3-amaliy ish Mavzu
Tabiiy xavf yuqori bo’lgan zonalar davlat kadastri
Download 19.8 Kb.
|
kosmik geodeziya
2.Tabiiy xavf yuqori bo’lgan zonalar davlat kadastri
1. Tabiiy xavf yuqori bo`lgan zonalar davlat kadastri (TXYUZDK) "Davlat kadastrlari to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYAT)ni yaratish va yuritish tartibi to`g`risidagi Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga hamda ushbu Nizomga muvofiq yuritiladi. 2. TXYUZDK DKYATning tarkibiy qismi hisoblanadi va tizimli kuzatishlar, tadqiqotlar hamda axborotlar to`plash natijalari bo`yicha tayyorlanadigan, doimo yangilab boriladigan va zarurat bo`lganda aniqlashtiriladigan tabiiy xavf yuqori bo`lgan zonalar (TXYUZ)ning unifikatsiya qilingan tavsiflari va tasvirlari to`plamidan, har yili ro`y bergan xavfli tabiiy hodisalar to`g`risidagi ma’lumotlar to`plamidan iborat bo`ladi. 3. TXYUZDK kadastr ob’ektlarini hisobga olishni, ularning holatini va ro`y bergan xavfli tabiiy (geologik, gidrometeorologik) jarayonlar (hodisalar) oqibatlarini baholashni ta’minlash maqsadida yuritiladi. 4. TXYUZDKni yuritish quyidagi vakolatli organlar:
5. TXYUZDKni yuritish: kadastr axborotlarini to`plash, tizimlashtirish, saqlash, hisobga olish va baholash; DKYATga kiritish uchun har yilgi axborot hisobotlarini tuzish; foydalanuvchilarni TXYUZDK bo`limlarini yuritish bo`yicha vakolatli vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan tartibda kadastr axborotlari bilan ta’minlash yo`li bilan amalga oshiriladi. 6. Kadastr ob’ektlarini hisobga olish to`g`risidagi, har yili - ro`y bergan xavfli tabiiy jarayonlar, ularning miqdor va sifat tavsiflari, ro`y bergan quyidagi xavfli tabiiy jarayonlar (hodisalar) oqibatlari to`g`risidagi muntazam ravishda yangilab va to`ldirib boriladigan ma’lumotlar TXYUZDKning asosini tashkil qiladi: xavfli geologik jarayonlar ro`y beradigan zonalarda - XGJRZ (zilzilalar, ko`chkilar, yemirilishlar, cho`kishlar, o`pirilishlar, suffoziyalar, karstlar va boshqalar); gidrometeorologiya hodisalari xavfi yuqori bo`lgan zonalarda -GMHXYUZ (suv toshqinlari, sellar, qor ko`chkilari, kuchli shamollar, jalalar, qurg`oqchilik, suv bosishi va boshqalar). 7. Quyidagilar TXYUZDKning asosiy prinsiplari hisoblanadi: O`zbekiston Respublikasining butun hududini qamrab olish; koordinatlarning yagona tizimini va yagona topografiya asoslarini qo`llanish; hisobga olish yagona tizimini, kadastr axborotlarini ishlash va taqdim еtish metodikasini qo`llanish; avtomatlashtirilgan geoaxborot texnologiyalarini qo`llanish; ma’lumotlarning ishonchliligi va ko`rgazmaliligi, kadastr axborotlarini har yili to`ldirib va yangilab borish; kadastr axborotlarining ochiqligi. 8. TXYUZDKni yaratish va yuritish bilan bog`liq ishlar tegishli vazirliklar va idoralarga maqsadli foydalanish uchun ajratiladigan davlat byudjeti mablag`lari hisobiga moliyalashtiriladi. 3.Tabiiy xavf yuqori bo’lgan zonalarda sputnik texnologiyalari afzalliklari. M a’lumki, syomka tarmoqlari joy tafsilotlari va relefining yer usti syomkasini bajarishni ta ’minlay oladigan darajada zich barpo ctiladi. Syomka asosi nuqtalarining joylashishi va zichligi tafsilot va relefning tanlangan syomka usuliga qarab o ‘matiladi. Geodezik syomka tarmoqlarini rivojlantirish uchun davlat geodezik tarmoqlari va 1, 2-razryad zichlash geodezik tarmoq punktlari boshlang‘ich bo‘lib xizmat qiladi. Syomka geodezik tarmoqlari tayanch geodezik tarmoq punktlari bo‘lmagan maydoni 1km2 gacha bo‘lgan hududlarda mustaqil geodezik asos sifatida quriladi.Hozirgi davrda syomka geodezik tarmoq nuqtalari planli - balandlik o ‘minian’anaviy geodezik asboblar bilan bir qatordasun’iy yo‘ldosh geodezik qabul qilgichlami qo'llash asosida aniqlash imkoni mavjud. Syomka tarmoqlari teodolit yo ‘llari yoki mik- rotriangulyasiya, texnik yoki trigonometrik nivelirlash yoTlami rivojlantirish orqali quriladi. Download 19.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling