Namuna:
Alisher Navoiy – g‘azal mulkining sultoni
I. Kirish. Alisher Navoiy – buyuk mutafakkir va atoqli shoir.
II. Asosiy qism:
1. Alisher Navoiyning oshiqona g‘azallari.
2. Alisher Navoiyning orifona g‘azallari.
3. Alisher Navoiyning rindona g‘azallari.
III. Xulosa. Alisher Navoiy g‘azallari – o‘zbek she’riyatining mezoni.
14-dars
SODDA VA MURAKKAB REJALAR
Bilib oling
Oddiy reja insho mavzusini bir bosqichda qismlarga
ajratish bo‘lsa, murakkab reja ajratilgan qismlarni yana
ichki qismlarga bo‘lish demakdir.
15-dars
ADABIY MAVZULARDAGI INSHOLAR
Eslatma
Siz 1-sinfdan yoza boshlagan oddiy yozma tasvir,
rasm asosidagi hikoya, turli xil maktublar ham inshoga
o‘xshaydi. Lekin ularni insho deb bo‘lmaydi.
|
Bilib oling
Muayyan badiiy asar, undagi qahramonlar haqidagi
insho adabiy inshodir. Bunday mavzudagi inshoda biror
badiiy asar yoki undagi qahramonlar taqdiri adibning
badiiy mahorati bilan bog‘lab, manbalarga tayanib tahlil
qilinadi.
16-dars
ERKIN MAVZUDAGI INSHOLAR
48-mashq. Berilgan mavzularda erkin mavzudagi insho yozish uchun qaysi
sohalarga oid bilimlar zarurligini ayting va fikringizni sharhlang.
http:eduportal.uz
25
1. Kitob – bilim manbayi. 2. Vatanni sevmoq iymondandir. (Hadisdan) 3. Bobur asarlari ohanrabosi. 4. O‘zbekiston – Vatanim manim. (A.O.) 5. Tanti dehqon – o‘zbegim. (E.V.) 6. Hayotda bo‘lmasa muallim agar... (A.Jomiy)
7. Inson har narsadan ulug‘.
Do'stlaringiz bilan baham: |