Mavzu. Boshqaruv qarorlari. Qarorni bajarish bo‘yicha faoliyatni baholash


Download 112.67 Kb.
bet1/4
Sana31.01.2024
Hajmi112.67 Kb.
#1829392
  1   2   3   4
Bog'liq
M2. Boshqarish usullari. Boshqaruv qarorlari


  1. mavzu . Boshqaruv qarorlari. Qarorni bajarish bo‘yicha faoliyatni baholash

Kommunikatsiya jarayoni kabi qaror qabul qilish ham boshqaruvning hamma aspektlarida aks etadi. Qaror qabul qilish - boshqaruvchi har kunlik ishining bir qismi. Bu sohada omilkorlik (kompetentnost) menejerni boshqalardan ajratib turadi, eng muhimi samarali ishlaydigan menejerni samarasiz ishlaydigandan farqqiladi. Qaror qabul qilish sohasida menejer rahbarning to‘rt rolini bajaradi: tadbirkorlik, ishdagi kamchiliklarni tuzatuvchi mutaxassis, resurslarni taqsimlovchi va kelishuvga erishish bo‘yicha mutaxassis.
Tashkiliy qaror - bu rahbar egallab turgan lavozimi bo‘yicha vazifalarni bajarish uchun qilinishi kerak bo‘lgan tanlov. Tashkiliy qaror maqsadi tashkilot oldida turgan vazifalarni bajarishni ta’minlash. SHuning uchun eng samarali tashkiliy qaror, oxirgi maqsadga erishishga eng ko‘p hissa qo‘shadigan va haqiqatda amalga oshiriladigan tanlov hisoblanadi.
Tashkiliy qaror programmalashtirilgan va programmalashtirilmagan bo‘ladi.
Programmalashtirilgan qaror - bu matematik tenglamalarni echishdagi kabi, qadamlar va harakatlarning ma’lum ketma-ketligida amalga oshirish natijasi. Bunda alternativalar soni chegaralangan va tanlov tashkilot belgilangan yo‘nalish chegarasida amalga oshirilishi kerak. Programmalashtirishni samarali tashkiliy qarorlarni qabul qilishda muhim yordamchi vosita deb hisoblash mumkin. Qaror qanday bo‘lishi kerakligini aniqlab, rahbariyat xatolik ehtimolligini kamaytiradi va vaqt qiskartiriladi (ya’ni protsedura tuzishga vaqt ketmaydi). Agar tuzilgan qaror qabul qilish uslubiyoti noto‘g‘ri bo‘lsa, qaror samarasiz bo‘ladi.
Programmalashtirilmagan qarorlar - ma’lum darajada yangi, strukturalashtirilmagan yoki noma’lum omillar bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarda kerak bo‘ladi. Oldindan kerakli qadamlar ketma-ketligini tuzish mumkin bo‘lmaganligi sababli, rahbar qaror qabul qilish protsedurasini ishlab chiqishi kerak. Programmalashtirilmagan qarorlarga quyidagi misollarni kiritish mumkin: tashkilot maqsadlari qanday bo‘lishi kerak, mahsulotni qanday yaxshilash kerak, boshqaruv strukturasini qanday takomillashtirish zarur, xodimlar motivatsiyasini qanday kuchaytirish kerak vah.k. Rahbar bir qancha tanlov variantlariga ega. Bundan keyin biz asoslangan, lekin programmalashtirilmagan tashkiliy qarorlar qabul qilish protsedurasini ko‘rib o‘tamiz. Bu erda asosiy maqsad - bunday qarorlarni samarali qabul qilish imkoniyatlarini beruvchi asoslarni o‘rganishdir.
SHuni ta’kidlash kerakki, qabul qilingan qaror natijalari ayrim sohalar uchun salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. SHuning uchun qarorlar tashkilotni tizim sifatida ko‘rib, hamma qismlari uchun javob beradigan holda qabul qilishi kerak (misol, ishchilarni qisqartirmaslik). Rahbar oxirgi natijani ko‘zlab, kamchiligi bo‘lsa ham shunday alternativ qaror qabul qilish kerakki, natijada maqsadga ko‘prok erishilsin. Kompromislar konsepsiyasi ana shundan iborat.
Qaror qabul qilish jarayonini o‘rganishda ikki momentni hisobga olish kerak. Birinchidan, qaror qabul qilish nisbatan oson, lekin yaxshi qaror qilish qiyin. Ikkinchi moment shundaki, qaror qabul qilish - bu psixologik jarayon. Vaqti bilan odamlar harakatini mantiq belgilasa, vaqti bilan xis-tuyg‘u belgilaydi. SHuning uchun qaror qabul qilish jarayoni intuitiv, fikr-muloxazaga asoslangan va ratsional harakterga ega.
Intuitiv qaror - faqat uning to‘g‘riligini xis etish asosida qilingan tanlov. Bunday qaror qabul qiluvchi tushunishni ham xoxlamay qaror qabul qiladi. Biz ataydigan oltinchi tuyg‘u bu usha intuitiv qarordir. YUqori pog‘ona boshqaruvchilari ko‘pincha intuitiv qarorga asoslanishadi. Lekin mantiqsiz to‘g‘ri tanlov qiyin.

Download 112.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling