3. Amaliy ish Mavzu: Kompyuter qurilmalari va dasturiy vositalari bilan tanishish Ishdan maqsad
Download 12.39 Kb.
|
3 amaliy ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy qism.
- Texnik vositalar
- Savol va topshiriqlar
3.Amaliy ish Mavzu: Kompyuter qurilmalari va dasturiy vositalari bilan tanishish Ishdan maqsad: Kompyuter qurilmalari va dasturiy vositalari bilan tanishish , asosiy va qo’shimcha qurilmalari bilan tanishish. Kompyuterning dasturiy vositalari bilan tanishish. Nazariy qism. Hozirgi kunda kompyuter olami juda katta tezlik bilan rivojlanib bormoqda. Bunga juda ko'p sabablar bor. Eng asosiy sabablardan biri bu — kompyuter orqali inson tomonidan bajariladigan ishlarning deyarli barchasi bajarilmoqda. Nafaqat bajarilmoqda, balki osonlik va tez bajarilmoqda. Undan tashqari maromiga yetkazilib, ishlar bitkazilmoqda. Bu ishlarni bajarishda, kompyuter bir o'zi emas, balki kompyuterga ulanadigan periferik qurilmalar yordamida amalga oshirmoqda. Informatikada kompyuter texnikasini quyidagi ikki qismning birligi sifatida qaraladi: texnik vositalar; dasturiy vositalar. Texnik vositalar – kompyuterning qurilmalaridir. Ingliz tilida bu qism Hardware deb ataladi va "qattiq mahsulotlar” deb tarjima qilinadi. Bu qismga, masalan, protsessor, vinchester, monitor, klaviatura disk yurituvchi, printerlarni misol qilish mumkin. Dasturiy vositalar – kompyuter tomonidan ishlatiladigan barcha dasturlar to’plamidir. Ingliz tilida bu qism Software deb ataladi va "yumshoq mahsulotlar” deb tarjima qilinadi. Bu so'z dasturiy ta’minot bilan kompyuterlarning mutanosibligini, dasturlarning takomillashishi, rivojlanishi va moslashuvchanligini ifodalaydi. Bundan tashqari informatikada yana bir yo’nalish Brainware (brain inlizchadan tarjimasi – intellekt, ong) – algoritmik yo’nalish ajratiladi. Bu yo’nalish algoritmlarni ishlab chiqish, ularni tuzish usul va uslublarini o'rganish bilan bog’liqdir. Kompyuterlarda ishlatilayotgan dasturlarni shartli ravishda quyidagi uch turga ajratish mumkin: Bu ajratishning shartli ravishda deyilishiga sabab shuki, dasturiy ta’minotning keskin rivojlanishi va kompyuterlarni qo'llanish sohasining kengayib borishi ba’zi dasturlarning bir turdan boshqa turga o'tib qolishiga sabab bo’lmoqda. Masalan, ba’zi amaliy dasturlarning qo'llanish sohasi chuqurlashib borganligidan va alohida zaruriyatga egaligidan uskunaviy dasturga aylanib bormoqda. Ikkinchi tomondan, foydalanuvchiga e’tiboriga shunday dasturlar tavsiya etilmoqdaki (masalan, "elektron suhbatdosh”), ularni yuqoridagi hususiyatlar bo’yicha ajratish mushkul. Kompyuter viruslari tarixi Sinsinati shahri (Ogayyo shtati) universitetining ilmiy xodimi, kompyuter havfsizligi sohasida taniqli mutaxassis, Fred Koen nomi bilan bog'liq. Koen dasturiy vositalardan noqonuniy nusxa ko'chirishga qarshi himoya muammolari ustida ish olib borib, yangi dastur yaratdi. Bu dastur tez qayta tiklanish va takomillashish hamda kompyuter xotirasidagi muxim ma’lumotlarni o'chirish, sistema fayllarini "buzish” kabi ishlarni bajarish hususiyatiga ega bo'lib, dasturiy vositalardan noqonuniy nusxa olish vaqtida ishga tushardi. Savol va topshiriqlar 1. Texnik ta’minot deganda nimani tushunasiz? 2. Dasturiy ta’minot deganda nimani tushunasiz? 3. Kompyuterni ishga tushirishda dasturli ta’minotni zaruriyati bormi? 4. Sistema dasturlari deganda nimani tushuniladi? 5. Uskunaviy dasturlar deganda nimani tushuniladi? 6. Amaliy dasturlar deganda nimani tushuniladi? Download 12.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling