3- semestr reklama murojaatining mazmuni va ularni ishlab chiqishning asosiy bosqichlari


Download 410.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/21
Sana28.10.2023
Hajmi410.26 Kb.
#1729525
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
REKLAMA MUROJAATINING MAZMUNI VA ULARNI ISHLAB

Jurnaldagi reklama. Jurnallar – o‘quvchilarda o‘ziga yaqin munosabatni his 
qildiradigan vositadir. O‘quvchi jurnaldagi reklamani o‘qir ekan, kayfiyatidagi 


erkinlikka diqqatni jam qilib olish darajasi ham yuqori bo‘lishini kuzatamiz, 
chunki o‘quvchi gazeta reklamasiga qaraganda jurnaldagi reklamani qiziqish bilan 
o‘qiydi. Jurnaldagi reklama gazetadagi reklamaga nisbatan ancha farq qiladi. 
Ma'lumki, insonlarning bir kompaniyani boshqasiga nisbatan afzal deb tanlashi 
unga qattiq ishonganligidandir. Bunday ishonch asosini jurnaldagi reklama 
yaratadi. Har doim ham jurnaldagi reklama xaridorlar ishonch asosi bo‘la olmaydi, 
lekin asosiy rolni uynaydi. Jurnaldagi reklama haqiqatni asosli tasvirlaydi, bu 
degani ishonch bilan tengdir. Agarda odamlar jurnalni ishonchli deb his etishsa, 
unga ishonishsa, bu hislar reklama berayotgan kompaniyaga ham ishonch hosil 
qiladi. Gazeta bilan solishtirganda jurnal uchun mijozlarni topish ancha osondir. 
Bunga bir qator misollar keltirishimiz mumkin: 
- birinchidan, u yoki bu guruhga bo‘lingan mijozlarni tematik bo‘limlarda 
aniqlash mumkin; 
- ikkinchidan, rang gammalarni qo‘llashda kengroq imkoniyatlar bor, ayniqsa 
agar taklif etilayotgan narsalar, misol uchun, matolar, kiyimlar ranglar bilan
ko‘rsatiladi; 
- uchinchidan, boshqa reklama vositalariga qaraganda uzun tekstlar uchun jurnal 
ko‘proq to‘g‘ri keladi. Chunki, odamlar jurnallarni gazetaga o‘xshab yangilikni 
bilish uchun emas, balki o‘qish uchun sotib olishadi. 
Ishbilarmon jurnallarda joylashadigan reklamalar o‘z mahsuloti haqida 
batafsil ma'lumot berishi kerak: 
- aniq, qisqa va konkret ishlab chiqarish muammolarini va ularning xal 
qiluvchi variantlarini o‘zida ko‘rsatish kerak. Mashhur jurnallarda xaridorlar 
uchun reklama bunday bo‘lishi kerak: 
- do‘stona va ishonchli bo‘lish kerak; 
- mahsulot namoyishida ko‘proq og‘zaki gapirish usullaridan foydalaniladi. 
Jurnal reklamasida fotosuratlar rasmlarga qaraganda ko‘proq, qo‘llaniladi. 
Jurnallar ko‘proq imidjli reklamaga to‘g‘ri keladi. 
Brashuralar aniq axborotni yetkazib beradigan vosita hisoblanadi. 
Brashuralardan mijozlar ko‘proq foydali axborot olishga harakat qilishadi. 

Download 410.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling