3-1sta-20 guruh talabasi Ashurov Mirzoali. Mavzu: Unumdorlikning statistik ko'rsatkichlari va dinamikasi
Mehnat unumdorligini aniqlash usullari
Download 170 Kb.
|
1. Ijtimoiy mehnat unumdorligi va yakka tartibdagi mehnat unumdo
Mehnat unumdorligini aniqlash usullari
Mehnat unumdorligini olchash darajasi boyicha bir xildagi mahsulotni ishlab chiqaradigan alohida ish orinlari (brigada, uchastkalar)ni korsatib otish mumkin. Bu orinda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini va ishlab chiqarish normalarini (dona, tonna, kub yoki kvadrat metr va hokazo) aniqlashning natural (tabiiy) usulini qollash maqsadga muvofiqdir. Bu usul oddiy, qulay va ishonchli bolsada, u faqat bir xil mahsulot ishlab chiqariladigan ish joylarida qollaniladi, shuning uchun ham amalda undan kamroq foydalaniladi. Korxonaning birigada va uchastkalarida butunlay bir xil mahsulot ishlab chiqarilsa, bunday holatdagina natural usul qollanilishi mumkin: Misol. Agar tsexning 10 ishchisi bir hafta mobaynida 800 ta detal ishlab chiqargan bolsa, har bir ishchining ishlab chiqargan detali quyidagicha boladi: bir haftada - 800 : 10 80 (detal); bir kunda 80 : 5 16 (detal); Natural usulning bir korinishi shartli-natural usul bolib, bunda ish hajmi bir xil mahsulotning shartli birligida hisobga olinadi. Masalan, turli hajmdagi vagonlarga, turli hajmdagi konserva bankalari shartli bankalarga, turli poyabzallar shartli juftga aylantiriladi. Shartli olchovlarga aylantirish, odatda, otkazish birliklari koeffitsentlari yordamida amalga oshiriladi. Shartli natural usul qollanish uchun qulaydir, chunki kopgina xilma-xil tovarlarning, xizmatlarning aylantirish koeffitsentlari yordamida ishlab chiqarishni qiyoslanadigan turga keltirish mumkin. Masalan, un, non va makaron mahsulotlari sotish xarajatlarini non-bulka mahsulotlarini shartli kilogrammiga aylantirish orqali ifodalash mumkin. Mehnat unumdorligini olchashning yana bir keng tarqalgan usuli mehnat usulidir. Mehnat usulining afzal tomoni uni barcha ish turlari va xizmatlarga tatbiq etish mumkinligidir. Biroq bu usuldan keng foydalanishda har bir ish turi uchun vaqt normativlari zarurdir, ular hamisha ham mavjud bolavermaydi. Bu usuldan ishbay ishlovchi xodimlar mehnat unumdorligini hisoblash uchun foydalanib bolmaydi, chunki ular uchun vaqt normalari tatbiq etilmaydi. Unumdorlik olchashning mehnat usuli bir qator kamchiliklarga ham ega (normalar etarli darajada asoslab berilmagan bir xil darajada jiddiy emas, ular tez-tez qayta korib chiqiladi va hokazo), bu esa hatto ayrim ish joyidagi va brigadalardagi mehnat unumdorligining darajasi va osishiga holisona baho berilishiga imkon tugdirmaydi. Mehnat unumdorligiga ishlarning sermehnatligi tasir korsatadi. Sermehnatlik bu, jonli mehnat sarflarini aks ettiruvchi korsatkich bolib, u ish vaqtida, mahsulot ishlab chiqarish (xizmatlar)da ifodalangan. Sermehnatlik, odatda, norma-soatlarda (haqiqiy soatlarda) olchanadi, bu vaqt ish birligini bajarishga sarflangan boladi. Bu korsatkich mehnat unumdorligi korsatkichiga qarama-qarshi bolib, quyidagi formula boyicha hisoblanadi: Bu erda S sermehnatlik; Iv ish vaqti; Im ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori. Korxonalar va ularning irik bolinmalari darajasida, xuddi xalq xojaligi tarmoqlarida bolgani kabi, ishlab chiqarish va mehnat unumdorligi hajmlarini olchash uchun asosan qiymat usuli tatbiq etiladi. Qiymat usuli universal usul bolib, u mahsulotning barcha turlari va hajmlari, ishlar va xizmatlar yagona pul korsatkichlari bolgan somda ifodalanadi, u hajm korsatkichlarini tegishli ulgurji narxlarga kopaytirish bilan aniqlanadi. Masaln, agar besh kishidan iborat ishchilar brigadasi bir smenada 100 ming somlik ish hajmini bajargan bolsa, u holda har bir ishchining smenadagi mehnat unumdorligi (ishlab chiqargan mahsuloti) quyidagicha boladi: 120:5q20 (ming som), tegishli ravishda bir soatlik ish mobaynida 20:8q2,5 (ming som) boladi. Mehnat unumdorligini olchashningqiytat usuli turli kasb va malakaga ega bolgan xodimlarning mehnat unumdorligi, masalan, qandolatchi va novvoyning, chilangar va haydovchining mehnat unumdorligini taqqoslash imkonini beradi. Biroq bu usul korinishdan universal usul bolishiga qaramay, bir qancha kamchiliklarga ham ega. Xususan unga narx omili, yani bozor konyukturasi va inflyatsiya koproq tasir korsatadi. Mehnat unumdorligini olchash usullarining har uchalasi ham oz afzalliklari bilan bir qatorda turli kamchiliklarga ega. Ularni quyidagi jadvalda korish mumkin:
Mehnat unumdorligini olchashda material sigimining ozgarishi ishlab chiqarilayotgan mahsulotning hajm korsatkichiga va mahsulot ishlab chiqarish normasiga salbiy tasir korsatishiga barham berish uchun qoshimcha olchov usullaridan foydalaniladi: shartli sof, normativ sof mahsulot boyicha va ishlov berishdagi normativ qiymat usullari tatbiq etiladi. Bu usullarni qollash material sigimiozgarishlarining salbiy tasirining toliq yoki qisman barham toptiradi. Shunga qaramay ularning har biri oz kamchiligiga ega bolib, haqiqatla ulardan birontasi ham bozor iqtisodiyoti talablariga toliq javob bermayodi. Mehnat unumdorligini qiymat usulida aniqlash uchun foydalaniladigan shartli sof mahsulot korsatkichida yalpi mahsulot qiymatidan xomashyo, butlovchi ashyolar, energiya, yoqilgi va hokazolarga qilingan bevosita xarajatlarni chegirib tashlanadi. Shu bilan birga bu korsatkichdan ish haqi, asosiy fondlarning eskirishi va foyda chegirilmaydi. Bu erda moddiy xarajatlar ozgarishi barham toptiriladi, lekin foydanining salmogi va amortizatsiyaning salmogi ortadi. Ularning ozgarishi esa mahsulot ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligi korsatkichlarini birmuncha soxtalashtirishi mumkin. Mehnat unumdorligi aniqlashda foydalaniladigan sof mahsulot korsatkichida yalpi mahsulot qiymatidan barcha moddiy xarajatlarni, shu jumladan amortizatsiya ajratmalarini ham chiqarib tashlash yoli bilan hisoblab chiqiladi. Xarajatlarni va mehnat unumdorlgini hisoblashda avvalgi mehnat xarajatlarining soxtalashtiruvchi tasiri tola-tokis barham toptiriladi, lekin foydaning salmogi jiddiy ravishda ortadi. Shuning uchun turli mahsulot xillarining turlicha foyda berishi sharoitida aynan foyda sof mahsulot va mehnat unumdorligini korsatkichlarini soxtalashtirishda asosiy rol oynaydi. Lekin hatto bozor iqtisodiyoti qaror topgan mamlakatlarda ham sof mahsulot korsatkichi tovar yoki yalpi mahsulot korsatkichlariga nisbatan narxlarning tebranib turishiga ancha tasir korsatadi. Mehnat unumdorlgini aniqlashda foydalaniladigan normativ sof mahsulot korsatkichi sof mahsulot korsatkichidan farqli olaroq nomativ ish haqini va unga qoshib yozilgan haqi, shuningdek ortacha tarmoq foydasini oz ichiga oladi. Shuning hisobiga mahsulot har xil turlarning turlicha foyda keltirishga barham beriladi. Ushbu usulni qollanish tajribasida muayyan qiyinchiliklar va kamchiliklar vujudga keladi. Birinchi, mahsulotlarning barcha turlariga ulgurji narxlar tizimiga parallel ravishda ish haqining yaxlit normativlari tizimini yaratish zarurati paydo boladi. Ommaviy ishlab chiqarishda bu narsa qiyinchilik tugdirmasa ham, donalik va kichik seriyali ishlab chiqarish va ulardagi mahsulot nomenklaturasining tez-tez ozgarib turishi sharoitida jiddiy qiyinchiliklar paydo boladi. Ikkinchidan, normativ sof mahsulot asosini tashkil etuvchi ish haqi normativlarini ishlab chiqishda mazkur normativlarni oshirishga moyillik paydo boldi. Bu esa mehnat sarflashning nisbatan kopayishiga, demak, mehnat unumdorliginni oshirish suratlarinng sekinlashuviga olib keldi. Uchinchidan, unumdorlikning normativ sof mahsulot korrsatkichi korxonalar ishining pirovardmoliyaviy natijalar bilan zaif boglangan: mahsulot ishlab chiqarish normasi va mehnat unumdorligi hajmlari korsatkichiga ega bolish mumkin. Lekin moddiy resurslarning ortiqcha sarflanishi tufayli foydaga ega bolmasligi mumkin. Bitta ana shu sababning oziyoq normativ sof mahsulot korsatkichidan, asosiy usul sifatida foydalanishni maqsadga muvofiq qilib qoyadi. Unda faqat tahlil qilish maqsadlarida keng foydalanish mumkin boladi. Download 170 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling