So‘z yasash usullari
Fonetik usul. Bu usulga ko‘ra, so‘zda fonetik o‘zgarish yuz berib, yangi so‘z hosil qilinadi. Chunonchi, so‘z urg‘usining o‘rnini almashtirish natijasida boshqa-boshqa so‘z turkumiga doir so‘zlar hosil bo‘lishi mumkin: yo‘zma - fe'l, yozma' - sifat, su'zma - fe'l, suzma' - ot, fi'zik - ot, fizi'k - sifat, akade'mik - ot, akademi'k - sifat va b.
Semantik usul. Bu usulga binoan, so‘z ma'nosida o‘zgarish ro‘y berib, ma'nosi boshqa-boshqa, shaklan o‘xshash yangi so‘z hosil bo‘ladi: kun - sutkaning yorug‘ qismi, kun - quyosh, planeta; ko‘k - osmon, ko‘k- havorangga o‘xshash rang, bir - son, birga, birdan, birda - ravish.
Fonetik va semantik usul hozirgi o‘zbek tili nuqtai nazaridan nofaol tarixiy so‘z yasash usullari deb qaraladi.
Amaliy bajarish uchun mashqlar:
1.Nuqtalar o‘rniga tegishli qo‘shimchalarni qo‘yib, matnni ko‘chiring.
Mustaqillik O‘zbekiston... siyosiy tizimi... jiddiy o‘zgarishlar... olib keldi. Mamlakatimiz tarixi... birinchi bor muqobil... asosi... Prezident saylandi. O‘zbekiston Respublikasi... yuksak demokratik talablari... monand Asosiy qonuni - birinchi Konstitutsiyasi va shu asos... ko‘pdan-ko‘p qonun... qabul qilin... O‘zbekiston parlamenti - ikki palata... Oliy Majlis ilk marta ko‘p partiyaviy... asosi... saylandi.
2.Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlarni qo‘yib, matnni ko‘chiring.
Har qanday …………. oiladan boshlanadi. Ota-onaning turmush tarzi, fe'l – atvori, ………… bolaning nazaridan hech qachon chetda qolmaydi. Kattalar o‘zlari payqamagan …………… bolalar tez ilg‘ab oladilar. Oiladagi …………… bola tarbiyasini izdan chiqaradi. Nopoklik salbiy illat bo‘lib, u …………. orasida tez tarqalishi, ularning ongi va fe'l – atvoriga singib ketishi mumkin. Shunday ekan,………..bilan ……….. farqini har kuni, hamma joyda yoshlarga uqtirib borish kerak.
3.Matndagi imlo, punktuatsion va uslubiy xatolarni belgilang.
Inson har doim tabiat bag‘rida yashab va bundan keyin ham yashaydi. Inson hech qachon tabiatda tashqarida, u bilan aloqa va munosabatda bo‘lmasdan turib yashay olmaydi. Tarixdan ma'lumki deb yoziladi Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch asarida O‘rta Osiyo hududida aholi azaldan vodiylarda, katta suv manbalari daryo va anhorlar bo‘yida yashab keladi. Atrofi cho‘l va sahrolar bilan o‘ralgan tabiati, iqlimi g‘oyat murakkab bo‘lgan mintaqa sharoitining o‘zi ana shu elat va millatlarning ming yillar davomida bir-biriga moslashib, yaqin yelkadosh bo‘lib, bir-birini og‘irini yengil qilib yashashini taqozo etib keladi. Chindan ham, bu zaminda istiqomat qiladigan odamlarning tarqoq bo‘lib yashashga imkoni yo‘q, tabiat o‘zi, hayotning o‘zi ularni shu ruhda tarbiyalagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |