3- mavzu. Xesh jadval va xesh funksiyalar. Xesh funksiyalarga misol


Download 297.28 Kb.
bet9/10
Sana26.11.2021
Hajmi297.28 Kb.
#177552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-hafta. Malumotlar tuzilmasi

Xesh funksiyalarning qo’llanishi

Xesh funksiyalar kriptografiyaga juda ko’p ishlatiladi. Ulardan, shuningdek, turli ma’lumotlar strukturalarini (xesh-jadvallar, Blum fil’trlari kabi) tashkillashtirishda ham foydalinadi.

Kriptografiya xesh funksiyalariga qo’yiladigan asosiy  talab -ularning  kriptomustahkamligidir. Bu funksiyalar uchun argumentning kichik o’zgarishlarida funksiya qiymatining  keskin (katta miqdorda) o’zgarishi  juda muhimdir. Xususan, xeshning  qiymati  axborotning  oqib chiqib ketishiga umuman yo’l qo’yilmasligi kerak, ya’ni argumentning hatto alohida olingan bitlari haqidagi axborot ham tashqariga chiqishi  mumkin emas. Bu talab kalitni olish uchun foydalanuvchi parollarini xeshlash algoritmilarining kriptomustahkamligining garovidir.

Xeshlash, ko’pincha, elektron-raqamli imzo algoritmlarida ishlatiladi.  Bu algoritmlarda xabarning o’zi emas, balki xesh-kodi  shifrlanadi. Buning natijasida hisoblash vaqti kamayib, kriptomustahkamlik oshadi. Ko’p hollarda parollarning o’rniga ularning xesh-kodi saqlanadi.

“Nazorat yig’indilar” deb ataluvchi xesh-funksiyalar ma’lumot uzatish va saqlashda xatolarni oshkor qilish uchun ishlatiladi. Bu funksiyalar sifatida qiymatlarning yoki ularning bir qismining yig’indisini nazorat kodi sifatida oladi. Algoritmi esa murakkab bo’lmay, tezkorligi juda yuqori  va uni amalga oshirish  oson. Tasodifiy xatoliklarni, shu jumladan, apparatura xatoliklaridan himoyalanishda foydalaniladi.

Nazorat yig’indi xesh-funksiyalarida yuqori tezkorlikka erishish evaziga kriptomustahkamlik xususiyatidan boy beriladi. Bunda ilgaridan ma’lum yig’indiga moslab ma’lumot tuzib olish imkoniyati bor. Bundan tashqari  kalliziyalar yuzaga kelish ehtimoli ham yuqori.  Bunday algoritmga eng oddiy misol sifatida kirishdagi ma’lumotni 32 yoki 16 bitli so’zlarga bo’lish va  ularning yig’indisini xisoblash algoritmini keltirish mumkin.

Nazorat yig’indi aloqa kanali orqali asosiy matn bilan birgalikda uzatiladi. Qabul qiluvchi tugunda nazorat yig’indi qaytadan hisoblanadi va uzatilgan nazorat yig’indi qiymati bilan solishtiriladi. Agar qiymatlar teng bo’lmasa, demak, ma’lumot uzatishda xato bor va uni qaytadan bajarish zarur degan xulosa chiqariladi.

Ma’lumot izlash algoritmini tezlashtirish uchun xesh-jadval tashkil qilinadi. Xesh-jadval - bu ma’lumotlar strukturasi bo’lib, unda “kalit - xesh-kod” juftliklari saqlanib, element izlash, yangi element kiritish va o’chirib tashlash amallari bajarilishi mumkin. Xesh-jadval ma’lumot izlash jarayonini tezlashtirishga xizmat qiladi. Ma’lumotlar bazasiga matnli maydonlar yozishda, dastlab,  xesh – kod hisoblanadi va, keyin, ma’lumotlar bazasining ushbu xesh-kodga mos keluvchi bo’limiga matn joylashtiriladi. “Bo’lim kodi - xesh-kod” juftlik xesh-jadvaliga yozib qo’yiladi. Ma’lumotlar bazasida izlashni bajarish uchun, dastlab, izlanayotgan matn xesh-kodi hisoblanadi, xesh-jadvaldan unga mos bo’lim kodi aniqlanadi, keyin, ushbu bo’lim ichida izlash amalga oshiriladi. Shunday qilib, izlash butun ma’lumotlar bazasida emas, balki uning faqat bir bo’limida bajariladi. Natijada izlashga sarflanadigan vaqt kamayadi. Lug’atda so’zlarni alfavit tartibida joylashtirish bunga misol bo’la oladi. So’zning birinchi harfi uning xesh–kodi bo’lib xizmat qiladi. So’zni lug’atdan izlashda biz lug’atni to’liq boshdan oxirigacha ko’rib chiqmasdan, faqat birinchi harfga mos keluvchi bo’limdan izlaymiz.



Topshiriq:

20

FISH, tug’ilgan_sana, №pasport

tug’ilgan_san

H(k)= [M (kAmod1)], 0

Zanjirlash usuli
















Javoblar:

#include

using namespace std;
int


Download 297.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling