3. 2-mavzu: Fonetik, аksentologik, morfologik va sintaktik me’yorlar. So‘z yasash usullari (amaliy) Fonetik me’yor
Download 30.26 Kb.
|
3.2-mavzu-amaliy (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uslubiy me’yor.
Punktuatsion me’yor. Bu me’yor yozma nutqqa xos bo‘lib, yozuvda tinish belgilarining qo‘llanish qoidalarini belgilab beradi.\
Ma’lumki, tinish belgilari yozma nutqning aniq, ifodali, to‘g‘ri tuzilishiga yordam beradi. Tinish belgilarining noto‘g‘ri qo‘llanishi nafaqat jumlaning sintaktik tuzilishiga, balki uning mazmuniga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli yozma nutqning maqsadga muvofiq tarzda tuzilishida tinish belgilari muhim ahamiyatga ega. Qiyoslang: Yigitlar, yetib kelishdi // Yigitlar yetib kelishdi. KAZNIT,nelzya pomilovat-Qatl qiling, rahm –shafqat qilmang. Kaznit NeLZYa, pomilovat- Siz qatl qila olmaysiz, avf eting. Birinchi holatda yigitlar so‘zidan so‘ng vergulning qo‘yilishi natijasida bu so‘z undalmaga aylanib, gap bir tarkibli murakkablashgan sodda gap shakliga ega bo‘ladi. Agar gapdan vergul olib tashlansa, yigitlar so‘zi ega vazifasida qo‘llanadi hamda gap ikki tarkibli sodda gap tuzilishiga ega bo‘ladi. Uslubiy me’yor. Adabiy tilning uslubiy me’yori nutq vaziyati, so‘zlovchining kommunikativ niyati asosida til birliklaridan eng ma’qulini qo‘llash zaruratidan vujudga keladi. Uslubiy me’yorlar quyidagilarga asoslanadi: a) tavsiya etilgan til birliklari hamma uchun yagona va mushtarak bo‘lishi lozim; b) til birliklari uzoq vaqt barqaror qo‘llanib kelingan hamda tilning hamma sohalari bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi kerak. Anglashiladiki, uslubiy me’yorni til birliklarini ishlatishdan ko‘zda tutilgan maqsad va nutq vaziyati belgilab beradi. Uslubiy me’yor nutq ko‘rinishlarini belgilashda ham ahamiyatli. Nutqning turli-tuman vazifaviy uslublarida (ilmiy, so‘zlashuv, publitsistik, badiiy, rasmiy) til birliklarining o‘ziga xos tarzda qo‘llanishi ularda uslubiy me’yorning amal qilishini ko‘rsatadi. Nutqda ko‘pincha til birliklarining, xususan, so‘zning noo‘rin takror qo‘llanishi yoki noaniq ishlatish uslubiy me’yorning buzilishiga olib keladi. Masalan, «Otning jilovini siltab, tezlashni qistadi» (M.Hakim. «Uchrashuv») gapi noaniq tarzda ishlatilgan. Bu gapning o‘rnida «Otni jadallatdi» jumlasining qo‘llanishi so‘zlovchining ifodadagi maqsadini aniqroq tushunishga yordam beradi. Xullas, adabiy til me’yorlari ayni tilning hamma uchun mushtarak, yagona ekanligini, uning umumga tushunarli bo‘lishini ta’minlovchi bosh mezon hisoblanadi. Download 30.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling