3. Pedagogik kreativlikni rivojlantirishga doir topshiriqlarni bajarish.
1. Ob’ektni shakllantirishga oid topshiriq
Kasbiy faoliyatingizga taalluqli, biroq, bir-biri bilan mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan ixtiyoriy 3-4 ta predmetni oling. Ular asosida imkon qadar ko‘proq “hodisa”lar haqida hikoya (xabar) qiling. Hikoya (xabar)ingiz imkon qadar badiiylik kasb etsin!
Misol uchun: devor, velosiped, osmon.
Hodisa: “Bola uy yo‘lagining devoriga suyab qo‘yilgan velosipedni etaklab, deraza oldiga keldi va osmonga qaradi” (jumlada ifoa etilgan hodisa shunchaki xabar. Hodisaning mohiyati ijodiy xarakter kasb etishi uchun badiiy ibora va o‘xshatishlardan foydalanish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |