3- mavzu. Xesh jadval va xesh funksiyalar. Xesh funksiyalarga misol


Download 297.28 Kb.
bet3/10
Sana26.11.2021
Hajmi297.28 Kb.
#177552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-hafta. Malumotlar tuzilmasi

Xesh-funksiya xossalari

Xeshlash algoritmlarining xossalari turlicha bo’lishi mumkin: masalan, razryadlilik, hisoblash murakkabligi, kriptomustahkamlik va hokozo. Boshqacha aytganda, ba’zi xesh-algoritmlarning asosiy xususyati unda ishlatilayotgan razryadlar soni bilan, ba’zilariniki hisoblashning  murakkablik darajasi bilan bog’liq bo’ladi. Xesh-funksiya tanlashda yechilayotgan masalaning  o’ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi.

“Yaxshi” xesh-funksiya  ikki xossaga ega bo’lishi kerak:

1) yuqori hisoblash tezligi;

2) kam miqdordagi “kolliziyalar”.

Quyidagi belgilashlarni olamiz:



– “kalitlar” (kiritiladigan ma’lumotlar) soni;

h(k) - M dan katta bo’lmagan sondagi turli xil qiymatlarga ega bo’lgan xesh-funksiya, ya’ni ixtiyoriy k ϵ (0;K):h(k) 

“Yomon” xesh-funksiyaga misol keltiramiz: M=1000 bo’lib, o’n raqamli K natural songa uning kvadratiga teng yigirma raqamli son yozuvining o’rtasidan olingan uchta raqamdan iborat ketma-ketlikni mos qo’yuvchi  funksiya. Bir qarashda  bu funksiya uchun xesh-kodlar “000” va  “999” lar o’rtasida tekis taqsimlanadi deb o’ylash mumkin. Lekin, agar berilgan son yozuvida chapda yoki o’ngdagi nollar soni  juda katta bo’lgan hollar uchun tekis taqsimot buziladi.




Download 297.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling