Qaror qabul qilish murakkab intellektual faoliyat


Download 36.01 Kb.
bet1/10
Sana20.09.2023
Hajmi36.01 Kb.
#1682033
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
QAROR QABUL QILISHDA MASLAHATCHINING ROLI


QAROR QABUL QILISHDA MASLAHATCHINING ROLI
Reja:
Kirish

  1. Qarorning mazmun-mohiyati, turlari.

  2. Qaror qabul qilishning asosiy tamoyillari.

  3. Qarorga qo’yiladigan asosiy talablar.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyoti

Kirish
Qaror – bu boshqaruv sub’ekti tamonidan o’z imkoniyat darajasidan kelib chiqqan xolda, mavjud ma’lumot taxlili asosida boshqaruv ob’ekti qilishi kerak bo’lgan va shu soxadagi muammoni xal qilishga qaratilgan xarakat. Qaror kelajakda qilinishi kerak bo’lgan xarakatni ko’rsatib,“nima qilish kerak?” degan savolga javob beradi. Qarorning mazmunida qilinishikerak bo’lgan ishning maqsadi va predmeti birlashadi.
Qaror tushunchasi o’z manosi jixatidan “chora-tadbirlar” tushunchasi bilan chambarchas bog’liq. Pedagogning faoliyati ta’lim sohasi bilan bog’liqligini inobatga oladigan bo’lsak, ushbu sohadagi qaror qabul qilish shu soxaga ta’sir ko’rsatishni anglatadi. Agar qaror to’g’ri bo’lsa, u ijobiy natijalarga olib keladi.
Noto’g’ri qaror aksincha, salbiy natijalarga olib kelishi mumkin.
Ayrim paytlarda “qaror qabul qilish”, “qaror ishlab chiqish” degan degan iboralar o’rniga, “qarorni shakllantirish” dagan ibora ham qo’llaniladi.
Ushbu mavzuni, ko’pgina magistirlarnig kelgusida uchraydigan pedagogik faoliyat buyicha (misolida) kurib chikamiz, lekin mavzudagi kuriladigan masalalr albatta xizmat ko’rsatish mutaxassilar faoliyatiga ham prinsip jixatdan to’g’ri keladi.
So’nggi yillarda respublikamizda fan, madaniyat, ishlab chiqarish, ta’lim sohasida jadal rivojlanishlar sur’ati yaqqol ko’zga tashlanmoqda.
Xususan, ta’lim tizimida amalga oshirilgan tub islohotlar tizimga yangi axborot va pedagogik texnologiyalarning kirib kelishiga asos bo’ldi. Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, uning sifatini yangi pog’onalarga ko’tarishda tizimni boshqarishdagi qaror qabul qilish texnologiyalarining o’rni katta ekanligi barchamizga ma’lum.
Oliy ta’lim tiziminini boshqarishda qaror qabul qilish texnologiyalari, ta’lim tizimining xalqaro miqyosdagi sifat me’yorlarini takomillashuv tendensiyasi va ularning ilg’or yutuqlarini mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari tizimida qo’llash imkoniyatini berishga qaratilgan bo’lib, ushbu soha bo’yicha professoro’qituvchilar kompetentligini oshirishga xizmat qiladi:

  • oliy ta’lim muassasalarining rahbar va profesor-o’qituvchilarida qaror qabul qilish texnologiyalari bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalar hosil qilish, ularningkasbiy kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish, hamda ularda ta’lim-tarbiya jarayonini samarali boshqarish evaziga o’quv jarayoni sifatini oshirish.

  • ta’lim jarayonini boshqarishda qaror qabul qilishga tizimli yondashuv, boshqaruvning ilmiy nazariyasi bo’yicha oliy ta’lim muassasalari rivojlanishi va ta’lim-tarbiya masalalari bo’yicha ilgari surilgan ilmiy-nazariy konsepsiyalar to’g’risida qiyosiy, tahliliy ma’lumotlar berish, zamonaviy pedtexnologiyalardan foydalanib, tinglovchilarning boshqaruv masalasidagi malakasini oshirishga ko’maklashish; oliy ta’limni boshqarishda qaror qabul qilish texnologiyalarining mazmun-mohiyatini yoritish, ularni ta’lim jarayonida qo’llashning afzalliklarini ko’rsatish va tinglovchilarda ularni tahlil qilish va xolis baholash ko’nikmalarini vujudga keltirishga erishish lozim.

  • boshqaruv nazariyasining rivojlantirish konsepsiyasi, uning asosiy yo’nalishlari hamda oliy ta’limdagi sifat o’zgarishlar va yangilanishlarni ilmiy nazariy tahlil etish va o’ziga xos xususiyatlari, maqsad-vazifalarini tinglovchilarga etkazish.

  • qaror qabul qilish texnologiyalarining psixologik va ta’lim-tarbiya bilan bog’liq bo’lgan nazariy-konseptual masalalarini, bu jarayonda ta’lim-tarbiya rolining oshib borishi, yuksak malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash borasidagi islohotlar, erishilgan yutuqlarni oliy ta’lim tizimi bilan bog’liq holda tahlil etish, ta’lim-tarbiyaning uzluksizligini ta’minlashning shart-sharoiti va omillarini O’zbekiston Prezidenti asarlariga tayangan holda o’rganishdan iborat.

Oliy ta’limni boshqarishda qaror qabul qilish texnologiyalari moduliniyoritishda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi professor-o’qituvchilari malakasini oshirishga qo’yiladigan davlat talablari va tayyorgarlik yo’nalishlari bo’yicha namunaviy dasturlar hamda Oliy ta’lim sifatini ta’minlovchi bilimlar, ko’nikmalar asos qilib olingan.

Download 36.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling