3-amaliy Atrof muhitdagi noorganogen toksik elementlarni ta’sirida kechadigan o‘zgarishlar


Download 18.23 Kb.
Sana15.09.2023
Hajmi18.23 Kb.
#1678796
Bog'liq
3-amaliy tib.kim


3-amaliy Atrof muhitdagi noorganogen toksik elementlarni ta’sirida kechadigan o‘zgarishlar
Kimyoviy elementlar ikki turga organogen va noorganogenga farqlanadi: 1. Organogen elementlar — tirik organizmdagi moddalarga tarkibiy qism sifatida kirib, ularning xossalarini belgilaydigan elementlar. 2. Noorganogen elementlar — tirik organizmlarda ma’lum miqdorda saqlanadigan, ammo biron-bir biologik faol moddalar tarkibiga kirishi hamda hayotiy jarayonlarda bevosita ishtirok etishi aniq bo‘lmagan elementlar. Ularning organizmdagi miqdoirni birmuncha ko‘payishi organizmga zaharlovchi ta’sir ko‘rsatishga olib keladi. Ko‘pgina elementlar va ularning birikmalari uchun atrof-muhitda mavjud bo`lishi mumkin bo`lgan hamda odam organizmiga zarar keltirmaydigan miqdori aniqlangan. Bu kattalik element mavjud bo`lishining chegara konsentratsiyasi (ChK) deb ataladi. Elementlarning bu qiymat chegarasidan ortib ketishi ekologik xavfli muhit kelib chiqishiga olib keladi. Elementlarning zaharli ta’siri ularning atom tuzilishiga, endogen komplekslanish xossalariga, organizmda depolanish xususiyatiga va boshqa qator omillarga bog‘liq. Umuman olganda odam organizmiga ozuqa moddalari, suv va havo orqali doimiy ravishda turli element birikmalari tushib turadi. Ularning miqdorlari ChK dan kam bo‘lganligi sababli organizmga deyarli zarar ko‘rsatmaydi. Ammo ularning miqdori ortib borishi zaharlanish hollarining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. O‘z-o‘zidan tushunarliki ularning miqdori qanchalik yuqori bo‘lsa, salbiy ta’sir oqibati ham shunchalik og‘ir bo‘ladi. Elementlar ta’sir effektining ular miqdoriga bog‘liqligi shu element birikmalarini tibbiyotda qo‘llash imkoniyatini yaratadi. Jumladan, tarkibida noorganogen elementlar saqlovchi moddalarni kam miqdorlari turli kasalliklarni davolashda qo‘llanishi odam organizmi zaharlanishiga olib kelmasligiga asoslangandir. Ammo ana shu miqdor kasalliklar chaqiruvchimikroorganizmlarning o‘sishi va ko‘payishini to‘xtatish hamda ularni nobud qilishga yetarli bo‘ladi. Organogen va noorganogen elementlarning miqdoriga bog‘liq bo‘lgan zaharli ta’siri ularning organizmning tuzilish birliklariga (membrana, hujayra organellalari, hujayra, to‘qima, a`zolar tuzilishi) buzuvchi omil sifatida ta’sir etishi bilan belgilanadi. Shunga binoan elementlarning ta’sirini belgilashda quyidagilardan foydalaniladi: 1) kritik effekt; 2) hujayra va a`zolar uchun kritik miqdor (konsentratsiya); 3) kritik a`zo. Kimyoviy modda yoki elementning zaharli ta’siri natijasida kuzatiladigan har qanday salbiy o‘zgarishlar shu modda va elementning kritik effekti deb ataladi. Hujayra faoliyatini anomal darajada buzilishiga olib keladigan elementning eng kichik miqdori shu elementning hujayra uchun kritik miqdori deyiladi. Bu anomal o‘zgarishlar qaytar va qaytmas tabiatga ega bo‘lishi mumkin. Elementning miqdori kritik konsentratsiyadan qanchalik yuqori bo‘lsa, hujayraning funksional buzilishi shunchalik kuchli bo‘ladi. Hujayraning nobud bo‘lishiga olib keladigan elementning eng kichik miqdori hujayra uchun letal (o‘lim chaqiradigan) miqdor deb ataladi. organizmda simob miqdori ortsa turli 33 a`zolar zararlanadi. Ammo eng kuchli zararlanish buyraklarda kuzatilib, ularning faoliyati keskin buziladi. Shu sabali simob ionlari uchun nishon-a`zo buyraklar hisoblanadi. Bariy. Bariyning birikmalari kimyo, to‘qimachilik va shisha ishlab chiqarish sanoatida keng ishlatiladi. Uning eruvchan tuzlari nihoyatda zararlidir. Masalan, BaCl2 uchun havodagi chegara konsentratsiyasi 0,4 mg/m3 ni tashkil etadi. Bundan BaSO4 mustasno bo‘lib, uning eruvchanligi nihoyatda kichik, zichligi esa katta (4,5 g/sm3 ) bo‘lganligi sababli u rentgenologiyada keng qo‘llaniladi. Odam organizmidagi bariy tuzlarining miqdori 0,35 g dan ortsa lohaslik, silliq mushaklar spazmi, qon tomirlarining torayishi oqibatida qon bosimining ko‘tarilishi, yurak urishining tezlashuvi, aritmiya va boshqa kasalliklar kelib chiqadi. O‘tkir gastroentrit va leykotsitoz kuzatiladi. Jigar hujayralari yog‘ to‘qimalariga aylana boshlaydi. Suyak tarkibidagi Ca2+ ionlarining miqdori kamayib, Ba2+ miqdori ko‘payadi. Oqibatda suyaklar deformatsiyasi va sinuvchanligi ortadi va bu holat bariyli raxit deb ataladi. Stronsiy. Bu element tuzlarining zaharligi Ba2+ ga qaraganda biroz kam bo‘ladi. Ammo shunga qaramasdan uning organizmda ko‘plab yig‘ilishi (osteotrop element) suyaklar tarkibidagi Ca 2+ ning kamayishi va Sr2+ ortishi (antogonistik ta’sirlashuv) hisobiga stronsiyli raxitni keltirib chiqaradi. O‘z navbatida Ca2+ ionlari miqdorining ortishi Sr2+ ning organizmdagi o‘zlashtirish miqdorining kamayishiga olib keladi. Atom elektrostansiyalari ishlashi jarayonida radioaktiv stronsiy hosil bo‘ladi va u organizmda yig‘ilib kamqonlik, leykoz (qon saratoni) va boshqa turdagi saraton kasalliklarini keltirib chiqaradi. Shu bil an bir qatorda 89Sr va 90Sr izotoplarining kichik miqdorlari tibbiyotda, jumladan suyak saraton kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Kadmiy. Sanoatda yengil eruvchan qotishmalar olishda (bosmaxonalarda) ishlatiladi. CdS fluorissensiyalashuvchi bo‘yoqlar tarkibiga kiradi. Cd2+ uchun ChK suvda —10 mkg/l, tuproqda 200 mkg/kg, 34 havoda esa 0,1 mg/m3 dan oshmasligi kerak. Odam organizmiga tushgan Cd2+ ionlari asosan jigar va buyrakda yig‘iladi. Bu element antogonistik ta’sirlashuv hisobiga organizmdagi Zn2+ va Ca2+ ionlarini keskin kamaytiradi va rux hamda kalsiy etishmovchiligi natijasi hosil bo‘ladigan kasalliklarni keltirib chiqaradi. Kadmiy fermentlardagi CH — guruhlar bilan birikib endogen komplekslar hosil qiladi va fermentlar faolligini kamaytirib yuboradi. Bu element ta’siri ostida yurak-qon tomir sistemasi zararlanadi, turli saraton kasalliklari kelib chiqadi, buyrak faoliyati buziladi. Ichak sistemasiga (kapillyar yorilishi hisobiga) qon oqish hollari kuzatiladi. Modda almashinuvi keskin buzilishi oqibatida jigar xujayralari yog‘ to‘qimalariga aylana boshlaydi. Kadmiy stomatologiyada plombalovchi amalgamalar tarkibida qo‘llaniladi. Simob. Bu element nihoyatda xavfli bo‘lib HgSO4 va HgCl2 ozuqa mahsulotlari bilan organizmga tegishlicha 0,192 mmol/kg va 0,136 mmol/kg miqdorlarda kirishi oshqozon-ichak sistemasi, jigar, buyrak, turli bezlarni faoliyatini buzib yuboradi va o‘lim chaqiradi. Hg ning havodagi ChK si 1·10-5 mg/m3 dan oshmasligi kerak. Nafas yo‘llari bilan organizmga kirgan simob bug`lari MNC ni zararlaydi. Simob bilan zaharlanish oqibatida oshqozon-ichak sistemasida qattiq og‘riq paydo bo‘ladi, surunkali qayd qilish kuzatiladi. Axlat bilan qon ajralib chiqadi. O‘tkir zaharlanish oqibatida oshqozon va ichaklarda yaralar paydo bo‘ladi, hamda ularning chirishi (nekrozi) kuzatiladi. Surunkali zaharlanishda teri sathidagi junlar (soch, qosh va h. k.) to‘kilib ketadi, tishlar va tirnoqlar tushib ketadi. Biosferadagi simob miqdorining ortishi bo‘qoq, yukumli kasalliklar, nafas va qon aylanish sistemalarining hamda siydik yo‘llari, quloq, tomoq va burun xastaliklarining ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Simob birikmalari tibbiyotda antiseptik moddalar sifatida teri va boshqa tashqi a`zolar kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi. Alyuminiy Mg2+ ionlariga antagonist bo‘lganligi sababli ribosomalarning makrotuzilishini buzadi. Bu esa o‘z navbatida nuklein kislotalar sintezlanishiga ta’sir etadi va saraton kasalliklarining shakllanishiga sabab bo‘ladi. Alyuminiy miqdori juda ortib ketganda skeletlarda raxitsimon o‘zgarishlar kuzatiladi. U to‘qima oksillari bilan barqaror ravishda birikib, ulardagi modda almashinuvining buzilishiga olib keladi. Qo‘rg‘oshin bilan zaharlanish oqibatida milklarda dog‘lar paydo bo‘ladi, nerv sistemasi ishdan chiqadi, ichki a`zolarda qattiq og‘riq paydo bo‘ladi. Kam quvvatlik, bosh aylanishi, xushdan ketish, falajlanish hollari kelib chiqadi. Biogen elementlarning tirik organizmdagi faoliyati, o‘zlashtiriladigan va 41 saqlanadigan miqdorlari qator omillarga bog‘liq. Bularga elementlar orasidagi ta’sirlashuvlar misol bo‘ladi. Bunday ta’sirlashuvlar ikki turga bo‘linadi. Sinergistik ta’sirlashuv — element boshqa bir elementning biologik ta’sir qiymatini oshiradi. Bunday elementlar sinergistlar deb ataladi. Antagonistik ta’sirlashuv — element boshqa bir elementning biologik ta’sir qiymatini kamaytiradi. Bunday elementlar antagonistlar deb ataladi. Biogen elementlarning organizm tomonidan o‘zlashirilishining buzilishi ba’zi irsiy kasalliklarda ham kuzatiladi. Jumladan, Menkes sindromi X xromasomalar bilan bog‘liq bo‘lib, Cu2+ almashinuvining buzilishini keltirib chiqaradi. Natijada buyraklardagi Cu2+ miqdori keskin ortadi, jigar va bosh miyadagi miqdori esa kamayadi. Bu biogen elementning organizmdagi miqdoriy o‘zgarishlari shu a`zo hujayralaridagi Cu2+ ionlarini bog‘lay oladigan oqsil molekulalari sintezlanishining genetik (irsiy) buzilishi natijasida kelib chiqadi. Irsiy kasalliklardan yana biri Konovalov-Vilson xastaligi bo‘lib, bunda qon zardobidagi mis miqdori normaga qaraganda qariyb ikki barobar kamayadi; jigardagi miqdori esa keskin ortib ketadi. O‘z navbatida Cu2+ ning jigardagi ortiqcha miqdori asta-sekin yoki nixoyatda tez qonga ajralib chiqishi mumkin. Natijada quyidagi ikki holat kuzatilishi mumkin
Download 18.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling