Mavzu. Boshqaruv qarorlari. Qarorni bajarish bo‘yicha faoliyatni baholash


Download 112.67 Kb.
bet2/4
Sana31.01.2024
Hajmi112.67 Kb.
#1829392
1   2   3   4
Bog'liq
M2. Boshqarish usullari. Boshqaruv qarorlari

Fikr-muloxazaga asoslangan qaror - bu bilim va to‘plagan tajriba bilan bog‘liq bo‘lgan tanlov. Bunday qarorlar intuitivday ko‘riladi, chunki ularning mantiqi aniq emas. Odam o‘xshash holatlarda nima sodir bo‘lgani to‘g‘risidagi bilimini hozirgi holatga qo‘llaydi. Aql-zakovatga asoslanib, u o‘tgan safar muvaffaqiyat keltirgan alternativani tanlaydi. Fikr-muloxaza tashkiliy qaror asosi sifatida kerak, chunki ko‘pholatlar takrorlanishi mumkin va yana muvaffaqiyat keltirishi mumkin.
Bunday qaror boshqaruvchining kallasida qabul qilinishi sababli tez va arzonga tushadi. Lekin haqiqatda aqlli fikr kam uchraydi. Fikr-muloxazani yangi holatlarda tajribaning yo‘qligi sababli qo‘llash qiyin.
Fikr-muloxaza hamma vaqt tajribaga asoslanganligi sababli va xaddan tashqari tayanish rahbar uchun oldindan tanish bo‘lgan qarorni chalkashtiradi. Buning natijasida rahbar samarali yangi tanlovni ko‘zdan ko‘chirishi mumkin. YAnada muhimi rahbar anglagan holda yangi sohalarni o‘rganishdan o‘zini olib qochishi mumkin.
Oqilona qaror quyida ko‘rsatilgan ob’ektiv tahliliy jarayonga asoslanadi.
Muammoni echish - bu murakkab jarayon. SHuning uchun oqilona qaror chiqarishni biz besh bosqichda ko‘rib o‘tamiz.
1. Muammo diagnostikasi. Muammoni echishda birinchi qadam to‘lik va to‘g‘ri diagnoz qo‘yish. Muammoni ko‘rib chiqishning ikki uslubi mavjud. Birinchisi bo‘yicha qo‘yilgan maqsadlarga erishilmaganda muammo deb hisoblanadi. Lekin ko‘pincha rahbarlar faqat nimadir sodir bo‘lishi kerak-u, lekin sodir bo‘lmagan holatlarni muammo sifatida ko‘radilar. Ikkinchisi bo‘yicha muammo sifatida potensial imkoniyatlarni ko‘rish mumkin. Masalan, holatni yanada yaxshilash uchun (samara yaxshi bo‘lganda ham) nimadir qilish. Bunga amal qilib siz menejer-tadbirkor sifatida o‘zingizni ko‘rsatasiz.
Muamoni to‘lik aniqlash qiyin, chunki tashkilotninng hamma bo‘limlari o‘zaro bog‘liq, bir-birining ishiga ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun muammoni to‘liq aniqlash uni yarmigacha echish bilan barobar, lekin buni tashkiliy qarorlar uchun qo‘llash qiyin. Natijada, muammoni diagnozi bir necha qadamdan iborat bo‘lgan va har bir qadamda oraliqqarorlar qabul qilinadigan protsedura yuzaga keladi.
Murakkab muammoni diagnozlashtirishning birinchi bosqichi qiyinchiliklar yoki imkoniyatlarning belgilarini anglash va belgilash hisoblanadi. Bunday belgilar past foyda, mehnat unumdorligi va sifat, yuqori harajatlar, kadrlar ko‘nimsizligi. Bunday bosqichda informatsiya katta ahamiyatga ega. Ikkinchi bosqichi axborotni to‘plash va tahlil qilish hisoblanadi. Bunda relevant hamda o‘rinsiz axborot o‘rtasidagi farqni anglash zarur. Relevant axborot – ma’lum muammoga, insonga yoki maqsadga erishishga taalluqli bo‘lgan ma’lumot.

Download 112.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling