3- mavzu: Umumdavlat nazorat organlarining moliyaviy


Download 100.49 Kb.
bet6/9
Sana07.11.2023
Hajmi100.49 Kb.
#1753285
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Umumdavlat nazorat organlarining moliyaviy nazoratni tashkil etishdagi roli

Faqat Vazirlar Mahkamasining majlislarida hal etiladigan masalalar quyidagilardir:

  • O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini ishlab chiqish va ijro etish, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi aniq maqsadli davlat fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish masalalari;

  • boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish masalalari, O’zbekiston Respublikasini va uning ayrim mintaqalarini iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirish dasturlari loyihalari;

  • davlat qimmatli qog’ozlarini chiqarish hajmi hamda O’zbekiston

Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzi ko’lamini oshirish to’g’risidagi takliflar;

  • soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar stavkalarini belgilash hamda o’zgartirish to’g’risidagi takliflar;

  • davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish dasturlarining loyihalari hamda xususiylashtirishdan olingan mablag’lardan foydalanishning asosiy yo’nalishlari to’g’risidagi takliflar;

  • belgilab qo’yilgan davlat narxlari qo’llaniladigan mahsulotlar, tovarlar va xizmatlar ro’yxati;

  • qonunchilik tashabbusi tartibida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonunlar loyihalari;

  • davlatlararo shartnomalar va bitimlarni imzolash to’g’risidagi takliflar. Moliyaviy boshqaruvning umumiy boshqaruv organi sifatida Vazirlar

Mahkamasi Davlat byudjetini ko’rib chiqadi, moliyaviy boshqaruvning yagona umumiy markazi sifatida maydonda gavdalanadi.
O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga15ga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining budjet sohasidagi vakolatlari quyidagicha:

  • Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari, shuningdek soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;

  • Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari, shuningdek soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalarini ko‘rib chiqish hamda tegishli xulosa taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;

  • budjetnoma loyihasini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;

  • budjetnomani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga taqdim etadi;

  • davlat boshqaruvi organlarining Davlat budjetini va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini ijro etish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi;




15 O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi 25 modda

  • Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni har chorakda ko‘rib chiqadi;

  • o‘tgan moliya yili uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tashqi audit o‘tkazish hamda baholash uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;

  • Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksiga asosan, xususan Davlat budjeti xarajatlariga, respublika budjetining xarajatlar yoyilmasiga va Davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlariga o‘zgartirishlar kiritish tartibi nazarda tutilgan hollarda moliya yili mobaynida Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari parametrlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqadi;

  • O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.

Yuqoridagilar bilan bir qatorda Vazirlar Mahkamasi joriy moliya yili uchun mo‘ljallangan Davlat budjeti taqchilligining tasdiqlangan cheklangan miqdori ortgan taqdirda Moliya vazirligining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga Davlat budjeti xarajatlarini qisqartirish to‘g‘risida takliflar kiritadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yilning har choragida Davlat byudjeti ijrosining O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etadigan yakunlarini ko’rib chiqadi. Shuningdek, Moliya vazirligi tomonidan hisobot yilidan keyingi yilning birinchi apreligacha taqdim etilgan Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotni O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga u tashqi audit va baholash o’tkazishi uchun hisobot yilidan keyingi yilning beshinchi apreligacha yuboradi. O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotga doir xulosasini hisobot yilidan keyingi yilning o’ninchi mayidan kechiktirmay O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotni O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining yozma xulosasi
bilan birga hisobot yilidan keyingi yilning o’n beshinchi mayidan kechiktirmay O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi16.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Muddati o’tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish va byudjetga to’lovlar intizomini mustahkamlash bo’yicha respublika komissiyasi hamda Respublika pulkredit siyosati komissiyasilari bo‘lib, ularga moliyaviy nazorati sohasida katta vakolatlar berilgan edi. Mamlakatimizda iqtisodiyot sohasida, jumladan moliya, soliq, pul va kredit siyosati sohasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar natijasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2018 yil 9 yanvardagi PF- 5296son 17 farmoni bilan ushbu komissiyalar faoliyati tugatildi.

Download 100.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling