3 – mavzu: yurak tomir tizimi tuzilishi. Endokirintizimi tuzilishi
Download 1.39 Mb.
|
3 – MAVZU (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gipofiz bezi
- Epifiz bezi
Odam tanasidagi ichki
sekretsiya bezlarining joylashuvi: 1 — epifiz; 2 — giðofiz; 3 — qalqon orqa bezi; 4 — jigar; 5—o‘n ikki barmoq ichak; 6 — buyrakning po‘st qismi; 7—moyak; 8—qalqonsimon bez; 9 — ayrisimon bez; 10 — me’da (oshqozon); 11—buyrakusti bezi; 12 — me’daosti bezi; 13 — urug‘don. Gipofiz bezi no‘xatsimon, massasi 0,5—0,6 g ga teng bo‘lib,bosh miyaning ostki sohasida, kalla suyagining turk egarchasi deb atalgan qismida joylashgan. Giðofiz uch bo‘lakdan iborat: oldingi,oraliq va orqa bo‘laklar Giðofiz bezi somatotrop gormonini ko‘p ishlab chiqarganida odam bo‘yining normadan ortiqcha o‘sishi — gigantizm,bu gormon kam hosil bo’lganda bo‘y o‘smay qolishi —nanizm holatining ko‘rinishi.Giðofizning oldingi bo‘lagidan somatotrop va boshqa xil gormonlar ajraladi. Bu gormon bolalar va o‘smirlarning o‘sishini,rivojlanishini, organizmda oqsillar sintezlanishini boshqaradi. Ba’zi sabablarga ko‘ra, bolalar va o‘smirlarda bu gormon ko‘p ishlab chiqarilsa, bo‘y me’yoridan ortiq o‘sib ketadi. Bu holatga gigantizm, bunday odam esa gigant deb ataladi. Agar bu gormon kamroq ishlab chiqarilsa, bo‘y o‘sishi sekinlashadi, bunday bo‘yi past odam giðofizar pakana deyiladi. Ularning bo‘yi past bo‘lsa ham aqliy faoliyati normal bo‘ladi. Bo‘y o‘sishi to‘xtagan katta odamlarda somatotrop gormoni ko‘p ishlab chiqarilsa, akromegaliya kasalligi sodir bo‘ladi.Bunda odamning burni, labi, iyagi, tili, qo‘l va oyoq panjalarining hajmi kattalashadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, giðofiz organizmdagi barcha ichki sekretsiya bezlarining ishini tartibga soluvchi hukmron bez bo‘lishi bilan birga, uning funksiyasi markaziy nerv tizimi tomonidan, ya’ni oraliq miyada joylashgan giðotalamusdan ajraladigan neyrogormonlar orqali boshqariladi. Epifiz bezi bosh miyaning asosida, ya’ni o‘rta miya sohasida joylashgan bo‘lib, uning massasi 0,2 g. Unda melatonin gormoni ishlab chiqariladi. Bu gormon giðofizning oraliq bo‘lagidan ajraladigan intermidin gormoni singari, odam organizmida pigment almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling