3- mavzu: Umumdavlat nazorat organlarining moliyaviy


Download 100.49 Kb.
bet4/9
Sana07.11.2023
Hajmi100.49 Kb.
#1753285
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Umumdavlat nazorat organlarining moliyaviy nazoratni tashkil etishdagi roli

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016 y., 15-son, 141 modda 13
Shu yerda 3 modda
13 O‘zbekiston Respublikasining “Parlament nazorati” to‘g‘risida O‘RQ-403-sonli Qonuni, 4 modda.
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016 y., 15-son, 141 modda

eshitish;

  • parlament so‘rovi;

  • Qonunchilik palatasi deputatining, Senat a’zosining so‘rovi;

  • Qonunchilik palatasi, Senat qo‘mitalari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish;

  • qonun hujjatlarining ijrosi holatini, huquqni qo‘llash amaliyotini Qonunchilik palatasining, Senatning qo‘mitalari tomonidan o‘rganish va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan ular tomonidan monitoringni amalga oshirish;

  • parlament tekshiruvi.

Parlament nazorati qonunga muvofiq boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Shu o‘rinda bevosita moliyaviy nazorat bilan bog‘liq Parlament nazorati shakllariga alohida to‘htalib o‘tamiz.
Davlat budjeti loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 15 oktyabridan kechiktirmay Hisob palatasining xulosasi bilan birga Oliy Majlis palatalariga kiritiladi. Davlat budjeti loyihasi fraksiyalarda, deputatlar guruhlarida, Qonunchilik palatasining qo‘mitalarida dastlabki tarzda muhokama qilinadi, ular Davlat budjeti loyihasi bo‘yicha fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi.Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi fraksiyalardan, deputatlar guruhlaridan, Qonunchilik palatasi qo‘mitalaridan kelib tushgan fikrlar va takliflarni umumlashtiradi hamda Davlat budjeti loyihasini Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqish masalasi bo‘yicha xulosa tayyorlaydi. Qonunchilik palatasi Davlat budjeti loyihasini, qoida tariqasida, uch o‘qishda ko‘rib chiqadi. Davlat budjeti loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqilayotganda u fraksiyalarning, deputatlar guruhlarining, Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining kelib tushgan mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda maromiga yetkazish uchun Vazirlar Mahkamasiga yuborilishi mumkin. Vazirlar Mahkamasi Davlat budjeti loyihasini maromiga yetkazadi va uni Qonunchilik palatasi qayta ko‘rib chiqishi uchun kiritadi. Davlat budjetining loyihasi bo‘yicha qaror Qonunchilik palatasi tomonidan joriy yilning 15 noyabridan kechiktirmay qabul qilinishi kerak. Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan Davlat budjeti ko‘rib chiqish uchun Senatga yuboriladi. Senatga kelib tushgan Davlat budjeti Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqiladi. Davlat budjeti yuzasidan qaror Senat tomonidan joriy yilning 15 dekabridan kechiktirmay qabul qilinishi kerak.
Davlat budjetining ijrosi ustidan Qonunchilik palatasi nazoratni amalga oshiradi, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan Davlat budjeti ijrosining borishi to‘g‘risidagi axborotni va zarur materiallar asosida moliya yilining har choragidagi budjet ijrosining borishini ko‘rib chiqadi. Qonunchilik palatasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan hisobot yilidan keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmay Hisob palatasining xulosasi bilan birga taqdim etilgan Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni fraksiyalar, deputatlar guruhlari va Qonunchilik palatasining qo‘mitalarida dastlabki tarzda muhokama qilish asosida ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi.
Vazirlar Mahkamasining o‘tgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va navbatdagi yil uchun nazarda tutilgan asosiy ustuvorliklar to‘g‘risidagi har yilgi ma’ruzasi Bosh vazir tomonidan Oliy Majlis palatalariga taqdim etiladi. Fraksiyalar, deputatlar guruhlari, Oliy Majlis palatalarining qo‘mitalari Vazirlar Mahkamasining har yilgi ma’ruzasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqadi hamda fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi, fikrlar va takliflar Qonunchilik palatasining, Senatning majlisida majburiy ravishda hamda har tomonlama muhokama qilinadi. Qonunchilik palatasi va Senatning Vazirlar Mahkamasining har yilgi ma’ruzasini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qarori Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Qonunchilik palatasi, Senat zarur bo‘lgan hollarda o‘z majlislarida Bosh vazirning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini parlament so‘rovi tartibida eshitishi mumkin. Ushbu hisobotni eshitish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasib Senat qaror qabul qiladi (unda hukumatning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalariga doir faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar bo‘lishi mumkin) va Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Qonunchilik palatasi (fraksiyalar, deputatlar guruhlarining tashabbusiga ko‘ra) va Senat (qo‘mitalarning tashabbusiga ko‘ra) zarur bo‘lgan hollarda o‘z majlislarida hukumat a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitishi mumkin. Hukumat a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish to‘g‘risida Qonunchilik palatasi, Senat qaror qabul qiladi, qaror Vazirlar Mahkamasiga oldindan yuboriladi. Jumadan, Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotini Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasida dastlabki tarzda ko‘rib chiqqan holda yiliga ikki marta eshitadi. Oliy Majlis Senati O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi axborotini Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida dastlabki tarzda ko‘rib chiqqan holda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘z faoliyati haqidagi axborotini Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy
aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasida dastlabki tarzda ko‘rib chiqqan holda yiliga ikki marta eshitadi.
Hukumat a’zolarining axborotini eshitish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasi, Senat qaror qabul qiladi (unda hukumat a’zolarining faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar bo‘lishi, shuningdek ularning ishiga baho berilishi mumkin) va Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Qonunchilik palatasi har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmay o‘z majlisida Hisob palatasining hisobotini eshitadi. Ushbu hisobot dastlabki tarzda fraksiyalar, deputatlar guruhlari, shuningdek Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Hisob palatasining hisobotini eshitish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida Hisob palatasiga va Senatga yuboriladi. Shundan Hisob palatasining hisoboti dastlabki tarzda Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Hisob palatasining hisobotini eshitish yakunlari bo‘yicha Senat qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida Hisob palatasiga va Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Senatga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etilgan har yilgi hisoboti Senatning navbatdagi majlisida dastlab Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ushbu hisobotini eshitish yakunlari bo‘yicha Senat qaror qabul qiladi, qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuboriladi.
Parlament so‘rovini Qonunchilik palatasi, Senat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan yuborishga haqli. Parlament so‘rovini yuborish to‘g‘risidagi taklif Qonunchilik palatasi deputatlari yoki Senat a’zolari umumiy sonining kamida beshdan bir qismi tomonidan kiritiladi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament so‘roviga og‘zaki javobni Qonunchilik palatasining yoki Senatning majlisida palatalar belgilagan muddatda, yozma javobni esa ( agar boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa) so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yuborishi lozim. Yozma javobning nusxalari tegishli palataning majlisida o‘qib eshittirilguniga qadar oldindan Qonunchilik palatasi deputatlariga, Senat a’zolariga yuboriladi. Parlament so‘rovi muhokamasi yakunlari bo‘ytcha Qonunchilik palatasi va Senat qaror qabul qiladi.
Qonunchilik palatasi deputati davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga, qoida tariqasida, tegishli saylov okrugi saylovchilarining yoki O‘zbekiston ekologik harakatining huquqlari va qonuniy manfaatlarini
ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan, Senat a’zosi esa, tegishli hududlarning manfaatlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan so‘rov yuborishga haqli. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yozma javob yuboradi.
Qonunchilik palatasining, Senatning qo‘mitalari ish rejalariga, Qonunchilik palatasining, Senatning hamda ular kengashlarining qarorlariga muvofiq o‘z majlislarida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, Qonunchilik palatasi, Senat, ularning kengashlari va qo‘mitalari qarorlarining bajarilishi to‘g‘risidagi axborotini eshitishi mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasining, Senatning qo‘mitalari qarorlar qabul qiladi, qarorlar tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organiga yuboriladi. Qonunchilik palatasining, Senatning qo‘mitalari o‘z ish rejalariga muvofiq vaqti- vaqti bilan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonunlarning, Qonunchilik palatasi va Senat qarorlarining ijrosi holatini, huquqni qo‘llash amaliyotini joylarga chiqib o‘rganadi. Qonunchilik palatasining, Senatning qo‘mitalari, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari o‘rganish davomida davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlarni, ekspert xulosalarini, statistika ma’lumotlarini va boshqa ma’lumotlarni so‘rab olishi va axborotini eshitishi, shuningdek o‘rganish natijalarini Qonunchilik palatasi, Senat ko‘rib chiqishi uchun kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Qonunchilik palatasining, Senatning qo‘mitalari yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini ta’minlash uchun qonun osti hujjatlarining o‘z vaqtida qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi. Monitoringni amalga oshirish yakunlari Qonunchilik palatasining, Senatning qo‘mitalari majlislarida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Oliy Majlis palatalarining qo‘shma qarori bilan jamiyat va davlatning eng muhim manfaatlariga daxl qiluvchi, mamlakat xavfsizligi asoslariga, uning barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan muayyan faktlarni yoki voqealarni o‘rganish maqsadida parlament tekshiruvlari o‘tkazilishi mumkin. Qonunchilik palatasi va Senat parlament tekshiruvini o‘tkazish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari orasidan komissiya tuzadi.
Komissiya parlament tekshiruvini o‘tkazishda quyidagilarga haqli:

  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining vakillarini, mutaxassislar, ekspertlar va olimlarni komissiya ishiga jalb etish;

  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, boshqa tashkilotlardan, shuningdek fuqarolardan zarur ma’lumotlarni so‘rab olish;

  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini, shuningdek fuqarolarni tushuntirishlar berish uchun taklif qilish.

Komissiya bajarilgan ish to‘g‘risida Oliy Majlis palatalari tomonidan belgilangan muddatda ularni xabardor qiladi.
Parlament nazorati natijalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Qonunchilik palatasining, Senatning hamda ular organlarining majlislari ochiq va oshkora o‘tkaziladi. Zarurat bo‘lganda, Qonunchilik palatasi, Senat va ularning organlari yopiq majlis o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Majlislarga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif etilishi mumkin. Parlament nazorati natijalari ommaviy axborot vositalarida va Qonunchilik palatasining, Senatning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinishi mumkin.
Xulosa qililb aytadigan bo‘lsak, yuqorida ko‘rib chiqqan qonunimiz Oliy Majlisning parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha faoliyatini yanada takomillashtirishga, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining parlament oldidagi javobgarligini kuchaytirish imkonini beradigan qo‘shimcha mexanizmlarni joriy etishga xizmat qiladi. Shuningdek, Konstitutsiya hamda qonunlar talablarining ijrosi ustidan parlament nazoratini amalga oshirishning yagona bir tizimga solingan qonunchilik bazasini yaratib, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mas’uliyatini yanada kuchaytirdi. Ushbu huquqiy hujjatda parlament nazorati subyektlari hamda obyektlari aniq belgilab berildi, uning shakllari mustahkamlab qo‘yildi, parlament nazorati natijalari yuzasidan ko‘riladigan chora-tadbirlar, uning natijalari bo‘yicha ish yuritish mexanizmlari tartibga solindi.



Download 100.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling