3 1-sentabr – mustaqillik kuni


Download 39.94 Kb.
bet6/22
Sana16.01.2023
Hajmi39.94 Kb.
#1096456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
8-sinf Ona tili qoidalar

Bilib oling
O‘quvchining adabiyot darsligidagi ma’lumotlarga
bevosita daxldor bo‘lmay, umuman, ma’lum bir mavzuga oid bilimlari, axloqiy-tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy
dunyoqarashi, fikr-mulohazalarini aks ettiruvchi insho
erkin mavzudagi inshodir. Erkin mavzudagi inshoda
o‘quvchining biror mavzu bo‘yicha turli fanlar, boshqa
manbalardan olgan bilimlari va uning shaxsiy taassurotlari birgalikda ifodalanadi.
Erkin mavzudagi insho ommabop uslubda yoziladi.
17-dars
INSHOGA EPIGRAF TANLASH



Bilib oling
Inshoning mazmuniga mos keluvchi mashhur hikmatli so‘z, maqol, ibora yoki badiiy parcha epigraf deyiladi.
Epigraf, odatda, rejadan keyin, insho matnidan oldin, sahifaning o‘ng chekkasida yoziladi. Epigraf bo‘lgan matndan so‘ng (so‘roq yoki undov gap bo‘lmasa)
nuqta qo‘yiladi, muallif nomi qavs ichida beriladi.
Inshoda epigraf bo‘lishini qat’iy talab deb tushunmaslik kerak, u tamoman ixtiyoriy. Lekin mavzu va
ichki mazmunga hamohang keluvchi epigraf tanlash
inshoning badiiyligiga xizmat qiladi, insho muallifining
mahoratini ko‘rsatadi.

18-dars
ILMIY INSHO
55-mashq. Matnni o‘qing va mazmunini og‘zaki bayon qiling. Har bir
xatboshidagi asosiy fikrni aniqlab, bir jumlada ifodalashga harakat qiling.
Bir masala turli mavzudagi inshoda har xil ifodalanishi
mumkin. Ilmiy inshoda berilgan mavzu biror fan nuqtayi
nazaridan ilmiy nutqda yoritiladi. Ilmiy inshoda terminlar,
ilmiy dalil va tushunchalardan keng foydalaniladi. Unda
axborot aniq va lo‘nda ifodalanishi, tushunarli bo‘lishi
lozim.
Ilmiy inshoda nutqning tasviriy vositalaridan, ko‘chma
ma’noli so‘zlardan, obrazli ibora, maqol va matallardan
deyarli foydalanilmaydi. Ilmiy insho tili bo‘yoqdorlik va
ta’sirchanlikdan xoli bo‘ladi.
Ilmiy insho mantiqiy fikrlash, dalillarning mohiyatini
tushunish, narsalarning xususiyatlarini yaxshi bilish asosida yoziladi. Ilmiy inshoda muallifning nuqtayi nazari,
tegishli xulosa chiqarishi katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Ilmiy insho yozish o‘quvchilarning kelajakda ilmiy maqola, ilmiy kitoblar yozish malakasi hosil bo‘lishiga xizmat
qiladi. Kelajakda biror fan sohasida ilmiy tadqiqot ishlari
olib borishni maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsangiz, ilmiy insho
yozish mahoratini tinimsiz egallab borishingiz kerak.
Barcha fanlar bo‘yicha ilmiy insho yozish mumkin.

Download 39.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling