, u fuqarolikdan vaqtincha chiqarilmaydi. Quyidagi hollarda O‘zbekistonfuqarosi fuqaroligini yo‘qotadi4:
1) Chet davlatda harbiy xizmatga, havfsizlik idoralari xizmatiga, politsiyaga, adliya idoralariga yoki davlat hokimiyati idoralariga ishga kirsa.
2) Chet elda yashovchi O‘zbekiston fuqarosi 5 yil davomida uzrli sababsiz konsullik hisobida turmasa.
3) Fuqarolikni soxta hujjatlar taqdim etib olgan bo‘lsa.
Fuqarolikdan chiqarish O‘zbekiston Prezidenti vakolatiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |