3-Amaliy ish Milliy va jahon telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish tamoyillarini o‘rganish
Download 392.03 Kb.
|
3-Amaliy ish Milliy va jahon telekommunikatsiya tarmoqlarini qur
Intellektual tarmoq
An’anaviy telefon xizmatidan (POTS- Plain Old Telephons Service) tashqari qo‘shimcha xizmatlar, intellektual tarmoq xizmatlari, kompyuter va IP- telefoniya (intellektual perferiya-telefoniya) xizmatlari, WEB- kontakt – markaz va boshqa yangi xizmatlar bor. Qo‘shimcha xizmatlar stansiya darajasida beriladi. Bularga qisqa raqam terish, termasdan ulanish, chiqish aloqasini man etish.kiruvchi chaqiriqni boshqa adresga adreslash, chaqiriqni kutishga qo‘yish, so‘zlashuv vaqtida aloqa olmoq, avtomatik uyg‘otish va x.k. 1980 yilda AQShda bitta LTS chegarasidan birinchi xizmat kiritilgan. Bu xizmat servis telefon kartasi bo‘yicha aloqa- tarmoq ma’lumotlar bazasini ishlatishga asoslanadi. Tezda abonentlarning ishbilarmon sektorlari uchun ko‘pgina xizmatlar paydo bo‘ldi. Uning nomi shaxarlararo telefon aloqa kiruvchi xizmatlar INWATS (Inward Wide Area Telecommunications Service) ataldi. U ko‘pincha yangi funksional imkoniyatlarga ega hisoblanadi. Tarmoq ma’lumotlar bazasi ma’lumotlarni saqlash vositasi bo‘limida to‘xtadi. Uni funksiyasiga faqatgina ATS dan tushgan so‘rovga javob berish bo‘lmay, balki ATS ga chaqiriqda qanday xizmat ko‘rsatishni ko‘rsatuvchi buyruq uzatish ham kiradi. Shunday qilib, xizmatlarni boshqarish tuguni SCP (Service Control Point) nomi paydo bo‘ldi. SCP bilan hamkorlik qiluvchi kommutatsiya tugunlari va stansiyalar xizmatlarni kommutatsiya tuguni SSP (Service Switching Point) deb atala boshlandi. Bundan tashqari SSP ga to‘g‘ri ulanuvchi, funksional SCP o‘xshash qo‘shimcha boshqarish tuguni ( adjunct, AD) . SCP va intellektual perferiya IB funksiyasini bajaruvchi, lekin AD o‘xshash xizmat tuguni (Service kode, SN); xizmatni yaratish muhiti tuguni SCEP; xizmatlarni eksplutatsiyaviy boshqarish tuguni SMP bor. SCEP va SMP xizmatlarni dasturlash va xizmat berish jarayonida qatnashuvchi mantiqiy ob’ektlar bo‘yicha, ularni bajarish uchun kerak bo‘lgan dastur va ma’lumotlarni uzatish uchun xizmat qiladi. (7.19- rasm). 7.11- rasm. Intellektual tarmoq. IN – intellektual tarmoq bugunga konsepsiyasi bazaviy tez yangi telekommunikatsiya xizmatlarni yaratishdir. Bu xizmatlarni har biri uchun speysifik, talablar bilan mos ravishda yaratish PSTN abonentlariga bu xizmatlarni bir vaqtda va hamma joyda ishlatish imkoniyatini ta’minlashni amalga oshirish kerak. Uchinchi avlod kompyuter telefoniya texnologiyasi asosida, bugungi ishlab chiqarilayotgan intellektual kommutatsiya platformalar o‘zlari integratsiyalangan kommutatorlar va xizmatlarni qo‘llovchi protsessorlari hisoblanadi. Ular bu xizmatlarga to‘lov xaqini hisoblaydi. Bu VIN tugundan intellektni tarmoq chetiga olib chiqadi. Masalan, shaxsiy kompyuter. Kompyuter tarmog‘i– Internet 1969 yilda AQSh mudofaa vazirligi tomonidan Internet o‘z rivojini boshladi. 1983 yilda bu tarmoq ikki bo‘lindi: harbiy va fuqaroviy. Ikki qism bir-biri bilan bog‘langan va Internetni tashkil qiladi. Internet tarmog‘i global va axborotlashtirilgan tarmoq hisoblanadi. U axborot kommutatsiya tarmog‘i asosida quriladi. Internet tarmog‘i yordamida yer sharini xohlagan nuqtasi bilan aloqa o‘rnatish mumkin. Buning uchun har xil nuqtada joylashgan kompyuterlarni bir-biri bilan muloqot muhitini yaratish kerak u muhit kompyuter tarmog‘i hisoblanadi. Tarmoq axborotlarni bir-biriga uzatish muhiti bilan bog‘liq ko‘pgina kompyuterlarni birlashtirishi mumkin. Tarmoqni uch turi mavjud: – LAN (Local Area Networks)- mintaqada kompyuterlarni birlashtiruvchi mahalliy lokal tarmoqlar; – WAN (Wide Area Networks)- har xil shaharlar va davlatlardagi kompyuterlarni birlashtiruvchi global tarmoqlar; – MAN (Metropolitan Area Networks)- shahar tarmoqlari. Internet tarmoq ikki qismdan iborat. Birinchi qism, asosiy bo‘lib, magistral deb ataladi. Magistral katta tezlikda axborot paketini kommutatsiyalaydi. Ikkinchi qism bu foydalanuvchi tarmoqni o‘z ichiga oluvchi lokal tarmoqdir. Bu qismda axborot paketi kichikroq tezlik bilan kommutatsiyalanadi. Internet tarmog‘i ko‘pgina global va lokal tarmoqlaridan yaratiladi. Uni magistral tarmog‘ida Internet xizmatlarini kommutator pravayderlari ISP SS (Internet Service Provider) bor. Ular global tarmoq ulanishlarini kommutatsiyalaydi. Uzoqlashtirilgan lokal tarmoqlar LAN o‘z ISP lariga ega. Ular global tarmoq bilan aloqa o‘rnatadi. Bundan tashqari, ISPSS to‘g‘ri tanlash uchun domenlarni qarshi tizimi DSN (Domain Name System) ga ulanadi. Dominlar yuqori, mintaqaviy, lokal (LS) bo‘lishi mumkin. Har bir ISP bir-biri bilan marshurutizatorlar yordamida bog‘lanadi. Lokal ISP ISPSS bilan yuqori tezlikka ega kanallar, YeSY kanallari, hamda ajratilgan va oddiy telefon kanallari orqali bog‘lanishi mumkin. – www – word Wide Web - xalqaro o‘rgimchak to‘ri; – global axborot tizimi; – elektron pochta; – uzoqlashgan kompyuterlardan axborot fayllarini uzatish; – konferensiyasi (elektron e’lon doskasi) Internet foydalanuvchilari va h.k. Download 392.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling