5) Universal xeshlash
Universal xeshlash deb shunday xeshlashga aytiladiki, unda bitta konkret xesh funksiya emas, balki berilgan to’plamdan tasodifiy algoritm asosida tanlab olingan xesh-funksiya ishlatiladi. Universal xeshlash odatda kolliziyalar sonining kichik bo’lishini ta’minlaydi.
Tavsifi:
Faraz qilaylik, kalitlarning U fazosidan olingan kalitlarni [m] sonlarga akslantirish kerak bo’lsin. Algoritm kirishiga n o’lchamli SU ma’lumotlar nabori berilgan. Xeshlashda kolliziyalar soni minimal bo’lishi talab qilinadi. Bunga ilgaridan belgilab qo’yilgan konkret bir xesh-funksiya bilan erishish mumkin emas. Bu muammo universal H={h:Uà[m]} oila deb ataladigan xesh-funksiyalarning to’plamidan xesh-funksiyani tasodifiy ravishda tanlab olish bilan hal qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |