3-Amaliy ish
Mavzu: SQL yordamida ma`lumotlar bazasini yaratish va ma`lumotlarga ishlov berish
Ishdan maqsad: Berilgan predmet sohasi uchun SQL tilida jadvallarga ma’lumotlarni yozish, o’zgartirish va o’chirish bo`yicha ko`nikmaga ega bo`lish. Hamma satrlar SQLda INSERT komandasi yordamida kiritiladi.
INSERT quyidagi formatlar biriga ega bo’lishi mumkin:
INSERT INTO [(column [,column] ...)] VALUES ( [,] ... ); yoki
INSERT INTO [(column [,column] ...)] ostki so’rov;
Masalan, new_view jadvaliga satr kiritish uchun quyidagi shartdan foydalanish mumkin:
INSERT INTO xonalar VALUES ('013', 'A2','2','Lyux','100$');
Satrlarni o‘chirish. Satrlarni jadvaldan DELETE komandasi bilan o’chirish mumkin. U aloxida qiymatlarni emas faqat satrlarni o’chiradi.DELETE quyidagi formatga ega:
DELETE FROM [WHERE search-condition]; Masalan, xonalar jadvalidagi hamma satrlarni o’chirish uchun, quyidagi shartni kiritish mumkin:
DELETE FROM xonalar;
Ma‘lum satrlarni o’chirish uchun predikatdan foydalaniladi. Masalan, jadvaldan A2 xona raqamini o’chirish uchun:
DELETE FROM xonalar WHERE xona_raqami = ‘A2’;
Maydon qiymatlarini o‘zgartirish. Bu o’zgartirish UPDATE komandasi yordamida bajariladi. Bu komandada UPDATE ifodasidan so’ng jadval nomi va SET ifodasidan so’ng ma‘lum ustun uchun o’zgartirish ko’rsatiladi. UPDATE ikki formatga ega. Ulardan birinchisi:
UPDATE SET column = expression [, column = expression] ... [WHERE search-condition] bu yerda expression - bu ustun | ifoda | konstanta | o’zgaruvchi.
Ikkinchi variant: UPDATE SET column = expression, ... [ FROM table-list ] [ WHERE search-condition ]
Masalan, hamma xonalar narxini 100$ ga o’zgartirish uchun quyidagini kiritamiz: UPDATE xonalar SET Narxi = ‘100$’;
Ma‘lum satrlarni o’zgartirish uchun DELETE dagi kabi predikatdan foydalanish kerak. Masalan, UPDATE xonalar SET Narxi=’300000’ WHERE id_xona = ‘01’;
Xulosa
Ushbu laboratoriya mashg’ulotini bajarish davomida o’zimga berilgan predmet soha “MEHMONXONA” bo’yicha jadvallarni ustida quyidagi amallarni bajardim: jadvallarga ma’lumotlarni kiritdim, jadvallardagi ma’lumotlarni o’zgartirdim va jadvallardagi ma’lumotlarni o’chirdim. Bunda Insert into values, update set where , delete from where sintaksislaridan foydalandim.
Do'stlaringiz bilan baham: |