Qaror qabul qilish murakkab intellektual faoliyat


Qarorning shakli uning mazmuniga mos bo’lishi lozim


Download 36.01 Kb.
bet7/10
Sana20.09.2023
Hajmi36.01 Kb.
#1682033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
QAROR QABUL QILISHDA MASLAHATCHINING ROLI

7. Qarorning shakli uning mazmuniga mos bo’lishi lozim. Bu talab qarorning mazmun jixatdan optimal ifodalash va texnologik rasmiylashtirish tomondan to’g’ri bo’lishini ko’rsatadi.
Pedagog o’zining kasbiy faoliyati davomida talabalarga yozma ish ham, og’zaki vazifa ham, talabalar yozgan ishlarga (referat, kurs ishi, esse va xokazolarga) rezolyusiya (imzo) qo’yib ham vazifalar, ko’rsatmalar beradi.Undan tashqari ko’pincha u rektorat yoki dekanat topshiriqlarini ham talabalarga etkazadi. Qabul qilinadigan qaror, beriladigan vazifaning shakliga kelsak,biz qarorni ifoda etuvchitil haqida to’xtashimiz kerak. Gapni ko’paytirish, uni turli-tumankerakkerakmas elementlar bilan to’ldirish, qiyinlashtirish zararli. Ortiqcha gap ayni vazifani yaxshi tushunishga xalaqit beradi.Tinglovchining ensasi qotadi.
Qarorni izox qilish qisqa, aniq, konkret va lo’ndabo’lishi kerak. Agar qaror katta xajmda bo’lsa uni bir necha kichik qismlarga bo’lim tushuntirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Fikrni ifoda qilishda tushunarli tilda gapirish lozim. Maxsus ibora va terminlarni ko’p ishlatish ham foyda beravermaydi. Aniqlik, oddiylik, talabchanlik, xushmuomalik, til xamsuxanligi, qarorning mazmuni va shakli mosligi ifodalanishi lozim.
4. Qarorning shakllanishi va amalga oshirilishi.
Mantiqiylik, ketma-ketlik nuqtai nazaridan har qanday qarorning shakllanishini uchta nisbatan mustaqil xaraktlar majmui sifatida ko’z oldimizga keltirishimiz mumkin. Ular: muammo (vazifa) va muammoli vaziyatni aniqlash, muammo bo’yicha echim variantlarini ishlab chiqarish, eng to’g’ri echimni tanlash va qarorni qabul qilish.
Muammoli vaziyat o’zining murakkabligi, to’xtovsizligi, jo’shqinligi, noaniqligi va nizoliligi bilan xarakterlanadi. Vaziyatning murakkabligi uning tarkibini tashkil qiluvchi elementlarining ko’pliligidan. Chunki ularning barchasini inobatga olish kerak. To’xtovsizlik (jo’shqinlik) undagi elementlarning o’zgaruvchanligidan. Muammoli vaziyat natijasida bo’layotgan o’zgarishlarni, qaror shakllanayotganda ham qabul qilina yotganda ham oldindan bilish mumkin emas, bu esa uning noaniqligingini ko’rsatadi. Muammo paydo bo’lib uni qanday xal qilish kerak degan fikr tug’ilgandan keyin, qo’shimcha ma’lumot yig’ish zarurligi ma’lum bo’ladi. Bu qo’shimcha ma’lumot muammoli vaziyatdagi noaniqlikni iloji boricha kamaytiradi.
Muammoli vaziyatni anglashda e’tiborga nafaqat bor va bizga ma’lum jixatlar olinadi. Shu bilan birga vaziyat qanday rivojlanishi mumkinligini ko’rsatadigan jixatlari ham o’rganiladi. Vaziyatni prognozashtirish (oldindan aytib berish) u bo’yicha etmayotgan, lekin kerak bo’lgan ma’lumotlarni aniqlash, va bo’lajak vaziyat modelini qurish bilan xarakterlanadi.

Download 36.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling