2. Qaror qabul qilishning mezonlari va cheklanmalarini aniqlash. Muammoni diagnostika qilish paytida uni echish maqsadida shuni aniq bilish kerakki, u bilan aynan nima qilib bo‘ladi. Yirik tashkilot uchun cheklanmalar kichik tashkilotdagi cheklanmalarga nisbatan kamrok. Rahbar standartlarni aniqlab olib, u bo‘yicha esa tanlov alternativ variantlarini baholashi kerak bo‘ladi. Bu standartlarni qaror qabul qilishning mezonlari deb atash qabul qilingan.
3. Alternativalarni aniqlash. Bunda muammo sababini bartaraf etadigan barcha mumkin bo‘lgan harakatlarni mumkin qadar yuzaga chiqarish kerak.
4. Alternativalarni baholash. Faqatgina barcha g‘oyalar ro‘yxati tuzilganidan keyin har bir alternativani baholashga o‘tish kerak.
5. Alternativani tanlash. Rahbar ancha ijobiy oqibatlarga olib keladigan alternativani tanlaydi.
Qarorni amalga oshirish hamda teskari aloqa. Muammolarni echish jarayoni alternativani tanlash bilan tugallanmaydi. Muammoni echish uchun yoki mavjud imkoniyatdan foyda olish uchun qaror amalga oshirilishi kerak. Qarorni amalga oshirish samaradorligi darajasi ko‘tariladi, agarda qaror taalluqli bo‘lgan shaxs tomonidan tan olinsa. Teskari aloqa bosqichida qaror oqibatlarini o‘lchash va baholash yoki olingan natijalarni rahbar kutgan natijalar bilan solishtirish sodir bo‘ladi.
Qaror qabul qilish paytida bir qator omillarni hisobga olishi kerak bo‘ladi.
Rahbarning shaxsiy baholashlari. Har qanday odam o‘z qadriyatlar tizimiga ega va bu tizim uning harakatlarini aniqlab beradi hamda qabul qilinayotgan qarorga ta’sir ko‘rsatadi (muhimlik, sifat va h.k.).
Qaror qabul qilish muhiti. Qaror qabul qilish paytida risk hisobga olinadi. Alternativalarni baholash chog‘ida rahbar mumkin bo‘lgan natijalarni turli sharoitlarda bashoratlashi lozim. Bunday sharoitlar quyidagilar: aniqlik, risk (tavakkallik) va noaniqlik.
Vaqt va o‘zgaruvchan muhit. Vaqt o‘tishi bilan vaziyatlar ham o‘zgarib turadi, demakki, qarorni hayotga amal qilib qabul qilish kerak, toki axborot va kamchiliklar aniq ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |